Odamning xulq – atvori, aql – idroki, fikirlashi, ongi, boshqalar bilan muomalasi va shu kabi barcha ruhiy xususiyatlarni uning oliy nerv faoliyati belgilaydi. Odam organizmining barcha to’qima va a’zolaridagi hayotiy jarayonlar, ularning ishi markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Nerv sistemasi odam organizmini u yashayotgan sharoitning o’zgarishlariga moslashtiradi.
Oliy verv faoliyati.
Nerv sistemasining funksiyalari:
Nerv sistemasining quyi funksiyasi.
Nerv sistemasining quyi funksiyasi: Odam organizmining barcha hujayra, to’qima, organlari va sistemalarining ishini boshqarish, tartibga solish hamda ularning bir – biri bilan o’zaro bog’lanishini ta’minlashdan iborat. Bu vazifani orqa miya va bosh miyaning quyi qismlarida (uzunchoq, o’rta, oraliq miya va miyachada) joylashgan nerv markazlari bajaradi. Oliy nerv faoliyati: Odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog’lanishni, muomalasini, tashqi muhit sharoitiga moslashuvini ta’minlaydi. Odamning xulq – atvori, fikrlashi, ongi va barcha ruhiy xususiyatlari ham oliy nerv faoliyati hisoblanadi. Nerv sistemasining bu funksiyasini uning yuqori qismida (bosh miya yarim sharlari va uning po’stloq qismida) joylashgan nerv markazlari bajaradi. Odamning oliy nerv faoliyati murakkab reflekslar orqali namoyon bo’ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan bog’lanishini, uning har xil sharoitga moslashuvini ta’minlaydi. Odamning barcha ixtiyoriy harakatlari, fikrlashi va ruhiy holatlari reflekslar orqali amalga oshiriladi. I.P.Pavlov shartli reflekslar haqidagi ta’limotida odamning oliy nerv faoliyati shartli reflekslar orqali namoyon bo’lishini ko’rsatib berdi. Refleks – tashqi va ichki muhit ta’siriga odam organizmining nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan javob reaksiyasidir.
MNSning qaysi qismi isgtirok etishiga ko’ra:
Shartli reflekslar
Shartsiz reflekalar
Nerv sistemasi gigiyenasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |