Nemis tilida yaratilgan adabiyot manbalari
Download 0.57 Mb.
|
NEMIS adabiyotchilari 203
RITSARLIK ADABIYOTI
1. Ritsarlik adabiyoti. 2. Ritsarlik va kurtuaz romanlari. 3. Xartman fon Auye va uning "Bechora Haynrix" romani, unda ko‘tarilgan muammolar. 4. Gotfrid fon Strasburgning "Tristan va Izolda" romani. 5. Ritsarlik poeziyasi. Mavzuga doir tayanch so‘z va iboralar: kurtuaz romani, minnezang, salb yurishlari, muqaddas Graal. XII asrning oxirlarida Germaniyada ritsarlik yoki kurtuaz romanlar yozish taraqqiy eta boshlaydi. Bunday romanlarning ilk namunasi dastlab Fransiyada yaratildi. Nemis romannavislari garchi ao‘anani davom ettirgan bo‘lsalarda, o‘z ijodlarida mustaqil yo‘l tutdilar. Bu ayniqsa Volfram fon Eshenbax va Gotfrid fon Strassburglar uchun xarakterlidir. Ritsarlik adabiyoti ritsarlikning estetik tomonlariga ahamiyat beradi. Ritsar o‘zini sao‘atda jismoniy mukammal holda ko‘rish bilan kifoyalanmay, axloqiy olijanoblik timsoli sifatida ham ko‘rishni xohlar edi. Ritsarlik romanining ijobiy qahramoni odatda turli ljobiy qahramonlar davrasida tasvirlanar edi. Bu bilan ritsarlik sosloviyasining olijanobligi alohida uqtirilar edi. Nemis kurtuaz (saroy) romaninining yaratuvchisi Haynrix fon Feldekke (Haeinrix von Feldecke) bo‘lib, "Eney haqidagi roman" ning muallifidir. Asar syujeti tipik saroy ruhida ishlangandir. Feldekke Karfagen maliksi Didonaning Troya shag‘zodasi Eneyga bo‘lgan muhabbati va Eveynning Laviniga sevgisiga kitobxon e'tiborini tortadi. Xartman fon Auyening "Irek va Iveyn" romani ham shu yo‘nalishdagi asardir. Bu asar fransuz adibi Kretyen de Trua asarining qayta ishlangan variantidir. Xartman fon Auye asarlari romantik fantastika ruhi bilan sug‘orilgan. Uning qahramonlari real dunyoda emas, balki ulkan va rnitti odamlar, mo"jizakor saroylarda sodir bo‘layotgan voqealarning ishtirokchilaridir. Ritsarlar o‘z xonimlariga sadoqatda namoyon edilar. Ular muallif niyatiga ko‘ra o‘z jasoratlariga olijanoblik bilan o‘quvchini hayratga solishlari va bu bilan o‘rta asr jamiyatidagi ritsarlik pozitsiyalarini mustahkamlashga xizmat qilishlari kerak edi. Fon Auyening „Bechora Haynrix" nomli she'riy qissasi xalq o‘rtasida mashhur bo‘ldi. Bu asarda manmanlik, gerdayish qoralanadi. Uning asari qahramoni ritsar Haynrixning yodi boshqacha. U o‘zida mavjud imkoniyati va she'riyatdagi muvaffiqiyatlari uchun xudodan emas, o‘z iqtidoridan minnatdor. Shu sababli Haynrix shafqatsiz jazoga mubtalo. Undan oqsuyaklar jamiyati yuz o‘girdi. U bedavo dardga chalindi. Haynrix taqdiri bilan faqat uning krepostnoyning qizi o‘z taqdirlarini bog‘lamoqchi bo‘lishadi. Haynrix iztiroblarini o‘z dardi deb bilgan va unga o‘z sevgisini baxshida etgan qiz yigitni hayotga qaytarish uchun, uni darddan forig‘ etish uchun o‘z yurak qoni bilan Haynrix tanasini yuvishni istaydi. Lekin Haynrix boshqa kishining halokati tufayli o‘z baxti uchun boshqani badbaxt qilishni istamay, qiz taklifini rad etadi. Asarda demokratik tendensiyalar sezilarlidir. Shunisi xarakterliki, bu asarda Haynrix xristianlik axloqiy darsini oddiy dehqon qizidan oladi. Qiz muhabbat va insonparvarlik uchun o‘zini qurbon qilmoqchi bo‘ladi. Qissaning demokratik ruhi ko‘pgina yozuvchilar e'tiborini tortar edi. Qissa asosida Gerhard Xauptman shu nomda drama ham yozgan. Volfram fon Eshenbax ijodi o‘z taraqqiyotida original yo‘ldan borgan. Uning XIII asrning 10-yillarida yaratilgan, „Parsifal" romanida o‘zida ritsarlikning ko‘rinishlarini oliyjanoblik tuyg‘ular nozikligi, sevgiga sadoqati, mujassamlashtirgan ideal qahramon obrazi yaratilgan. Qirol Gaulertning o‘g‘li Parsifalni onasi o‘rmonda tanholikda tarbiyalaydi. Ona o‘z farzandini tanholikda voyaga yetkazishidan maqsad - o‘glini ritsarlik sarguzashlari romantikasiga berilib ketishidan saqlash edi. Partsifalning otasi Salb yurishalarida haiok bo‘lgan. Lekin farzand tomiridagi ota qoni o‘z ishini qiladi. Ulg‘aygach Partsifal qirol Artur saroyiga yo‘l oladi. Keyinchalik u yengilmas ritsar shuhratiga muyassar bo‘ladi va ritsarlik intizominig barcha shartlariga rioya qiladi. U o‘ta kamtar, xudojo‘y edi va birdan-bir orzusi - muqaddas Graalni qo‘lga kiritish. Munsalvesh qaPasida saqlanuvchi Graal o‘z egasining barcha tilaklarini bajo keltirarmish. Kunlarning birida u niyatiga erishishiga yaqin qoladi. Taqdir uni Munsalvesh qala'siga kirishga muyassar etadi. Unga qala'ning zebu-ziynatlarini va og‘ir dardga chalingan qirol Anfortasni ko‘rish nasib etadi. Lekin Partsifal hali Graal sohibi bo‘lishiga tayyor emasdi. U inson kulfatiga nazar-pisand qilmas edi. U hattoki Anfortas iztiroblari sabablari bilan qiziqmaydi, unga hamdardlik bildira olmaydi. Oqibatda sehrli Graal g‘oyib bo‘ladi. Paritsifal qalbi esa g‘am-anduhga to‘ladi. Eshenbaxning fikricha, ritsar axloqiy tarbiyaning maktabidan o‘tishi kerak. o‘shandagina u Graalga munosib bo‘Ia oladi. Keyinchalik u Graalga loyiq bo‘lishi uchun qilinadigan barcha tadbirlarni bajaradi. Eshenbax o‘z ijodida davrga xos bo‘lgan diniy qobiqdan holi bo‘lmagan buyuk gumanistik idealni qayd etadi. Shu sababli adabiyotshunoslar va yozuvchlarning Eshenbaxga e'tibori baland. Uning romani asosida buyuk olman bastakori Rihard Vagner "Partsifal" operasini yozgan. Uning ijodi diniy-mistik ohanglarga boy va dunyoviy ruh kasb etgandir va inson shaxsi ma'naviy tuyg‘ularini qaror toptirishiga yo‘naltirilgandir. Gotfrid fon Strasburgskiyning bosh asari "Tristan va Izolda" romani bo‘lib nihoyasiga yetkazilmagan. Bu asar qadimgi rivoyat asosida yozilgan bo‘lib, bir necha bor epik jihatdan qayta ishlangan. Bu roman barcha to‘siqlarni bartaraf etayotgan qudratli tabiiy tuyg‘uning gimnidir. Tristan va Izoldaning bir-biriga bo‘lgan otashin muhabbatlari sevgi sharbatini ichgunlarigacha ham mavjud bo‘lgan. Bu ichimlik ularning bu tuyg‘ularini yanada alangalatadi. Izolda, o‘z xohishiga qarshi qirol Markning qaylig‘i bo‘lishga majbur etiladi. Shunisi xarakterliki, Izoldaning qonuniy eri Markka xiyonati va Tristanga talpinishi xudo tomonidan oqlanadi. Xudo Izoldaga temir sinovdan o‘tishiga ko‘maklashadi. Chinakam insoniy sevgi ilohiy muhabbat bilan Gotfrid fon Strasburgskiy asarida omuxta qilingan. Bu bilan muallif uyg‘onish davri estetik tafakkuriga yaqin turadi. U qalb qonunlari, erkin sevgi tarafdoridir. Tristan va Izoldaning muhabbati o‘limni ham bartaraf etadigan sevgidir. Oshiqlar mozoridan atirgul bilan tok zangi unib chiqadi va ular bir biriga chirmashib ketadilar. Ritsarlik adabiyotining boshqa tarmog‘i ritsarlik poeziyasi bo‘lib, Minnezang deb ataladi. Shoir - ritsarlarning lirik ijodi XII asr oxirlarida xalq qo‘shiqlari, provansal qo‘shiqchilar ta'sirida bir asr mobaynida ravnaq topadi. Ularning poeziyasi ona yurtga dahldor bo‘lib, cherkov .Lsketizmiga qarama-qarshi turardi va shu ma'noda ijtimoiy ahamiyat kasb etar edi. Minnezangni odatda ikki yo‘nalish bo‘yicha farqlaydilar: xalq va saroy minnezangi. Bulardan birinchisi folklorning kuchli ta'siri ostida shakllangan bo‘lsa, ikkinchisi provans shoirlarning poetik lajribasiga suyanar edi. Kyurenberg, Ditmar fon Ayst va boshqalar nomi bilan bog‘liq. Ulaming qo‘shiqlarida insonning yoniq qalbi urib turadi. Saroy minnezangi o‘ta shartlidir. Unda sevgi o‘zining tabiiyligini birmuncha yo‘qotadi. Bu qo‘shiqlarda ma'shuqa o‘z oshig‘iga erishib bo‘lmaydigan go‘zal sifatida, o‘z amriga bo‘ysundiravchi tarzida ifodalanadi. Raynmar fon Hagenau, Haynrix fon Morungen va boshqalar asarlarida ritsarlik she'riyati shunday shakl kasb etadi. Valter fon der Fogelvayde (Walter von Vogelweide) (1170-1230) nemis minnezingining yirik vakilidir. Uning ijodida minnezangning har ikki yo‘nalishi xalq va saroy minnezangi qahramonlik jihatdan qo‘shilib ketgan. U nemis voqeligini, xalq iztiroblari va intilishlarini yaxshi bilgan. Fogelvayde o‘z ijodini Hagenanning shogirdi sifatida boshlagan. Lekin Fogelvayde ijodining muvaffaqiyati xalq poeziyasi yutuqlarini ijodiy o‘zlashtirganidadir. Fogelvayde sevgi lirikasining xarakterli namunasi sifatida "Lipa daraxti ostida" (Unter den Linden) ni keltirish mumkin. Shuningdek, Fogelvayde davrining ijtimoiy-siyosiy muammolariga o‘z she'rlari bilan hozirjavob. U sevgi qo‘shiqlarini yaratibgina qolmay, shpruxlar ham yozgan. Siyosiy tendensiya bilan yo‘g‘rilgan axloqiy o‘gitlarga boy bo‘lgan asarlar shpraxlar deb ataladi. U Germaniya ichki ishlariga aralashgan pop hokimiyatining dushmani edi. Fofgelvayde poplarning ta'magirligini, salb yurishlarini xudo yo‘liga qilingan hayr-ehsonlarni o‘z manfaatlari uchun o‘zlashtirishlarini tanqid qiladi. Fofgelvayde ijodini o‘rta asr nemis ritsarlik lirikasining cho‘qqisi deyish mumMn. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling