Neoinstitutsional iqtisodiy nazariya rivojlanishining asosiy omillari. Reja: Kirish
Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional tahlilda
Download 29.21 Kb.
|
institutsional referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo`nalishlari.
2. Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional tahlilda
boshlang`ich nuqta masalasi. Neoinstitutsional nazariya ijtimoiy jarayonning real faoliyat ko`rsatuvchi ishtirokchilari sifatida guruhlar yoki tashkilotlarni emas, balki alohida individlarni o`rganadi. Shu tariqa tashkilotlar ichida individlar o`rtasida yuzaga keladigan munosabatlar turli tashkiliy tuzilmalarning mavjud bo`lishini izohlash uchun hal qiluvchi omil hisoblanib, neoinstitutsional nazariyani o`rganish ob’ekti sanaladi, ayni paytda neoklassik nazariyada firma “qora quti” sifatida ko`rib chiqildi. Firmaning paydo bo`lishi masalalari ham neoklassiklar nazaridan chetda qoldi, ayni paytda neoinstitutsional yo`nalish vakillarining ko`plab ishlari, shu jumladan R.Kouz ishlarining maqsadi “firmaning mavjud bo`lishini izohlash va uning faoliyati ko`lamlarini belgilab beruvchi sabablarni qidirib topishdan iborat bo`ldi”. Ta’kidlash lozimki, metodologik individualizm bir qator jarayonlarni tadqiq etish uchun ancha jiddiy cheklovlarni belgilaydi. Masalan, davlatni yagona, uyg`unlashgan tarzda foliyat ko`rsatuvchi, bo`linmas organizm sifatida aniq tasavvur qilishga to`liq tayangan tadqiqotni amalga oshirish ancha muammoga aylandi; davlatning maqsadli funksiyasini ko`paytirishga, individlar funksiyalarining qismi (agregati) hisoblanmaydigan o`ziga xos “ijtimoiy ne’mat funksiyasi”ga asoslangan yondashuvlardan foydalanish ham qiyindek tuyuladi. Ikkinchi tomondan, bunday asos tadqiqot natijasida olinadigan xulosalarning amaliyot nuqtai nazaridan ahamiyatini yanada oshiradi, chunki ular real ma’lumotlarga asoslanadi. Individlar va institutlarning o`zaro bog`liqligini tahlil etishda boshlang`ich nuqtaga nisbatan ikkita tamoyil mavjud. Birinchi tamoyilda institutlar individlarning manfaatlari hamda xatti-harakatlari orqali tushuntiriladi va metodologik individualizm deb nomlanadi. Ya’ni, individ institutlarni tahlil qilishda boshlang`ich nuqta hisoblanadi. Masalan, davlatni tavsiflashda uning fuqarolarining manfaatlari va o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqiladi. Metodologik individualizm tamoyilining davomi spontan evolyutsiya konsepsiyasidir. Ushbu konsepsiyaga ko`ra, institutlar insonlarning harakatlari natijasida paydo bo`ladi degan taxmin ilgari suriladi. Ya’ni, individlar birlamchi, institutlar esa ikkilamchi o`rin tutishi to`g`risidagi taxmin neoklassiklar qarashlarida aks etgan. Aksincha, tahlil uchun boshlang`ich nuqta sifatida individlar emas, balki institutlar belgilanishi ikkinchi tamoyilga asos bo`ladi. Shu tariqa ikkinchi tamoyilda xolizm metodologiyasidan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, individlar institutlarning ta’rifidan kelib chiqib tavsiflanadi. Institutlar esa, o`zlari makrodarajada munosabatlar tizimini takror ishlab chiqarishda bajaradigan funksiyalar orqali izohlanadi. Endi fuqarolar o`z hukumatini emas, balki hukumat ma’lum xildagi fuqarolarning shakllanishiga ko`maklashadi. So`ngra, spontan evolyutsiya konsepsiyasiga institutsional determinizm tezisi qarshi turadi va u muhim barqarorlashtiruvchi omil hisoblanadi. Institutlar – o`tmishda sodir bo`lgan «jarayonlar natijasi» bo`lib, ular o`tmish holatlariga moslashgan va shuning uchun ijtimoiy mo`rtlik, psixologik mo`rtlik omili hisoblanadi va barcha keyingi rivojlanish «doiralarini» belgilab beradi. Shunday qilib, xolizmda individlarning manfaatlari va xatti-harakatlari ularning o`zaro hamkorigini oldindan belgilab beruvchi institutlarning tavsifi orqali tushuntiriladi. Ya’ni, institutlar birlamchi, individlar esa ikkilamchi o`rin tutadi. 3. Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo`nalishlari. O`rganish sohalari va ob’ektlarining xilma-xilligi shunga olib keladiki, neoinstitutsional nazariya mukammal nazariy tizim sifatida emas, balki bir necha muhim g`oyalar bilan birlashgan yondashuvlar to`plami sifatida namoyon bo`ladi. Neoinstitutsionalizmning asosiy yo`nalishlari ichida o`z mohiyatiga ko`ra ko`p jihatdan bir-biriga yaqin bo`lgan quyidagi tadqiqotlarni ajratish mumkin: - mulk huquqi nazariyasi - transaksiya xarajatlari nazariyasi - ijtimoiy tanlov nazariyasi - D.Nortning institutsional evolyutsiya konsepsiyasi yangi iqtisodiy tarixda o`z ifodasini topdi. Neoinstitutsional nazariyaning sanab o`tilgan yo`nalishlari o`rtasida ko`plab farqlar ham, umumiy jihatlar ham mavjud. Xususan, T.Eggertsson quyidagilarni ajratadi.Birinchidan, barcha ushbu mualliflar almashuvni tartibga soluvchi qoidalar va shartnomalarga nisbatan belgilanadigan cheklovlarni yaqqol ko`rinishda modellashtirishga intilishadi, bunda andoza sifatida ko`proq neoklassik modelda mulk huquqlarining eng na’munali yo`lidan foydalaniladi. Ikkinchidan, to`liq axborot va almashuvning nol darajali xarajatlari to`g`risidagi neoklassik taxminlar oydinlashtirildi, shuning uchun ijobiy transaksiya xarajatlarining oqibatlari o`rganilmoqda. Uchinchidan, baholanadigan ne’matlarda faqat ikkita o`lchov – narx va sifat o`lchovlari mavjud, degan oddiy taxmin ancha yumshatildi, shu sababdan iqtisodiy natijalar va iqtisodiy tashkilot uchun tovarlar va xizmatlar sifat o`zgarishlarining oqibatlari tadqiq etilmoqda. Yana bir bor ta’kidlash lozimki, neoinstitutsional nazariya hozircha to`liq shakllanmagan: ta’riflar va atamashunoslik borasida to`liq uyg`unlikka erishilmagan, matematik modellardan mikroiqtisodiy nazariyadagiga qaraganda juda kam darajada foydalanilmoqda, empirik teslashga katta e’tibor qaratiladi (bu ayniqsa o`tish iqtisodiyotidagi jarayonlarni tahlil qilishda, masalan xufyona sektorni o`rganishda, turli ma’muriy to`siqlarning samaradorligini tadqiq etishda ko`zga tashlanadi). Download 29.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling