Немис тили дарсларида маданиятлараро мулоқотга ўргатиш машқларидан фойдаланиш
O`zbekistonga madaniyatlararo muloqotning kirib kelishi
Download 125.47 Kb.
|
Nemis tili darslarida madaniyatlar
O`zbekistonga madaniyatlararo muloqotning kirib kelishi.
Bugungi kunga kelib chet tilni o`zini o`rganish, ya`ni grammatik kategoriyalarni egallash, tili o`rganilayotgan mamlakat vakili bilan muloqot qilish uchun yetarli bo`lmay qoldi. Chet til darslari samaradorligini oshirish uchun darslarida mamlakatshunoslikka oid materiallardan keng foydalanishni taqozo eta boshladi. Bu borada O`zbekistonda ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Har yili madaniyatlararo muloqot mavzusida ilmiy konferensiyalar tashkil qilinmoqda, ilmiy maqola va kitoblar chop etilmoqda. XIX asrning boshlariga kelib nemis tili o`qitish metodikasi bo`yicha qator o`quv materiallari va darsliklar yaratildi. Jumladan: O`zbekistonda ham nemis tili o`qitish metodikasining rivojlanishida o`z hissalarini qo`shib kelgan va kelayotgan olimlarimiz safi ko`payib bormoqda. Ular nemis tili fanining rivojlanishiga o`z hissalarini qo`shish bilan bir vaqtda nemis tili o`qitish metodikasining yaxshilash borasida ham birmuncha ijobiy ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Masalan, professor M. Umarxo`jaev, professor X. Rahimov, professor S. Saidov, dotsent M. S. Dadaxo`jaeva, dotsent S. Saydaliyev nemis tili o`qitish bo`yicha bir necha shogirdlar chiqardilar, bu sohada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan kishilarga o`zlarining qimmatli maslahatlarini berib kelmoqdalar. O`zbekistonda Olmoniya-O`zbekiston ilmiy jamiyatining ochilishi nemis tili o`qitish metodikasining rivojlanishiga katta ijobiy ta`sir ko`rsatdi. 2000 yilda O`zDJTU qoshida tashkil etilgan Filologik masalalar jurnali boshqa chet tillar qatori nemis tili fanining rivojlanib borishiga ulkan hissasini qo`shmoqda. Yevropa va mamlakatimizning ba’zi oliygohlarida jumladan, Bayrot (Germaniya), Pyatigorsk (Rossiya) va TDPU (O`zbekiston) «Madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti» yangi soha sifatida tan olindi va universitetlarining xorijiy filologiya fakultetlari va maxsus bo`limlarida, kafedralarida asosiy va tanlov fanlari tarzida o`qitila boshlandi (A. Wierlacher, N. V. Barishnikov, J .J. Jalolov, X. R. Raximov, M. S. Dadaxo`jaeva, S. Saydaliyev). Bu universitetlarda magistrlik kursi ochilishi «Madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti» fanini «maxsus soha», «mustaqil fan» - deb atash mumkinligini va zarurligini isbotlaydi [184:22]. Download 125.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling