Nemis tilidan o’zbek tiliga lingvokulturemalar tarjimasining sotsiolingvistik aspektlari


Download 395.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi395.93 Kb.
#1640907
1   2   3
Bog'liq
Axmedov taqriz

ikkinchidan, ma’lum bir hududda yashovchi kishilargagina tushunarli bo‘lgan 
so‘zlar va hozirda iste’molda bo‘lmagan qadimiy, eskirgan, tarixiy so‘zlar, ya’ni 
arxaizm va istorizmlar ko‘p uchrashi; uchinchidan, muayyan geografik hudud 
aholisining kasb-kori va hunar turlarini ifodalovchi professionalizmlarlarning ko‘p 
qo‘llanishi.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Nemis badiiy asarlari tarjimasida 
lingvokulturemalarni ifodalash omillari va badiiy usullari”
deb nomlanib, unda 
lingvokulturemalarning klassifikatsiyasi, ifoda usullari, asliyatdan tarjima 
qilishdagi mavjud strategiyalar tadqiq etilgan. Dissertant V.A.Maslova tomonidan 
ilgari surilgan lingvokulturologik birliklar ro’yxatiga asoslanib, uch guruhdan 
iborat klassifikatsiya va ularning subklassifikatsiyalarini, V.Molinaning fikriga 
tayanib esa to’rt guruhga ajratilgan klassifikatorni ilmiy asosda o’rgangan. 
Lingvokulturemalarning shakli xususida to’xtalib, so’z, frazeologik birlik, gap va 
matn ko’rinishlarining har biri uchun misollar keltirgan, va ularni tahlilga tortgan.
Lingvokulturoligik birliklar tarjimasida tarjima texnikasi masalasiga to’xtalgan 
tadqiqotchi frazeologik ekvivalentlarni qo’llash, analoglardan foydalanish, 
transkripsiya, 
transliteratsiya 
kabi 
tarjima 
texnikasi 
bo’yicha nazariy 
ma’lumotlarga tayangan holda ularni misollar yordamida asoslashga harakat 
qilgan. Dissertantning quyidagi tahlillariga e’tibor qaratamiz: asliyatdagi Auf dem 
Heimweg fährt der Brautwagen den anderen voran, er muß schnell fahren, sonst 
geht es in der Ehe den Krebsgang parchasi tarjimada Uyga qaytishayotganda 
kuyovning ot-aravasi boshqalarnikidan tezroq yeladi, yo’qsa kuyovning ishi 
orqaga ketishi mumkin tarzida berilgan. Ushbu misolda nemis tilidagi Die Sache 
geht den Krebsgang frazeologizmi o’zbek tiliga mos muqobili ishi orqaga ketmoq 
orqali tarjima qilingan, natijada aynan muqobillik saqlangan. Yoki Die Hochzeit 
darf nicht in der heißesten Zeit, also nicht an den Hundstagen stattfinden, … 
parchasi to’y yozgi chilla paytida ham, aprel oyining yomg’irli kunlarida ham … 
tarzida o’girilgan. Mazkur misolda keltirilgan Hundstagen so’zi nemis 
madaniyatida 24- iyuldan 23- avgustgacha davom etadigan juda issiq yoz 



mavsumini anglatadi, o’zbek madaniyatda bu chilla so’ziga mos kelganligi sababli 
ham tarjimon aynan shu so’zdan foydalangan, natijada tarjimon adekvat tarjimaga 
erishgan. Shuningdek, nemischa matnda uchraydigan Bremer, marka, Antverpen 
kabi lingvokulturemalar transkripsiya, Southampton, Gibraltar, Genua, Port Said 
kabi lingvokulturologik birliklar esa transliteratsiya yo’li bilan, Das Rote Meer – 
qizil dengiz esa to’g’ridan-to’g’ri, ya’ni so’zma-so’z tarjima qilingan. Quyida 
keltirilgan misol dafn marosimidan keltirilgan parcha bo’lib, butun matn 
yaxlitlikda lingvokulturemani tashkil etyapti. Chunki unda rasm-rusum, urf-odatlar 
nemis xalqi madaniyati va jamiyat a’zolarining o’ziga xosligi yaqqol aks etgan: Zu 
beiden Seiten der männlichen Leiche legt man je eine Axt. Die weibliche Leiche 
erhält eine Axt auf den Leib, den Stiel nach den Füßen gerichtet. Beim Einsargen 
werden die Axte fortgenommen. Das Gefäß mit dem Leichenwasser wird unter 
einer Regengosse vergraben. Das Stroh, auf dem der Tote gelegen hat, und seine 
alten Kleider werden verbrannt oder vergraben. Der Tod wird den Tieren in den 
Ställen und den Bäumen im Garten angesagt mit den Worten: Euer Hauswirt ist 
tot. O’tkazilgan tahlillar asosida chiqarilgan xulosalar dissertantning original va 
tarjima matnini sinchkovlik bilan muqoyasa qilganligidan dalolat beradi. 
Dissertasiyaning uchinchi bobi “Nemis adabiyotida lingvokulturemalarning 
ifodalanishi” deb nomlanib, unda nemis tilidan o’zbek tiliga bevosita tarjima 
qilingan asarlarda mavjud lingvokulturemalarning ifoda vositalari tahlil qilingan. 
Lingvokulturemalar so’zdan ko’ra ko’proq mazmunga ega ekanligi, ular o’zida 
ma’lum bir xalqning tarixi, madaniyati, milliy xarakteri, siyosati, ma’lum bir 
jamiyatning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettirishi turli misollar orqali yoritilib, 
nemis yozuvchisi Jenny Erpenbeckning “Heimsuchung” romani va uning Hafiza 
Qo’chqorova tomonidan o’girilgan va “Makon istab” deb nomlangan bevosita 
tarjimasidagi yozuvchi tomonidan tanlangan har bir personaj va voqea-hodisa 
shunchaki badiiy to’qima bo’lmasdan, balki nemis xalqi o’tmishi va siyosiy hayoti, 
boy tarixiy madaniyati va urf-odatlari bilan yo’g’rilgani tadqiqotchi tomonidan 
sinchkovlik bilan o’rganilgan. Dissertant o’zigacha amalga oshirilgan ishlarga 
tayangan holda ushbu asarni yaxlit holicha lingvokulturema deb ataydi. Chunki 
asardagi joy nomlari shunchaki biror hudud nomi emas, balki mashhur dam olish 
maskani, yoki bo’lmasa ta’kidlangan personajlar, shunchaki yozuvchi tomonidan 
berilgan shaxs nomlari emas, balki nemis xalqi tarixida o’chmas iz qoldirgan 
shaxslardir, masalan, Shmeling – Germaniya tarixida jahon chempioni bo’lgan 
mashhur bokschi. Bundan tashqari, asardan nemis xalqi tarixiy-madaniy hayotida 
o’chmas iz qoldirgan me’morlar obrazi ham o’rin olgan. Dissertantning 
ta’kidlashicha, ushbu asar nemis xalqining madaniy-tarixiy assotsiatsiyalarini 
o’zida jamlagan. 
Dissertant lingvokulturema terminining tarjimashunoslikda qabul qilingan
realiya, kulturonim va idionim kabi terminlardan farqli jihatlarini izohlab, qator 
misollar yordamida ularning mazmun-mohiyatini ochib berishga erishgan. Uning 
fikricha, lingvokulturemalar realiya, kulturonim va idionimlar bilan cheklanmay
ularning har bir qirrasini o’zida mujassamlashtirgan hodisa hisoblanadi.



Tadqiqotda nemis badiiy asarlarida uchraydigan lingvokulturemalarni o’zbek 
tilidagi ayrim namunalarini chog’ishtirma tahlil qilish va tarjima uslubiyatida 
ularni adekvat o’girishning algoritmini ishlab chiqish, shuningdek, badiiy asarlar 
tarjimasi amaliyotida ekvivalent tanlash, so’zma-so’z tarjima qilish, so‘zlarni 
qo‘shib tarjima qilish yoki aksincha, so‘zlarni tushirib qoldirish, transliteratsiya, 
sinonim so‘zlardan foydalanish, izoh keltirish, ijodiy tarjima, generalizatsiya, 
konkretizatsiya (aniqlashtirish), modulyatsiya, analogiya bo‘yicha yoki ma’noni 
yaqinlashtirib tarjima qilish usullari eng ko‘p qo‘llanadigan va qo‘llanishi mumkin 
bo‘lgan usullar ekani ta’kidlangan va tahlil qilingan har bir misolda tarjima usuli 
va texnikasi ko’rsatib o’tilgan.
Tadqiqotchi tilning ijtimoiy hodisa ekanligi, uning o’ziga xos jihatlari 
faqatgina ma’lum bir jamiyatda namoyon bo’lishi va boshqa jamiyatda uning 
takrorlanmas ekanligi, garchi til elementlari shaklan va mazmunan mos kelsada, 
mantiqan moslik har doim ham ta’minlanmasligi mumkinligi haqidagi fikr-
mulohazalarini bayon etgan. Shu ma’noda hozirgi zamon sotsiolingvistikasida 
sotsial va hududiy dialektlarni shunchaki qayd qilish, lingvistik tabiatini 
tushuntirishgina emas, balki ulardan unumli foydalanish yo’llarini ko’rsatish ham 
talab etiladi.
Mazkur ishda tadqiqotchi tomonidan olib borilgan hisob-kitoblarga ko’ra 
tahlilga tortilgan misollarning 50 foizi so’z, 40 foizi matn va 10 foizi ibora 
ko’rinishida uchraydi. So’z shaklidagi lingvokulturemalarning asosiy qismini 
toponimlar, o’simlik va gullar nomlari, shuningdek shaxs nomlari tashkil etadi. 
Matn ko’rinishidagi lingvokulturemalarda esa asosan voqea va hodisalar tasviri 
yaxlit holda kontekstda lingvokulturema sifatida namoyon bo’lishi asoslangan.
Dissertantning xulosalariga ko’ra, lingvokulturemalarning milliy-madaniy 
xususiyatlarini yoritishda va tarjima qilishda lingvistik va ekstralingvistik omillarni 
hisobga 
olish 
zarur. 
Lingvokulturemalarda 
ma’noning ifodalanishi va 
kuchaytirilishi milliy-madaniy xususiyatlarning qiyoslanishi bilan uzviy bog’liq 
tarzda kechadi. Har bir ifodalanayotgan lingvokulturema tarjima matnlarida 
pragmatik muvofiqlikni saqlashi va ularning o’zga xalqlar uchun tushunarli 
bo’lishi, ya’ni pragmatik xususiyatlarni aks ettirishi tarjima qoidasi darajasidagi 
shartlardan ekanligi e’tirof etilgan. 
Ko’rinyaptiki, ishning tahlil qamrovi ancha keng. Unda muhim ilmiy 
xulosalar mavjud. Dissertant lingvokulturologiya va sotsiolingvistika, shuningdek, 
tarjima masalalari bo’yicha zarur adabiyotlarni o’rganib chiqqan, ularda bildirilgan 
fikr-mulohazalarni umumlashtirishga harakat qilgan, ulardan o’rni bilan 
foydalanib, ishning kerakli qismida iqtibos keltirgan. Ish ravon ilmiy til va uslubda 
yozilgan.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganlarning barchasi ishning o’ziga xos yutuqlari 
hisoblanadi. Ammo shu kabi yutuqlar barobarida ishda ayrim kamchiliklar va 
bildirish mumkin bo’lgan fikr va mulohazalar ham yo’q emas. Jumladan: 
1. 3.1 va 3.2 faslda tahlilga tortilgan misollardagi lingvokulturologik 
birliklarning sof madaniy, sotsial, pragmatik jihatlarini yanada chuqurroq yoritib 



berish lozimdek ko’rinadi. Xususan, tadqiqotning uchinchi bobi birinchi faslida 
dissertant quyidagi matn parchasini tahlilga tortgan: Also kein Ossi, liebe Lore – 

Download 395.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling