Nemis va fransuz tillari kafedrasi “dak ga tavsiya etaman” Filologiya fakulteti dekani
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
nemis va ozbek tillaridagi fellarda modallik muammolari
Hoffen fe‘li doch yuklamasi bilan birga kelib, qilayotgan taxmining ishonch
darajasi yuqoriligini ko‘rsatib kelmoqda. Ammo o‘zbek tilida bu aniqlik mayli orqali ifodalanib, qat‘iy ishonchni bildirmoqda. Aslida esa quyidagi tarjima muvofiq bo‘lar edi: Stol atrofida o'tiriladi-ku, tuflimni yechib qo 'ysam bo 'lar. 6. Ich hoffe, ich raste nicht doch noch aus. Ungacha yetib borolmasam kerak.
Bu gapda esa hoffen fe‘li tarjimada fe‘lga shart mayli qo‘shimchasi -sa qo‘shilishi va kerak modal so‘zi orqali tarjima qilingan. Nemis tilidagi qo‘shma gap tarjimada soda gapga aylangan bo‘lishiga qaramay, asl ma‘noni ko‘rsatib berishga harakat qilingan . Ammo kerak so‘ziga -a so‘roq yuklamasi qo‘shilib tarjima qilinganda ma‘no yanada aniqroq tus olgan bo‘lardi.
46
7. Das muss irrsinnig viel gekostet haben. Bu ovqatlar juda qimmat bo‘lsa kerak-a? Müssen+Infinitiv II konstruksiyasi odatda taxmin aniq bir asosga ega bo‘lgan holatda qo‘llaniladi. So‘zlovchi qilgan taxminiga aniq ishonadi, chunki fikr davom ettirilib, nega aynan shunday taxmin qilgani asoslab beriladi. Nemis tilidagi taxminni ifodalab kelgan modal fe‘lli sintaktik konstruksiyalar odatda o‘zbek tiliga fe‘lga shart mayli qo‘shimchasi -sa,kerak modal so‘zi hamda -a so‘roq yuklamasi yordamida to‘g‘ri tarjima qilinadi. 8. Ich denk, die drücken so? Siqyapti shekilli?
tiliga shekilli so‘zi orqali tarjima qilingan. Tarjima uchun juda mos so‘z topilgan, chunki shekilli so‘zi haqiqatan ham ushbu gapda asliyatdagi o'ylashimcha so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi. 9. Scheint so. Shunaqaga o‘xshaydi. Scheinen fe‘li nemis tilida taxminni ifodalab keluvchi va eng ko‘p qo‘llanuvchi mustaqil fe‘llardan biridir. Uni o‘zbek tiliga turlicha tarjima qilish mumkin: o ’xshamoq, tuyulmoq, ko ’rinmoq, -sa kerak, shekilli kabi. Mazkur gapda o ’xshamoq fe‘li orqali tarjima qilingan va ma‘no to‘g‘ri chiqarib berilgan.
10.
Gut,das seh ich mir an, ich komm Heiligabend, falls da was fliegt. Yaxshi. Rojdestvodan bir kun oldin borsam kerak. Agar biror nima uchsa. Bu gapda ansehen fe‘li hali to‘liq ishonchi komil emasligini bildirib keladi. Buni biz o‘zbek tiliga ko ’rmoq fe‘lining kelasi zamonda berilishi orqali bersak ham bo‘ladi, chunki bu fe‘l hatti-harakatning hali noma‘lum ekanligini bildirib keladi: Yaxshi, ko ’ramiz hali, agar biror nima uchsa, rojdestvodan bir kun oldin borarman. O‘zbek tiliga nemis tilidagi murakkab gap uchta sodda gap orqali tarjima qilingan. Fe‘lga shart mayli qo‘shimchasi -sa, shaxs son qo‘shimchasi va kerak modal so‘zi yordamida tarjima qilingan. Shunday bo‘lsa ham asliyatdagi ma‘no tarjimada o‘zgarmagan. 11.Die Stunden von diesem Augenblick an kann ich Ihnen kaum erzählen.
47
Keyin nimalar bo‘lganini sizga tasvirlab berolmasam kerak. Kцnnen fe‘li odatda inkor formasida, ya‘ni nicht kцnnen shaklida kelganda taxmin ma‘nosini ifodalaydi. Ammo ushbu misolda kцnnen fe‘li nicht inkor yuklamasi bilan emas, balki kaum inkor yuklamasi bilan birga kelgan. Har ikkala holatda ham taxmin ma‘nosi o‘z kuchini yo‘qotmaydi. O‘zbek tiliga fe‘lga inkor qo‘shimchasi -ma, shart mayli qo‘shimchasi -sa, shaxs son qo‘shimchasi va kerak so‘zi orqali tarjima qilingan. 12.Ich glaube es zu wissen. Bilsam kerak deb o‘ylayman. Ushbu gapda glauben fe‘li ham, zu+Infinitiv ham taxmin ma‘nosini ko‘rsatib kelgan. Tarjimada ma‘no to‘g‘ri ko‘rsatilgan, ya‘ni shart mayli qo‘shimchasi -sa, shaxs son qo‘shimchasi va kerak so‘zi orqali, shuningdek, o Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling