Nemis tilidan o’zbek tiliga lingvokulturemalar tarjimasining sotsiolingvistik aspektlari
Download 395.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Axmedov taqriz
1 Buxoro davlat universiteti tadqiqotchisi Irgasheva Feruza Baxtiyorovnaning “Nemis tilidan o’zbek tiliga lingvokulturemalar tarjimasining sotsiolingvistik aspektlari” mavzusidagi 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasiga rasmiy opponent TAQRIZI Hozirgi globallashuv jarayonida insoniyatning zamon bilan hamnafas bo’lishiga erishish maqsadida turli sohalarda faoliyat yurituvchi soha mutaxassislari o’z ona tili bilan bir qatorda xorijiy tillarni ham egallashi zamon talabiga aylanib bormoqda. Ushbu talablarga javob tarzida xorijiy tillarni o’rganish va o’qitish tizimini tubdan isloh qilish, shuningdek, chet tillarni o’rganishga bo’lgan motivatsiyani oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda turli tizimli tillarni chog’ishtirish, ularning o’rganilmagan qirralarini ochib berish yuzasidan turli tadqiqot va izlanishlar olib borish, ona tilidan xorijiy tillarga, va aksincha, chet tillardan ona tiliga bevosita tarjima masalalari zamonaviy tilshunoslik va tarjimashunoslik bilan bir qatorda adabiyotshunoslikning ham kun tartibida turgan dolzarb masalalaridan biridir. Bundan tashqari, milliylik, uni ifodalovchi birliklarni tarjimada qayta yaratish masalasi tarjima ilmining doimiy bahstalab nuqtalaridan bo’lib kelgan va hanus shunday bo’lib qolmoqda. Mazkur tadqiqot ham ana shu yo’nalishda amalga oshirilgani bilan alohida e’tiborga molik. Zamonaviy jahon tilshunosligining lingvokulturologiya, etnokulturologiya, lingvopragmatika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, sotsiolingvistika singari sohalari antroposentrik paradigma tamoyillariga asoslangan bo’lib, unga ko’ra inson omili asosiy mezon hisoblanadi. Til va jamiyat munosabatlari, shuningdek, unda aks etadigan milliy-madaniy birliklarning keng ko’lami lingvokulturemalar, ularning shakllanish jarayonlari va qo’llanilish sohalari, til sathida namoyon bo’lishi, maqomi va nutqda voqelanishi kabi masalalar ancha keng o’rganilgan. Tadqiqotning maqsadi nemis badiiy asarlaridagi lingvokulturemalarning milliy-madaniy, leksik-semantik, stilistik xususiyatlarini aniqlash, ularning o’zbek tiliga tarjimada berilish masalalarini yoritishdan iborat. Tadqiqotning ob’yekti sifatida Jenni Erpenbek, Elke Haydenrayx va Bernd Shrederlarning asarlaridagi lingvokulturemalar va ularning o‘zbekcha tarjimalari tanlangan. Tadqiqotning predmetini zamonaviy nemis badiiy asarlaridagi lingvokulturemalar tarjimasining sotsiolingvistik aspektlari tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib, dissertatsiyada transformatsion, qiyosiy-chog‘ishtirma, kontekstual- situativ, kontekstual-distributiv, analitik, psixoanalitik, biografik, struktural, germenevtik kabi tahlil usullaridan foydalanilgan. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kirish qismida dissertatsiyaning dolzarbligi va zarurati asoslangan, 2 tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob’yekti, predmeti, Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, olingan natijalarning ishonchliligi, ishning nazariy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi, aprobatsiyasi, dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning birinchi bobi “Nemis adabiyotida lingvokulturemalarning o‘rni va ularni tarjimada berish yo‘llari” deb nomlangan. Ushbu bob lingvokulturemalarga oid ilmiy-nazariy asoslar, badiiy asarlardagi lingvokulturemalarning ifodasi va tarjima qilish muammolari, nemis badiiy asarlaridagi lingvokulturemalarni tarjimada berish usullari kabi masalalar muhokamasiga bag’ishlangan. Dissertant fikricha, lingvokulturemalar tarjimasi bilan bog‘liq quyidagi muammolar yuzaga keladi: birinchidan, badiiy asarlardagi lingvokulturemalar xalqning milliy mental xususiyatlarini, o‘tmish va hozirgi tarixiy-ijtimoiy turmush tarzini, dunyoqarashini, psixologiyasini ifodalab kelishi; Download 395.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling