Nereis yoki qum chuvalchangini tuzilishi va sistematikasi
Download 1.86 Mb.
|
Nereis yoki qum chuvalchangini tuzilishi va sistematikasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yomg’ir chuvalchangi tanasining ko’ndalang kesimi
Nereis yoki qum chuvalchangini tuzilishi va sistematikasi.Yomg’ir chuvalchangi halqali chuvalchanglar tipining kam tuklilar sinfiga kiradi. Kam tuklilar tuproqda va chuchuk suvlarda yashaydi.Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Yomg’ir chuvalchangi chirindiga boy nam tuproqlarda hayot kechiradi. Uni ariqlar bo’yida, beda, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan dalalar tuprog’ida uchratish mumkin. Kuchli jaladan so’ng ba’zan ko’plab yer yuziga chiqib qolganligi sababdan ular yomg’ir chuvalchanglari deb ataladi.
Yomg’ir chuvalchangi tanasining ko’ndalang kesimi:
Hazm qilish sistemasi. Og’iz teshigi tanasining oldingi uchida, birinchi tana bo’g’imining ostida joylashgan. Og’iz qisqa halqum orqali qizilo’ngachga tutashgan (34-rasm). Qizilo’ngachning kengaygan keyingi qismi jig’ildon deb ataladi. Jig’ildon esa kichikroq oshqozonga ochiladi. Oshqozondan tananing keyingi tomoniga qarab ichak ketadi. Chuvalchanglar chiriyotgan o’simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi; chirindini tuproq bilan birga qo’shib ichagidan o’tkazadi. Oziq ichakda hazm shirasi ta’sirida o’zlashtiriladi. Oziq larkibidagi moddalar qonga so’riladi. Oziqning hazm bo’lmagan qismi anal teshigi orqali tashqariga chiqariladi.
Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling