Terminal holatlar va reanimatsiya asoslari


Download 1.02 Mb.
bet6/7
Sana20.09.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1682699
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xirurgiya

Havo oʻtkazgich ogʻiz boʻshlig’i tozalangandan keyin havo beriladigan teshigi pastga qaratilgan holda ogʻiz boʻshlig’iga kiritiladi va ogʻiz boʻshligʻiga aylantirilib til ustida havo oʻtkazgich teshigi tepaga chiqariladi (tilni orqaga ketishiga toʻsqinlik qiladi).

Tashqi teshigi orqali reanimator havoni bemor oʻpkalariga puflaydi va bunda burunlar teshigi yopilgan holatda boʻladi.

OʻSV ni portativ apparat “RDA-1” yordamida qilish mumkin (AMBU qopi). Bu apparat elastik qopchadan iborat boʻlib, havo beruvchi maska klapan orqali bogʻlangan boʻladi.

AMBU qopchasi

Yuqori nafas yoʻllari va ogʻiz boʻshlig’i tozalangandan soʻng havo oʻtkazgichga rezinali maska germetik yopiladi va bu oʻz navbatida AMBU qopchasiga klapan orqali birikadi, shu tarzda AMBU qopchasining bosilishi oʻpkalar ventilyatsiyasiga olib keladi.

Yuqori nafas yoʻllari va ogʻiz boʻshlig’i tozalangandan soʻng havo oʻtkazgichga rezinali maska germetik yopiladi va bu oʻz navbatida AMBU qopchasiga klapan orqali birikadi, shu tarzda AMBU qopchasining bosilishi oʻpkalar ventilyatsiyasiga olib keladi.

AMBU qopchasining siqilishi natijasida kerakli hajmdagi va chastotadagi havo oʻpkalarga puflanadi. Nafas berish faol ravishda joʻnatiladi, havoning chiqishi atmosferaga erkin holda. Nafas chiqarish paytida AMBU qopchasi choʻziladi va havoga toʻladi. Bunda nafas ritmiga eʼtibor berish kerak boʻladi, chunki nafas olish chiqarishdan deyarli 2 barobar qisqa boʻladi. Bu usulning afzalligi shundaki, reanimatorga infeksion xavfsizlik tugʻdiradi va bemorga toza havo joʻnatiladi. OʻSV AMBU qopchasi orqali bajarilishi, reanimatorga osonlik va gigiyenik tomondan ishini yengillashtiradi.

Reanimatsion choralarni agar bir kishi qiladigan boʻlsa yurak va nafas xarakatlari 10:2 (10 marta bilvosita yurak massaji va 2 marta sunʼiy nafas), agar ikki kishi bajaradigan boʻlsa 30:2 nisbatda bajariladi.

 Yurak yopiq massaji.

Yurak yopiq massaji qilinishi uchun bemor qattiq joyga yotqizilishi kerak «C – circulation» va undan keyin:


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling