Немис тили дарсларида маданиятлараро мулоқотга ўргатиш машқларидан фойдаланиш
Download 125.47 Kb.
|
Nemis tili darslarida madaniyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
- Madaniyatlararo muloqot atamasining lingvodidaktik talqini
Tadqiqot obyekti orta maktabning yuqori sinflarida, litsey, kollejlarda nemis tilini mamlakatshunoslikka oid matnlar yordamida organish va ozlashtirishga qaratilgan tarzda nemis tilini oqitish jarayonidir.
Tadqiqot predmeti - orta maktabning yuqori sinflarida, litsey, kollejlarda nemis tili darslarida madaniyatlararo muloqotni orgatishga qaratilgan mashqlar ustida ishlash metodikasidir. Ishning maqsadi nemis tili darslarida nutq malakalarini mamlakatshunoslikka doir matnlar yordamida rivojlantirish va madaniyatlararo muloqotni o`rgatishning lingvodidaktik asoslari hamda eksperimental sinovdan o`tkazilgan uslubiy texnologiyasini yaratishdan iborat. I Bob NEMIS TILI DARSLARIDA MADANIYATLARARO MULOQOTNI O`RGATISHNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI I.1. Madaniyatlararo muloqot atamasining lingvodidaktik talqini Xorij mamlakatlari bilan mustahkam aloqa o`rnatish, birinchi navbatda, o`sha yurtlar aholisining tili va madaniyatini bilishni taqozo etadi. Chet til(lar)ni jumladan, nemis tilini puxta egallagan raqobatbardosh mutaxassislargina murakkab va manfaatli yumushlarni uddalay oladilar. Bugungi kunga kelib, nemis tili o`qitish metodikasidagi yangi o`zgarishlar natijasida xorijiy tilni, tili o`rganilayotgan mamlakat madaniyati to`grisidagi ma`lumotlarni o`rgatish/o`rganish orqali egallashga e`tibor kuchaydi. Otgan asrning 50-80 yillariga kelib chet til oqitish metodikasida turli yangi atamalar paydo boldi. Jumladan chet til oqitish atamasi bilan birga “chet tilni muloqot vositasi sifatida o’rgatish yoki chet tilda gapirishni orgatish, chet til darslarida madaniyatlararo muloqotga orgatish” atamalari qollana boshlandi [Devidson D., Mitrafanova O.D., 1990]. Bu to`grisida ko`plab ilmiy maqolalar, nomzodlik (L.Ilieva-2006, A.Isaqov-2008, SH.Ubaydullaev-2009 va b.) va doktorlik (D.Xoshimova-2008, G.Mahkamova-2011) ishlari ham olib borildi. Ularning ko`pida bu atamaga turli qarashlar mavjudligi to`grisida fikr yuritiladi. Jumladan, Germaniyada uni sprachbezogene Landeskunde ya`ni tilga yo`naltirilgan mamlakatshunoslik, Fransiyada esa language at civilisation - til va sivilizatsiya, Amerikada cultural literacy va crosscultural communication atamalari bilan qo`llay boshladilar [42; 121; 156; 158]. Shu bilan birga, nemis tilida gaplashuvchi mamlakatlar chet til o`qitish metodikasida keng qo`llanadigan Landeskunde atamasi bilan sinonim tarzda Kulturkunde, Voelkerkunde, Realienkunde atamalari qo`llanib kelinganligi ham yoritib o`tiladi. Endi chet til o`qtish metodikasida keng qo`llanayotgan “Chet til, «Mamlakatshunoslik», «Lingvomamlakatshunoslik», Lingvokulturologiya”, Madaniyatlararo muloqot” kabi atamalar to`grisida batafsil fikr yuritsak. Chet til o`qitish metodikasi nazariyasi va amaliyotida qo`llanadigan atamalarning nomlanishida har xil jumboqlar mavjudki, ularni tartibga solish to`grisida ko`plab ilmiy maqolalar chop etilgan. Masalan, J. Jalolovning Lingvodidaktikaning zamonaviy konseptual yangilanish bosqichi xususida”gi maqolasi, S. Saydaliyevning “Madaniyatlararo muloqot atamasiga bagishlangan maqolasi shular jumlasidandir. Ma`lumki, xorijiy til o`quv predmeti o`zbek tilida rasman ikki xil aytilib/yozilib keladi: chet til va chet tili(?). Ulardan birinchisi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tasdiqlagan nazariy kurs (Jalolov J.J. Chet til o`qitish metodikasi: Chet tillar oliy o`quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik. - Toshkent: O`qituvchi, 1996. - 368 b.)da qabul qilingan. Chet til deganda, kimning tili emas, balki qanday til haqida gap boradi: chet el, chet o`lka, chet mamlakat, chet joy, chet jism kabi so`z birikmalarida bo`lganidek, chet so`zi o`zga, boshqa, begona, yot, xorijiy, ajnabiy ma`nolarini ifodalab keladi (Qarang: O`zbek tilining izohli lugati. - Moskva: Rus tili, 1981. -T. II. - B. 364; Begmatov E. A. Hozirgi o`zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. - Toshkent: Fan, 1985. - B. 104 va b.). Akademik manba-izohli lugatda qonuniy ravishda rasmiylashtirilgan va hukumat tashkiloti (vazirlik) tavsiya etgan darsliklarda o`z tasdigini topgan, o`zbek tili fanining yirik arboblari (akademik Alibek Rustamiy, professor Nizomiddin Mahmudov va b.)ning sinchkov nazaridan o`tgan chet til atamasi to`gri ishlatilishi shart, deb o`ylaymiz. Yana bir qator misollarga murojaat qilishga to`gri keladi: ko`nikma, malaka, idrok, o`quv materiali, talaffuz, o`qish/o`qilish/o`qitish, yozuv/yozish/yozma, o`zlashtirish va egallash, nutqiy vaziyat va simulyatsiya, ixtisos va kasb, o`qish turlari, lugat/vokabulyar/leksika, lisoniy mikrobirliklar, tinglash/eshitish, gap/jumla, interferentsiya va transpozitsiya (fatsilitatsiya), qiyinchilik va xato kabi lingvodidaktik atamalarni ko`pchilik metodistlarimiz, afsuski, chalkashtirishmoqda. Ularning har biri til o`qitish ilmida o`ziga xos tushunchalarni ifodalaydi. Har qanday ilmiy sohani egallashga uning muayyan terminologik apparatini, boshqacha aytganda, tushunchalar majmuini puxta o`zlashtirish orqali erishiladi. Aks holda yetuk mutaxassis bo`lish amrimaholdir. Ilmiy adabiyotlarda «Mamlakatshunoslik» tushunchasi qo`llanganda - tili o`rganilayotgan mamlakatning tarixi, geografik o`rni, iqtisodi va boshqa sohalar to`grisida ma`lumotlar bilan tanishtirish deb e`tirof etiladi. Mamlakatshunoslik ekstralingvistik axborotlarni tahlil qilishga qaratilgan bo`lib, til faktlarini o`zida to`liq qamrab oladi. «Lingvomamlakatshunoslik» esa chet til yordamida o`quvchilarga tili o`rganilayotgan mamlakat(lar)ning milliy tili va madaniyatini o`rgatish va ularni tabiiy muloqotga tayyorlash orqali axborot almashish malakalarini rivojlantirish sifatida qo`llanadi. Uning mamlakatshunoslikdan farqi shundaki, lingvomamlakatshunoslik bir tomondan tili o`rganilayotgan mamlakatning nafaqat tarixi, davlat tuzilishi, shu bilan birga milliy-madaniyati haqidagi axborotlarni bersa, ikkinchi tomondan matnlarni o`qish jarayonida tildagi milliy o`ziga xos so`z (realiya)lar, ya`ni muqobilsiz til birliklari, frazeologiya, aforistikani tarjima qila olish, nutq madaniyatidan nutqiy muloqotda foydalanishga o`rgatadi [40; 42]. Lingvomamlakatshunoslikning obyekti til va nutq birliklaridan tashkil topadi. Ma`lumki, E. M. Vereshagin, V. G. Kostomarov, G. D. Tomaxin, Y. N. Karaulov, V. V. Vorobyov, A. Vejbitskaya, S. G. Ter-Minasova olib borgan tadqiqotlarda til va madaniyat muammolari masalasi tadqiq qilinadi. Lingvomadaniyatshunoslik muommolariga doir ilmiy ishlar tahlili natijasida u, madaniyat, millat, milliy madaniyat, til, milliy til, mentalitet tushunchalari bilan mazmunan bogliqliligini guvohi bo`lamiz. Lingvokulturologiya lingvistika va madaniyatshunoslik o`rtasida vujudga kelgan yangi mustaqil fan. U xalqlar madaniyatining vujudga kelish tarixi va uning tilda aks etish jihatlarini o`rganadi. Lingvokulturologiyaning rivojlanish davrini ikkiga bo`lish mumkin: birinchi davr: fanning vujudga kelish davri. Bu asosan V. Gumboldt, Y. Grimm, A. A. Potebnya, E. Sepir ishlarida o`z aksini topgan. Ikkinchi davr: lingvokulturologiyaning mustaqil fan deb tan olinishidir. (Lingvokulturologiya atamasi birinchi bor V. V. Vorobyov, V. N. Teliya va V. A. Maslova ishlarida qayd etilgan). O`tgan asrning 70 yillariga kelib amerikalik olim E. Xoll “Madaniyatlararo muloqot, Ko`pmadaniyatlilik tushunchalarini birinchi bo`lib fanga olib kirdi desak mubolaga qilmaymiz. Uning Muloqot bu madaniyatdir, madaniyat esa muloqotdir degan shiori muloqot va madaniyat o`rtasidagi o`zaro aloqani belgilab berdi. Madaniyatlararo muloqot atamasi hozirgi kunga kelib ommaviylashib ketdi, shu bois bu atamaning pedagogik, psixologik, didaktik adabiyotlarda ko`p uchraydigan, qo`llaniladigan atamaga aylanib bormoqda. «Madaniyatlararo muloqot» tushunchasi zamiridagi ma`no biroz o`zgarishi, bir-biridan qo`llanish jihatidan farq qilishi mumkin. Ta`limshunoslik (Lingvodidaktika) sohasida ham «madaniyatlararo muloqot» tushunchasi o`z xususiyati va o`rniga egadir. Madaniyatlalaro muloqot (nem. Interkulturelle Kommunikation, ing. Culturell communikation, rus. Mejkulturnaya kommunikatsiya) tushunchasini ilmiy jihatdan to`gri tasavvur etish uchun «Madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti» [179:105;184:33] deb atalib kelinayotgan yangi sohaning lingvistika, filologiya, madaniyatshunoslik, pedagogika, psixologiya, sotsio-, psixo-, etnolingvistika fanlari bilan aloqasini o`rganish va ular qatorida tutilgan mavqeyini aniqlash muhim sanaladi. Madaniyatlararo muloqot atamasini yoritish uchun kommunikativ metodgacha bo`lgan davrni tahlil qilamiz. Metodika deganda, vaqtni tejash malakasi, o`quvchi kuchlarini oqilona sarflash, o`quv materialidagi asosiy va bosh narsani topish malakasi, jamoa mehnatini tashkil etish san`ati, o`quvchilardagi xilma-xil individualliklarga tayanadigan ta`sir tizimini tushunmoq kerak (Ribnikova M.A. Ocherki po metodike literaturnogo chteniya. M.: Nauka, 1985, S. 58.). Download 125.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling