Nerv tizimi anatomiyasi. Bosh miya xastaliklari tasnifi. Nerv tizimi kasalliklarini tashxislash va davolash


Download 57.27 Kb.
bet1/8
Sana08.03.2023
Hajmi57.27 Kb.
#1253824
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17.Nerv tizimi anatomiyasi


Nerv tizimi anatomiyasi. Bosh miya xastaliklari tasnifi. Nerv tizimi kasalliklarini tashxislash va davolash.
Boshning asosiy va ikkinchi darajadagi qismlari: soch, teri, go`sht, parda, qattiq bosh kosasi,yumshoq pardadan iborat. Parda, miya moddasi, miyadagi qorinchalar va undagi boshqa narsalar, miya ostidagi ikki parda, miya uchun asos - tag vazifasini bajaruvchi suyakdan iborat.


Miya anatomiyasi
Miya - parda moddasi, ilik mag`zi kabi modda va ruҳ bilan to`liq bo`lgan kavaklarga bo`linadi. Asablar esa miyadan o`sib chiqqan shoxobchalar kabi bo`lib, miyaga xos moddaning qismlaridan emasdir. Bo`tun miya uzunasiga pardalari, mag`zi va qorinchalari bilan birga ikki pallaga ajralgan, chunki qo`shaloq qilishda ma`lum manfaat bor, biroq, shu ajralganlik faqat oldingi qorinchadagina aniq, sezilib turadi.
Miya moddasi sovuq va ho`l qilib yaratilgan. Uning sovuq qilib yaratilishiga sabab, unga borib tegadigan ko`p quvvatlar uni kizdirmasligi uchundir; u quvvatlar esa asablarning Harakat laridan, sezgilarning ta`sirlanishlaridan, xayol, fikr va eslash natijasida bo`ladigan o`zgarishlardagi ruҳ Harakat laridan iboratdir.
Shuningdek, yurakdan miya­ga kO`tarilib chikkan ikki tomir orqali miyaga o`t uvchi juda issiq ruҳ mo``tadillashuvi uchun ham miya sovuq qilib yaratilgan. Ana shu Harakat lar miyani kuritmasligi va miya mag`zining shakli yaxshi bo`lishi uchun u ho`l qilib yaratildi. Miya mag`zi yana yumshoq va yog`li qilib yaratilgan. Yog`li yaratilishidagi manfaat - undan o`sib chiqadigan asablarning yopishqoq bo`lishi uchun; ammo yumshoq yaratilishiga sabab, Jolinusning aytishicha, «mag`izning shakli yaxshi bo`lishi va xayol qilish vaqtida uning bir ҳoldan ikkinchi ҳolga o`t ishi oson bo`lishi uchundir», chunki yumshoq narsaning o`zgarishlarni qabul qilishi osonroqdir.
Bosh miyaning yumshoq yaratilishi yog`li bo`lishi uchun va miyadan uzoqlashgan sari asta-sekin qattiqlashuvchi asablarga bo`linadi va mag`izning oziq moddalari yaxshi yetishiib borishi uchundir. Chunki asablar bosh miyadan va orqa miyadan oziqlanadi. Qattiq modda qattiq narsaga, yumshoq modda bergan yordamni bera olmaydi; miya mag`zi undan o`suvchi narsalar asablar egiluvchan bo`lishi uchun ham yumshoq yaratildi, chunki u o`sib chiquvchilardan ba`zisining uchi qattiqlashishi uchun kerak bo`ldi.
Miya mag`zidan o`sib chiquvchi asab tolasi 3 ҳolatda bo`ladi, asta-sekin qattiqlashishi va egi­luvchan qattiq bo`lishi zarur bo`lgach, asab tolasi o`sib chiqadigan joyning ham egiluvchan va yog`li modda bo`lishi uchun kerak buldi. Yog`li va yopishqoq narsa albatta yumshoq bo`ladi. Yana miya tez Harakat ga muҳtoj bo`luvchi o`zidagi ruҳning xo`llikdan foydalanishi uchun ham xo`l qilindi. G`ovakligi sababli, engil bo`lishi uchun ham miya mag`zi yumshoq va ho`l qilindi, chun­ki qattiq a`zolar yumshoq, ho`l g`ovak a`zodan ko`ra og`irroq bo`ladi. Lekin miya moddasi yumshoq va qattiqlikda turlicha bo`ladi, chunki ol­dingi qismi yumshoqroq, orqa qismi esa qattiqroqdir.
Shu ikkala qism orasini miyaning oldingi qismigacha boruvchi qalin parda ajratib turadi. Miyaning oldingi bo`lagi nima uchun yumshoq qilindi? Chunki, sezuvchi asablarning ko`pi ayniqsa ko`rish, Hid lash va eshitish asablari oldingi bo`lakdan o`sadi; chunki sezgilar gavdaning ayg`okchilaridir, ayg`okchilar esa oldinga qaragan bo`lishi kerak. Harakat lantiruvchi asablarning ko`pchiligi esa miyaning orqa bo`lagidan o`sadi, miyaning umurtqa kanalidagi yelchisi va yordamchisi bo`lgan orqa miya ham orqa bo`lakdan o`sadi. Shu bo`lakdan kuchli asablar­ning va Harakat asabining o`sishi zarur bo`lib, ular sezish asabi muxtoj bulmaydigan ortiqcha kattalikka muxtoj bo`lgach, ularning o`sib chiqadigan joyi ham qattiqroq qilindi,— sezish asablariga esa yumshoqlik muvofiqroqdir.
Bularning orasini ajratib turish uchun ikkalasining orasiga parda kirgizildi, ba`zilarning aytishicha, yumshoq bo`lak qattiq bo`lakka taqalib turmasin uchun shunday qilingan. Chunki pardaning bir tomoni juda yumshoq, boshqa tomoni esa qattiqdir. Ana shunday pardaga o`rashning boshqa manfaatlari ham bor: miyada tarqaluvchi venalar aylanmasi va tutib turuvchi biror narsaga muxtoj bo`ladi va shu parda shu tomirlarga tirgak qilindi.
Shu buq`ilgan joy oxirining tagi biroz orqa tomonga joylashgan, qon yig`ilib quyiladigan o`rin bo`lib, u hovuzcha kabidir. Undan shoxobchalar — ariqchalar tarqaladi, bular orqali qon tarqalib miya moddasini oziqlantiradi, keyin, u hovuzchadagi qonni tomir og`izlari bilan so`rib, ikki katta tomirga yig`adi.
Butun miya ikki parda bilan qoplangan. Ularning biri yumshoq bo`lib, miyaga tegib turadi, ikkinchisi esa qattiq bo`lib, suyakka tegib turadi. U pardalar miya va suyak o`rtasida ikkita ajratuvchi bo`lsin uchun va miya suyakka tegmasin, ham da miyaga suyakdan ofat etmasin uchun yaratilgan. Miyaning suyakka tegishi miya moddasi ko`paygan hollarda yoki miya siqilgandan keyin kengayganda bo`ladi. Goxo miya qattiq ovoz chiqarish kabi hollarda bosh kosasigacha ko`tariladi.
Ana shunday manfaat uchun miya bilan bosh kosasi o`rtasiga ikkita ajratuvchi parda qo`yildi, bu pardalar yumshoq va qattiqlikda suyak bilan miyaning o`rtasidadir. Ularning ikkita bo`lishiga sabab suyakka bevosita tegib turishga moslangan narsa, miyaga bevosita tegib turishga moslangan narsaning xuddi o`zi bo`lib qolmasligi uchundir. Miyaga yaqin turgan parda yumshoq, suyakka yaqin turgan parda qalin bo`ldi. Bu ikkala parda birga bir bo`tun saqlovchi kabidir.
Bu yupqa parda miyani saqlovchi bo`lishi bilan birga miyadagi harakatli va harakatsiz tomirlar uchun
tutqichlik vazifasini ham bajaradi. O`zida joylashgan tomirlar vaziyatini saqlab turadi.
Shuningdek, u miyaning ko`p sonli bo`g`inlangan joylarida miya moddasiga botib kiradigan tomirlarni ham to`tib turadi va miya qorinchalarigacha borib taqaladi. Qalin parda miyaga tegib turmaydi, shuningdek, uning hamma joyi yumshoq pardaga ham tekis tegib turmaydi, balki undan ajralib tu­radi.
Bu ikki pardaning orasini qalin pardadan yupqasiga o`t uvchi tomirlar biriktirib turadi. Qalin parda po`st kabi nozik bog`ichlar bilan bosh kosasiga mustaҳkamlangan, u bog`ichlar esa qalin pardadan o`sib chiqadi va u parda miyaga juda og`irlik qilmasligi uchun, uni bosh kosasidagi choklarga mahkamlab bog`laydi, u bog`ichlar bosh kosasi choklari orqali kosa sirtiga chiqib, shu yerga birikadi va ulardan kosani qoplovchi parda to`tiladi, shu bilan qalin parda bosh kosasiga ham mustaҳkam bog`lanadi.
Miyaning uzunasiga uchta qorinchasi bo`lib, har bir qorincha eniga ikki bo`limga bo`linadi. Birok miyaning oldingi qorinchasigina o`ng va chap qismlarga ajralib turishi yaqqol sezilarlidir. Bu oldin­gi qism burunga havo va boshqa narsalarni tortib olishda, aksirish bilan chiqindilarni chiqarib tashlashda yordam buyuradi, sezuvchi ruҳning ko`pchilik qismini taqsim qiladi va ichki idrok quvvatlaridan bo`lgan tasvirlovchi quvvatlarning ishlariga yordam buyuradi.
Orqa qorincha ham kattadir, chunki u, a`zoning katta bir kavagini to`ldirib turadi hamda katta narsaning, ya`ni orqa miyaning boshlanadigan o`rnidir. Harakatlantiruvchi ruhning ko`p qismi shu orqa qorinchadan tarqaladi va yodlash quvvati ham shu yerda bo`ladi. Lekin, bu qorincha oldingi qorinchadan, hatto uning bir bo`limidan ham kichikdir. Shu bilan birga bu qorincha orqa miyaga yaqinlashgan sari kichrayib boradi va asta-sekin zichlashib borib qattiqlashadi.
O`rta qorincha oldingi qismdan orqa qismga o`t adigan yo`l kabi va ikkisining o`rtasidagi yo`lak kabidir. Shuning uchun u katta va uzun bo`ladi, chunki u, kattadan-kattaga etkazuvchidir.
Bu qorincha orqali oldingi qorinchadagi ruҳ ortki qorinchadagi ruhga ulanadi va eslanadigan narsalarning tasvirlari ham shu qorinchaga kelib o`rnashadi. Bu o`rta qorinchaning boshlanadigan yeri toychoq shakldagi ship bilan qoplangan va u ich tomondan peshtoq kabidir, bu yo`lak bo`lganligi uchun shunday deb ataladi.
Shu bilan birga u o`zining yumaloq shakli bilan zararlanishdan saqlanadi va unga suyaladigan va oraliqqa kirgizilgan pardani ko`tarishga kuchi yetarlidir. Shu yerda miyaning oldingi ikki qorinchasi qo`shiladi. Shu bilan ular shu yo`lak orqali orqa qorinchaga ko`rinib turadi. Bu joy ikkala qorinchaning qo`shilish o`rni deyiladi. Bu yo`lakning o`zi bir qorinchadir. O`rta qorincha o`t ar yo`l bo`lib, tasavvur urnidan esda saqlovchi o`ringa etkazuvchi bo`lganidan, fikr qilish va xayolga olish uchun eng yaxshi o`rin bo`ladi.
Ushbu qorinchalar o`sha ishlarni yuzaga chiqaradigan quvvatlarning o`rinlari ekaniga, u qorinchalarga ofat etganda har bo`limning zararlanishi bilan uning ishining buzilishi yoki u ishga zarar yetishiiga dalil bo`ladi.
Yupqa parda qisman ichkariga botib kirib, miya qorinchalarini peshtoq oldidagi ochiqlikkacha qoplaydi. Ammo, undan narigi tomonning qattiq parda bilan qoplanish o`rniga o`tadi.
Miya qorinchalarining bo`g`in - bo`g`in bo`lishi, nafsoniy ruh miya qorinchalariga o`tgani kabi, miya moddasiga ham o`tishi uchundir. Chunki qorinchalar har vaqt keng, ochiq bo`la vermaydi, yoki ruh doimo qorinchalarga kiradigan darajada oz bo`lavermaydi. Yana nafsoniy ruhning yurak mizojidan miya mizojiga o`tishi, miyada yetilishi bilan bo`lib, shu bilan u, miya mizojini oladi.
Ruh miyaga kelganda, avval oldingi qorinchaga boradi va shu yerda yetilib, keyin o`rta qorinchaga o`t adi, bu yerda yetilishi ortib, keyin orqa qorinchada tamoman yetiladi. Kelgusida bayon qiladiganimiz — oziqning jigarda yetilishi kabi, ruhning to`la yetilishi ham yetiluvchining bo`laklari bilan yetiltiruvchining bo`laklari aralashib, qorishib va bir-biriga o`t ganda bo`ladi.
Lekin oldingi qorinchadagi bo`g`inlar soni orqa qorinchadagidan ko`proqdir, chunki bo`g`inlarning nisbati o`sha bo`g`inlar joylashgan qismlarning bir-biriga bo`lgan nisbatiga yaqindir. Orqa qorinchani oldingi qorinchadan kichik qilgan sabab bo`g`imlarda ham mavjuddir.
Miyaning turli hollarini o`rganishimizdagi manba va vositalar quyidagilardan iborat: sezish va muhokama qilish, ya`ni eslash, fikr qilish, tasavvur, xayol qilish quvvati va farosat, shuningdek harakat ga tegishli ishlar, ya`ni mushaklar orqali a`zolarni Harakat lantiruvchi quvvatlar, so`ngra miyadan chiqariladigan chiqindilarning quyuq - suyuqligi, rang va mazadagi sifatlari, ya`ni uning o`t kir, sho`r, achchik yoki mazasizligi, yana chiqindining oz va ko`plik miqdori, yoki uning mo`tlaqo to`xtalib qolishi; havo va taomlarning miyaga yoqishi, yoqmasligi yoki zarar etkazishi; boshning katta va kichikligi, uning yaxshi va yomon shakllari, boshning og`ir va engilligi, uni ushlab ko`rganda qanday sezilishi, bosh va undagi tomirlarning rangi, bosh terisida paydo bo`ladigan yara va shishlar, ko`z va undagi tomirlarning rangi, ko`zning sog`ligi va kasalligi, ayniqsa uni ushlab ko`rganda qanday tuyo`liishi, uyqu va bedorlik ҳollari, sochning miqdori, ya`ni uning ozligi, ko`pligi, uning yo`g`on va ingichkaligi, sochning sifati, ya`ni uning jingalak va silliqligi, qora, qizg`ish, sariq va mallaligi, tez va kech oqarishi, soch­ning sog`lom turishi, yoki uning yorilib, yo tushib, yo to`qilib kasallanishi va boshqa hollari; bo`yinning yo`g`on va ingichkaligi, uning sog`lomligi yoki unda shish va qulguna yaralarining ko`p yo oz paydo bo`lishi, shuningdek til, bodomsimon bezlar va tishlarning ҳoli kabilar.
Miyaga hamkor bo`lgan ko`p asabli a`zolarning quvvat va ishlari, masalan, bachadon, me`da va qovuq, kabi a`zolarning ishiga asoslanib ham miya ҳaqida ҳukm chiqariladi. hamkor a`zoga qarab dalil olish ikki tur­li bo`ladi: biri — miyada paydo bo`lgan kasallikda miya bilan hamkor bo`lgan a`zoning ҳoliga qarab miyadagi kasallik ҳaqida ҳukm chiqa­riladi.
Ikkinchisi — hamkorligi sababli miyaga alam buyuradigan a`zo­ning ҳolidan byelgi olinadi, ya`ni o`sha a`zo qaysi va undagi kasal­lik nima ekanini va kasallik miyaga qanday etgani aniqlanadi. Bu byelgilardan miyaning hozirgi paytdagi ishlari va hollariga, ba`zan esa, hozirda yo`q bo`lib, kelgusida paydo bo`ladigan hollarga dalil olinadi. Masalan, uzoq vaqt g`amginlik va ma`yuslik — paydo bo`lish oldida turgan melanxoliyaga, yoki yaqinda paydo bo`ladi­gan kasallikka dalil bo`ladi. O`rinsiz g`azablanish tutqanoqqa yoki haroratli melanxoliya belgi bo`ladi. Sababsiz qo`lgi esa axmoqlikka yoki befarosatlikka dalil bo`ladi.

Download 57.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling