Nerv tizimi anatomiyasi. Bosh miya xastaliklari tasnifi. Nerv tizimi kasalliklarini tashxislash va davolash


Download 57.27 Kb.
bet6/8
Sana08.03.2023
Hajmi57.27 Kb.
#1253824
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17.Nerv tizimi anatomiyasi

Davolash: Bolalardagi Tutqanoqda onasining ovqatlanish rejimi tartibga solinadi. Bolani turli taassurotlardan: qattiq tovush, uyqusizlik, qattiq sovuqdan saqlanishini ta`minlash kerak. Bu bolalarga ovqatdan oldin engil badantarbiya qilish tavsiya etilib, ularni ovqatdan keyin Harakat qildirmaslik kerak. To`t qanoqqa uchragan kishi engil ovqat eyishi kerak. Ovqat yengil badantarbiyadan keyin iste`mol qilinsa, yaxshi samara beradi. Yog`li, hazm bo`lishii qiyin bo`lgan ovqatlarni yemaslik kerak. Meva va sabzavotlardan parxez qilish kerak.
1 tadbir: qo`zg`atuvchi sababdan saqlanish kerak
2 tadbir: quyi a`zolarni ko`proq harakatlantirish kerak. Gavdani yuqoridan pastgacha asta-sekinlik bilan ishqalash ham moddani quyiga tortadigan tadbirlardan.
Har bir keyingi ishqalash oldingisidan ko`ra qattiqroq bo`lishi kerak. Bosh hamma vaqt tika to`tiladi, keyin yurishga buyuriladi. Tomirdan qon olishga monyelik bo`lmasa, qon olinadi.
Dorivor o`simliklardan: yovvoyi bodring, gazako`t Hid latiladi. Dengiz piyozi asal, sikanjubin bilan ichiriladi. Ushbu kasallar uchun surtiladigan yaxshi yog` - tuya boldir suyagining iligi bilan gul yog`i bo`lib, ular qo`shilib chakkaga, bosh chakkalariga, umurtqalarga va ko`krakka surtiladi.
Daraxt po`kagi, rum sassiq kovragi, cho`l sariq sog`i, yumshoq oristologiya ildizi, shomgul kabilar doimo ichirilib turiladigan dorilardan bo`lib, ularni suv bilan doimo ichish uchun tavsiya qilish kerak. Shuningdek, dafna daraxtining mevasidan ham berib turiladi. Tutqanoqqa uchragan bemorlarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirtirish ham foydali tadbirlardan biri bo`lib рisoblanadi.


Sakta
Sakta miya qorinchalarida, sezuvchi va harakatlantiruvchi rux yo`llarida kuchli tiqilma paydo bo`lishi sababli, a`zolarning harakatsiz va sezgisiz bo`lib qolishidan iborat.
Sakta turlari: engil, ogir, kuchli
1.Engil (nafas olishning zararlanishi kam bo`lib, tomoqqa quyilgan narsa o`t adi va burundan qaytib chiqadi.)
2.Ancha og`ir (Harakat va nafas a`zolari faoliyati kuchli buzilgan holatda, og`izda ko`pik paydo bo`lib, nafas to`xtab-to`xtab qoladi.)
3.Kuchli sakta (nafas ham , ko`pik ham, xirillash ham bilinmaydi)
Sakta kasalligiga olib keladigan sabablar: tiqilmalarga birikib qolish yoki to`liqlik sabab bo`ladi. To`liqlikka kelsak, bu shish paydo qiladigan yoki shish paydo qilmaydigan bo`ladi. Shish paydo qiluvchi to`liqlik shundan iboratki, bunda miyada modda hosil bo`lib, u modda to`liqlik va tortilish sababli tiqilma paydo qiladi. Shish paydo qilmaydigan to`liqlik esa ko`proq uchraydi. U miyaning uzida yoki uning yakinidagi, undan keladigan yoki unga boradigan rux yo`llarida bo`ladi. Ruxning miyaga boradigan yo`llarida bo`ladigan to`liqlikda, modda qon xilti yo balg`am xiltli bo`ladi va u to`satdan miya qorinchalariga quyiladi. Miyaga boradigan rux yo`llarida qonning ko`pligi va kuchli to`ldirishi sababli rux uchun o`t ish yo`li qolmaydi. Natijada kasal darxol bo`g`iladi va sezgi, harakat tushkunligi yuz buyuradi. Sakta ko`pincha falajga aylanib tuzaladi. Buqrot: «Soglom kishi boshida to`satdan og`riq sezib, keyin turgan joyida saktaga uchrasa va xirillasa, u kishi yetti kunga etmay o`ladi. Lekin unda isitma paydo bo`lsa, sog`ayishiga umid qilish mumkin. Chunki isitma chiqindilarni tarqatadi» deydi.
Sakta tutishga bo`lgan qobiliyat: o`tkirdorilarni iste`mol qilish, susayib qolgan xiltlarni tez ishga solib, sakta tutishishini tezlaydi.
Saktaning belgilari: Sakta bilan og`ir uyqu o`rtasidagi farq - saktada nafasga zarar yetganligi uchun bemor xirillaydi. Saktada hamma belgilar to`satdan yuz beradi. Saktadan oldin ko`pincha bosh og`rig`i, bo`yin tomirlarining ko`pchishi, bosh aylanishi, ko`z oldining qorong`ilashuvi, butun badanning uchishi, uyquda tishlarni g`ijirlatish va lanjlik paydo bo`ladi. Kasalning siydigi ko`pincha zangori yoki qora bo`lib, unda uvoq va kepaksimon cho`kma ko`rinadi. Sakta: balg`amdan (ko`z rangi sariq, burun teshiklari ho`l bo`lib turadi), qondan (yuz va ko`z qizaradi, buyin venalari bo`rtadi), miyadagi shishdan (doimo isitma bo`ladi), miya zararlanishidan yuzaga kyeladi.



Download 57.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling