Neolit davri yodgorliklarini manbalarda oʻrganish jonizoqov Shohrux Bo’riboy o’g’li


Download 278.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.11.2023
Hajmi278.93 Kb.
#1793380
Bog'liq
Jonizoqov Shohrux Bo’riboy o’g’li



NEOLIT DAVRI YODGORLIKLARINI MANBALARDA OʻRGANISH 
 
Jonizoqov Shohrux Bo’riboy o’g’li 
(Kaltaminor,Hisor,Joytun yodgorliklari misolida) JDPU Tarix fakulteti talabasi 
Annotatsiya: Mazkur maqolada neolit davri yodgorliklarining 
ahamiyatini manbalarda bogʻlab oʻrganish.Shu bilan birgalikda 
adabiyotlardagi ma'lumotlarni taqqoslash, yodgorliklarning oʻrganishdagi 
fikr mulohazalarning turlichaligi bir toʻxtamga kelinmaganligi haqida 
Kalit soʻzlarNeolit yodgorliklari, Kaltaminor, Hisor, Joytun. 
 
Soʻnggi yillarda jahonda xususan mamlakatimizda neolit davri 
yodgorliklarini koʻplab topilishi ularning oʻziga xos xususiyatlari olingan 
topilmalar, qatlamlari jihatdan farqlanishi, jahonda Chatal-Guyuk, Xoʻjilar 
topilmasining mamlakatimizda Hisor, Kaltaminor, Joytun, Sazagʻon, 
Markaziy Fargʻona kabilarning topilishi mazkur holatda ushbu 
yodgorliklarning Breydved, Jeyms Mellaart, Djeyms, Asqarov, Sagdullaev, 
Islomov, Tolstov, Gʻulomov, Messanlarning yodgorlikni oʻrganishdagi 
ma'lumotlarni tahlil qilarkanmiz ular oʻzlarining arxeologik izlanishlaridan 
kelib chiqqan holda har bir yodgorlikka tavsif berib oʻtadi.Bularning bironta 
ma'lumotini notoʻgʻri deb boʻlmaydi chunki jahon arxeologlari oʻzimizning 
arxeologlar turli davrlarda izlanishlar olib borganligidan kelib chiqqan holda 
tahlil qilishimiz oʻrinlidir.Bizda manbalarda ma'lumki Oʻzbekiston neolit davri 
yodgorliklari deganda koʻz oldimizga oʻsha mashhur uch yodgorlik 
gavdalanadi.Xususan Kaltaminor, Hisor, Joytun shu yodgorliklar misolida 
yoritib oʻtadigan boʻlsak Kaltaminor madaniyati N.A.Egamberdiyevaning 
ma'lumotlariga qaraganda bu madaniyat oʻtgan asrning 30-40- yillarda 
S.P.Tolstov tomonidan Amudaryoning quyi havzasida topiladi va fanga 
Kaltaminor madaniyati nomi bilan kirgan.Unga Amudaryoning 
Oqchadaryo oʻzanidan chiqqan qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan 
topilgani uchun shu nom berilgan.Kaltaminor madaniyati asosan 
Oʻzbekiston hududida tarqalganligi sababli quyidagi shu haqda 
Oqchadaryo havzasidan koʻplab neolit davriga oid yodgorliklar topilgan 
boʻlib faqat 3-4 ta manzilgohning madaniy qatlami buzilmasdan saqlanib 
qolgan.[1]Bular Jonbos-4, Qavat-7, Tolstov manzilgohi, Tumek Kichidjik 
manzilgohlaridir.Kaltaminor madaniyatining 3 bosqichi aniqlandi-Daryolisoy 
(mil.avv Vl-lV ming yilliklar),Jonbos(mil.avv lV-lll ming yilliklar), Saksovul 
(mil.avv lll ming yillik oxiri-ll ming yillik boshlariga oid. 


Gʻulomov Ya,Al-baum L.I va Gerasimov M.larning ma'lumotlariga 
qaraganda bu yodgorlik Oʻrta Osiyo oʻlkasining gʻarbiy va shimoliy-gʻarbiy 
tomonlarida keng tarqalgan boʻlib, uning chegarasi Ural daryosi hamda 
Kaspiy dengizi bilan tutashgan deb aytib oʻtadi.Janubda Qoraqum va 
Qizilqum etaklarida, sharqda esa Orol dengizi shimoli-sharq va janub 
tomonlarda quyi Sirdaryoga borib Kaltaminor madaniyati asos solgan 
kishilar qadimda koʻl va daryolar boʻylarida, qamishzorlar yonida 
yashagan.Joylarning tabiiy sharoitiga koʻra, Kaltaminor madaniyatini 
yaratgan kishilar asosan yovvoyi hayvonlarni ov qilib, ovchilik va baliqchilik 
bilan kun kechirgan.Mevali daraxtlar koʻp boʻlganligi uchun ham ularning 
xoʻjalik hayotlarida termachilik ham katta oʻrin egallagan.Kaltaminor 
qabilalari xoʻjaligida qisman chorvachilik xoʻjaligi ham boʻlgan.Bu atxeoglar 
ham Tolstov oʻrganganini aytib oʻtadi va Oqchadaryo havzasidagi bir 
necha manzilda madaniy qatlamlar saqlangan boʻlib,ulardan Jonbos-4 
makondir.Manzilgohda chaqmoqtoshdan yasalgan minglab mehnat 
qurollari,sopol parchalari,hayvon suyaklari va baliqlarning suyaklari 
topilgan.[2] 
U yerni oʻrganish jarayonida yarim yertoʻla shaklidagi kulba(chayla)ga 
duch keladi.Kulbaning markaziy qismida katta oʻchoq qoldigʻi topilgan.Bu 
oʻchoq 
atrofida 
yuzga 
yaqin 
mayda 
oʻchoq 
qoldiqlari 
joylashgan.Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib Tolstov katta oʻchoqni 
muqaddas olov saqlanadigan otashqada, uning atrofidagi oʻchoqlar esa 
oilalarning oʻchoqlari boʻlgan degan fikrni aytib oʻtadi.Kulbaning maydoni 
300m2 boʻlib,bu yerda 120-125 kishi istiqomat qilgan.U katta urugʻ 
jamoasining makoni boʻlgan.Kaltaminor madaniyati jamoalari sopol ishlab 
chiqarishga usta boʻlgan.Sopol yasashda ham kulolchilik charxidan 
foydalanish oʻzlashtirilmagan boʻlsa-da,qurollar sopol buyumlar yasashning 
ibtidoiy usullarini koʻnikma sifatida egallaganlar.Idishlar tayyorlashda loyga 
yantoq va qamishning toza kulidan qoʻshishgan.Sopol qozon loylariga esa 
maydalangan tosh qoʻshishgan.Bu qoʻshilmalar sopol idishlarning 
mustahkam chiqishini,olovga tushganida oʻzida issiqlikni uzoq vaqt saqlab 
qolishni 
ta'minlagan.Sopol 
buyumlarning 
sirtiga 
odatda 
naqsh 
berilgan.Naqshlar chizma uslubida ishlangan.Bular turli geometrik 
shakllarda oʻz aksini topgan.Naqshlar uchi uchli yogʻoch yoki suyak pichoq 
yordamida ilon izi,romb, uchburchak,egri chiziq va boshqa shakllarda 
chizilgan.Soʻnggi bosqichiga kelganda ba'zi sopollarning gardishiga rangli 
gul naqshlar chizilgan.Dastlabki bosqichida esa sopol buyumlar aksariyat 
hollarda tuxumsimon shaklda boʻlgan.Ammo yana soʻnggi bosqichda 
(Oʻzboy)da tuxumsimon,tosh dumaloq idishlar oʻrnini tuvaksimon,osti tekis 


idishlar egallaydi.Dastlab idishlar mato xalta qoliplarida tayyorlangan 
boʻlsa,endi loy lentalarda qoʻlda yasalgan, idishlarda joʻmraklar ham 
paydo boʻlgan.Ular bir qavatli xumdonlarda pishirilgan.Urugʻ jamoalari 
tabiat kuchlari oldida ojiz edi,suv va ov orqasidan ergashib 
yurganlar.Kulbalari qurib borayotgan daryo yoqalarida,koʻl boʻylarida 
qumlar ustida qad koʻtargan.Daryo va koʻl suvlarining oʻzgarishi bilan 
Kaltaminorliklar jamoasi ham oʻz manzilgohlarini oʻzgartirganlar. 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlariga koʻra 
asosan madaniyatni yurtimizda neolit davriga oid ilk topilgan arxeologik 
madaniyat(mil.avv.7-3 
ming 
yillik).Shu 
nomdagi 
koʻl 
yonida 
joylashgan,1939-1940 va 1945- yillar Xorazm arxeologiya-etnografiya 
ekspeditsiyasi 
tekshirgan.Qoʻshimcha 
tariqasida 
Qizilqum, 
Yuqori 
Oʻzboy,Mohondaryo,Orolning shimoli-sharqiy boʻylarida, Qozogʻiston va 
sharqiy 
Kaspiy,ya'ni 
Balxan 
va 
Manqishloq 
hududlarigacha 
tarqalgan.Albatta,bu juda katta hududda yagona bir oilaga oid odamlar 
yashagan emas,bu yerlarda bir-biriga yaqin boʻlgan qabilalar yashagan 
deyish toʻgʻri keladi.Yaqinlik asosan tosh qurollarda yaxshi koʻrinadi.Tosh 
qurollarni yasash texnikasi va uning tiplarida oʻxshashlik farqlari esa sopol 
idishlarda,yaʼni uning bezaklarida - bezak buyumlarida,taqinchoqlarda 
koʻrinadi.Asosiy qurollarning oʻxshashligi va farqlarini saqlab qolgan qurollar 
-shu vohalarda bir-biriga oʻxshash,bir xil turmush tarziga ega boʻlgan urugʻlar 
boʻlganini koʻrsatadi.Bular Oqchadaryo,quyi Zarafshon,Lavlakon, yuqori 
Oʻzboy,Ustyurt guruhlaridan iborat.Shu hududlarda yashagan neolit 
odamlari 7-3 ming yillikda yashab ovchilik, baliqchilik, terimchilik bilan 
tirikchilik oʻtkazishgan.Ovchilik, baliqchilik, terimchilik bilan bogʻliq qurollarni 
ishlash texnikasi neolit davrida eng choʻqqiga chiqqan davr 
hisoblanadi.Bogʻliqlar,kesuvchi,teshuvchi qurollar,oʻq-yoylar,kamon oʻqlari 
va shunga oʻxshash qurollarni yasash eng takomillashgan davr 
hisoblanadi.Yuqorida aytib oʻtilganidek sopol buyumlar ishlab chiqish 
texnikasi paydo boʻlganini koʻramiz aynan davrlarga ham shunga qarab 
ajratganlar.Idishlar qoʻlda hali loyligida yoʻgʻoch bilan chizib,daryo va 
dengiz toʻlqiniga,archa ignalariga oʻxshash bezak berilgan.Ularning tagi 
yassi boʻmasdan,qumga botirib qoʻyishga moʻljallangan konus shaklida 
boʻlgan.Sopol idishlarning ixtiro etilishi Kaltaminor aholisining ovqat 
pishirishini osonlashtirgan.Ular oʻchoq yasab,qozonning tagiga olov yoqib 
ovqat pishirishgan.Hattoki ular ovqatni idishlarda quyib yeyishgan bu juda 
katta ixtiro boʻlib,kishilik tarixida faqat neolit davridan boshlab shunday 
yashash imkoniyatiga ega boʻldilar. 


Hisor madaniyatiga keladigan boʻlsak N.A.Egamberdievaning 
manbasida keltirilgan maʼlumotni koʻrib chiqamiz.Xususan bu yodgorlik 
Tojikistonning togʻli mintaqalarida keng tarqalgan.Hisor madaniyati togʻli 
mintaqalarda yashab,asosan hayvon ovchiligi bilan shugʻullangan 
qabilalar madaniyatidir.Ularning izlari 300 dan ortiq joydan topilgan.Bu 
madaniyatga oid dastlabki yodgorlik Dushanbe shahri yaqinidagi Hisor 
vodiysidan topilganligi sababli Hisor madaniyati nomini olgan.Hisor 
madaniyatining harakterli tomoni,uning aholisi qayroqtosh tosh qurolariga 
oʻziga xos ishlov berishgan.Uning ishlanish uslubi oʻrta paleolit davridagiga 
oʻxshaydi.Sopol 
idishlar 
qoʻlda 
ishlanib,geometrik 
naqshlar 
berilgan.Arxeologlar Turtkovul makonidan yarim yertoʻla shaklidagi uy 
qoldigʻini va 4 ta qabrni oʻrganganlar.Jasadlar gʻujanak holda 
yotqizilib,oyoq-qoʻllari bogʻlangan holatda koʻmilgan.Bu mozorlar Hisor 
madaniyatining soʻnggi bosqichiga tegishlidir. 
Gʻulomov Ya,Al-baum L.I,Gerasimov M.larning maʼlumotlarida esa 
Markaziy Osiyoning neolit davri makoni Hisor madaniyati Hisor-Pomir 
togʻlaridan topib oʻrganilagan.Hisor madaniyatining asosiy markazi 
Tojikiston Respublikasining Hisor-Bobotogʻ-Qoratogʻ oraligʻidagi yerlar 
boʻlib,ular mil.avv V-lll ming yilliklar bilan belgilanadi.Hisor madaniyati 
jamoalari sopol idishlar yasab,asosan chorvachilik, ovchilik,qisman 
dehqonchilik va termachilik bilan shugʻullangan.[3] 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) sidan foydalanadigan 
boʻlsak unda Hisor madaniyati mill.avv 6-3 ming yilliklarga oid neolit davri 
arxeologik 
majmuasi.Asosiy 
yodgorliklari 
Tojikistonning 
Yovonsu,Vaxsh,Qizilsuv,Kofirnihon daryolari havzalarida qayd etilgan.Hisor 
madaniyati 1948-yil A.P.Okladnikov kashf etgan;asosiy yodgorliklari 
Turtkovul, Sayyod,Qozi Berdi va boshqalar.Bu madaniyat davriy jihatdan 
Kaltaminor va Turkmanistondagi Joytun arxeologik madaniyatlari bilan bir 
vaqtga toʻgʻri keladi.Topilmalar tosh va suyakdan yasalgan qurollar har xil 
maishiy 
oʻchoqlardan 
iboratdir.Tosh 
qurollar 
yasashda 
ohaktosh,kvarsit,serpantin,yashma 
kabi 
materiallardan 
foydalanilgan.Hozirgacha Hisor madaniyati yodgorliklarida sopol buyumi 
namunalarini uchramasligi tadqiqotchilar uchun yechilmagan muammo 
boʻlib qolmoqda.Holbuki Kaltaminor madaniyati davrida-Oʻrta Osiyoda 
sopol idish tayyorlangani maʼlum edi.Hisor madaniyati sohiblari xoʻjalik 
jihatdan endigina oʻtroqlashayotgan ovchilar,terimchilik bilan tirikchilik 
qiluvchilar tashkil etadi deb hisoblash mumkin.Dehqonchilikning ilk belgilari 
faqat Hisor madaniyatining soʻnggi davrida paydo boʻlgan. 


Joytun madaniyatini N.A.Egamberdievaning manbasida koʻrishimiz 
mumkunki Joytun madaniyati Oʻrta Osiyoning janubiy-gʻarbiy hududida ilk 
dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalar yodgorligidir.Uning izlari faqat 
Turkmanistonning janubiy-gʻarbiy hududlaridan topilgan.Olimlar uni mill.avv 
VI ming yilliklar oxiri V ming yilliklar boshlariga oid deb hisoblashadi.Uni 
A.Kuftin,V.M.Masson,D.Durdiev,O.Berdievlar 
tadqiq 
qilgan.Joytun 
madaniyatiga 
Bami,Togʻoloqtepa,Chagʻillitepa,Munchoqlitepa,Choʻpontepa,Joytun,Na
yzatepa kabi bir qator ibtidoiy dehqonlarning manzilgohlari kiradi.Joytun 
qishlogʻida uch qurilish bosqichi aniqlangan.Unda uylar toʻrtburchak 
shaklida qurilib,devorlari guvaladan ishlangan va somon bilan 
suvalgan.Uylarning yonida xoʻjalik xonalari -omborxona,saroy va oʻralar 
ham Joytun uylari devorining qalinligi 30 sm ni tashkil etgan.Har bir uyda 
(xonadonda)5-6 kishidan iborat oila yashagan deb taxmin qilingan.Joytun 
madaniyati yodgorliklaridan topilgan moddiy manbalar ularning 
dehqonchilik bilan,birga, chorvachilik , ovchilik bilan ham shugʻullanib oʻz 
davrining katta yutuqlarini qoʻlga kiritganligini koʻrsatadi
Gʻulomov Ya, Al-baum L.I,Gerasimov M.larning fikrlarida esa Joytun 
madaniyatiga mansub qabilalar paxsa va guvalasimon aralashtirib 
qurilgan uylarda yashab,boʻyoq bilan naqshlangan idishlardan 
foydalangan.Joytun makoni ibtidoiy qishloq boʻlib,u bir necha uylardan 
tashkil topgan.Uylarning maydoni 25-30 m2 boʻlib,ular paxsadan 
qurilgan.Uylar toʻgʻri toʻrtburchakli va bir xonali boʻlib,har bir xonaning 
oʻchoqlari boʻlgan.Devorlari somon loy bilan suvalib,oxro tabiiy boʻyoq bilan 
boʻyalgan.Turarjoy uylari yonida omborxona,saroy,xoʻjalik uchun oʻralar 
ham joylashgan.Joytun qishlogʻida 30 ga yaqin uy boʻlib,ularda 160-180 
kishi yashagan.Bu yerdan boshoqli don ekinlarining qoldiqlari,munchoq-
taqinchoqlar,shaxmat-shashka 
donalari 
shaklidagi 
buyumlar 
topilgan.[4]Hatto koʻplab loydan yasab pishirilgan odam va hayvon 
haykalchalari ham uchraydi.Joytunliklarda ona urugʻi hukmron boʻlgan.Ular 
mil.avv VI-V ming yilliklarda yashab asosan, dehqonchilik,chorvachilik 
qisman ovchilik bilan shugʻullangan. 
Masson.V.M, Massoy.V.M.larning maʼlumotlarida esa Joytun-Oʻrta 
Osiyoning neolit davriga oid eng qadimgi oʻtroq dehqonchilik madaniyati 
markazlaridan biri(mol.avv.6-5 ming yilliklar). Ashxoboddan 30 km shimolda 
qadimgi oʻtroq dehqonlar qishlogʻi harobosi nomidan olingan.1952-yildan 
Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi qazish ishlari olib 
borgan.10 dan ortiq yodgorliklar (Chagʻillitepa,Pessijiktepa, Choʻpontepa, 
Nayzatepa,Joytun va b.) ni tekshirgan.Bu urugʻdoshlik manzilgohlarining har 


biri 0.5-2 ga maydonni egallagan.Aomonli guvaladan qurilgan bir xonali 
uylar(25-45 m2),sathi oq ganchli loy bilan suvalgan,ayrimlari qizil va qora 
rangga 
boʻyalgan.Har 
bir 
xonada 
oʻchoq,gʻalla 
oʻrasi, 
supa 
boʻlgan.[5]Ayrim xonalar oʻrtasida katta otashkada boʻlib, umumiy 
sajdagoh 
vazifasini 
oʻtagan.Manzilgohlarda 
ombor,sopol 
idishlar 
pishiriladigan maydonchalar boʻlgan.3 ta madaniy qatlamdan iborat 
Joytun manzilgi toʻla oʻrganilgan.Uning maydoni 0.5 ga yuqori qatlami 35-
40 xonadan,oʻrta qatlami 29 xonadan iborat.Manzilgohlardan bolalar 
suyagi topilgan,kattalar tashqariga koʻmilgan.Aholi asosan dehqonchilik, 
chorvachilik, ovchilik bilan shugʻullangan.Aholi chaqmoqtoshdan 
qirgʻich,oʻroq,randa,pichoq;suyakdan igna,bigiz va boshqa buyumlar 
yasagan.Sopol idishlarning sirti qizil angob bilan boʻyalgan.Tosh va 
loy(sopol)dan ishlangan ayol va hayvon haykalchalari,tosh,suyak va 
chigʻanoqlardan yasalgan tumor,munchoq va b.turli taqinchoqlar keng 
tarqalgan.Joytun madaniyati Kaspiy boʻyidagi mezolit davri madaniyati 
asosida vujudga kelgan.U ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining jahondagi 
noyob obidalaridan biri.[6] 
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi maʼlumotlarning har biri yaʼni 
berilgan uch madaniyat yodgorligini biz shu katta uch manbadan yoritib 
oʻtdik.Bu yerdagi maʼlumotlar turlichaligi boʻlsa,yana bir tomondan bir-
biriga oʻxshash jihatlari avval boshidanoq aytganimizdek qazishma 
chogʻlarida davrlar oʻtib topilgan buyumlar,dalillar xususiyatlari oʻzgarishini 
inobatga olgan holda manbalar turlichaligi tabiiydir.Bitta manbada 
masalan Kaltaminordagi sopol buyumlar davrlar jihatdan izohlangan 
boʻlsa,yana boshqasida insoniyat yashash tarzini butunlay oʻzgartirib 
yuborganligini koʻramiz.Huddi shunga oʻxshash holatni Hisor va Joytun 
yodgorliklarida ham uchratishimiz mumkin.Biz bularning barini solishtirish 
orqali maʼlum bir bitta madaniyat yodgorligini har tomonlama chuqurroq 
oʻrganishimizga koʻmaklashadi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI: 
 
1.N.A.Egamberdieva 
2.Gʻulomov Ya.Oʻzbekiston arxeologiya Toshkent 1956.37-38 bet. 
3.Al- baum L.I."Bolaliktepa". Toshkent 1960 
4.Gerasimov M."Lyudi kamennoga veka"M.1964 
5.Masson V.I."Poselenie Djaytun"M.1971 
6.Massoy V.M.Srednyaya Aziya i Blijniy Vostok.M- L.1964 

Download 278.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling