Nemis tilidan o’zbek tiliga lingvokulturemalar tarjimasining sotsiolingvistik aspektlari
Download 395.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Axmedov taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarshi davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
demakki, azizam Lore, bu olifta Sharqiy Germaniyadan bo’lishi mumkin emas.
Yuqorida keltirilgan misolda nemis tili og’zaki nutqida ishlatiladigan so’z, shunchaki til vakilining so’zlashuv uslubi emas, balki xalqning tarixiga ham bog’liq tushunchadir. Ikkinchi Jahon urushidan so’ng Germaniya ikkiga, Sharqiy va G’arbiy Germaniyaga bo’lib yuborilgan. Misolda keltirilgan Ossi so’zi aynan Sharqiy Germaniya hududi ma’nosiga ega. Demak, ushbu lingvokulturema millatning tarixi bilan ham bog’liq. Tarjimon o’z mahoratini namoyish etgan holda o’zbek kitobxoniga tushunarli bo’lishi uchun Ossi so’zining ma’nosini to’liq ochib bergan. Bizningcha, bu so’z zamirida yana bir pragmatik va lingvokulturologik jihat bor, ya’ni u G’arbiy Germaniyaliklarning Sharqiy Germaniyaliklarga nisbatan masxaraomuz, pastga urish, mensimaslik kabi qo’shimcha ma’nolarni ham ifodalaydi, dissertant so’zdagi mana shu nozik ma’noga ham e’tibor qaratganda uning yana bir muhim qirrasi ochilgan bo’lar edi. 2. Ishning ikkinchi bobi uchinchi faslida tarjimada ijodkorlik omili xususida to’xtalib o’tilgan, biroq ularga kengroq ko’lamda murojaat qilinganda va tahlillar keltirilganda mazkur bo’limda berilgan fikrlar dalolati yanada kuchaytirilgan bo’lar edi. 3. Dissertatsiyada asliyat va uning tarjima matnlari jadval shaklida muqoyasa qilingan, biroq ularning manbasi va sahifasi ayrim o’rinlarda ko’rsatilgan bo’lsa, boshqa o’rinlarda ko‘rsatilmagan. 4. Ishda ba’zi texnik kamchiliklar kuzatiladi. Masalan havolalarni rasmiylashtirishda, jadvallarni tartiblashda kamchiliklar uchraydi (67, 82, 88 sahifalar). Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar dissertatsiyaning umumiy mazmuni va mundarijasiga putur yetkazmaydi, qolaversa ularning aksariyati tavsiya xarakteriga ega bo‘lib, dissertant keyingi ishlarida e’tiborga olishi kerak. Ushbu tadqiqot ishi tushunarli, ravon tilda yozilgan bo‘lib, dissertatsiyaning asosiy mazmuni uning avtoreferatida va e’lon qilingan ishlarda o‘z aksini topgan. Xulosa qilib aytganda, “Nemis tilidan o’zbek tiliga lingvokulturemalar tarjimasining sotsiolingvistik aspektlari” mavzusidagi ushbu dissertatsiya tugallangan ilmiy ish bo‘lib, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligiga mos. Dissertatsiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi nizomida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari uchun belgilangan talablarga to‘la javob beradi. Shunday ekan, ish muallifi Irgasheva Feruza Baxtiyorovnaga ushbu tadqiqot asosida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish mumkin. Qarshi davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.B.Axmedov Download 395.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling