Tayyorladi: 2-davolash 109a-gurux talabasi Rustamova Madina Terminal holatlar turlari, simptomatikasi va diagnostikasi. Terminal holatlarning har xil turlari mavjud: 2. tuzalmas kasallik natijasida; 3. vaqtidan oldin koʻngilsiz holatlar natijasida, oʻtkir va surunkali kasalliklar natijasida. Terminal xolatlar shartli ravishda quyidagicha etaplarga boʻlinadi: 1. preagonal holat; 2. terminal pauza; 3. agoniya; 4. klinik oʻlim; 5. biologik oʻlim. Biologik oʻlimdan tashqari yuqorida keltirilgan etaplarni reanimatsion muolajalar orqali orqaga yaʼni hayotga qaytarish mumkin. Preagonal holat – xushning yoʻqolishi, qon aylanishi va nafas harakatlarining toʻxtashi bilan kechadigan jarayon. Preagonal holatning qanday kechishi uni keltirib chiqaruvchi sabablariga bevosita bogʻliq: 1. elektroshokda mavjud boʻlmaydi; 2. ogʻir qon yoʻqotishlarda soatlab davom etadi; 3. tuzalmas kasalliklarda sutkalab davom etadi. Preagonal holat cho’zilishi organizm zaxira kuchlarining kamayib, butunlay yoʻqolishiga olib keladi. Terminal pauza Preagonal holatlar nafasda terminal pauza bilan tugaydi va bunda kuzatiladi: 1. bradikardiya (asistoliyagacha); 2. AKB 0 gacha tushishi; 3. adinamiya; 4. arefleksiya. Terminal pauza davomiyligi bir necha sekunddan 2-4 minutgacha boʻlishi mumkin. Agoniya – bu organizm hayot davomiyligining oxiri hisoblanadi. Bunda kuzatilishi mumkin: 2. yurak va nafas xarakatlarining vaqtinchalik kuchayishi (patologik nafas); 3. AKB vaqtinchalik koʻtarilishi. Agoniyada koʻp xollarda mushaklarning qisqa muddatli qisqarishlari va keyinchalik ularning boʻshashishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |