Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)
-rasm. Tractus spino- cerebellaris posterior
Download 0.54 Mb.
|
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Efferent o‘tkazuv yo‘llari
- (tractus corticothalamicus)
- (decussatio pyramidium)
- (tractus corticospinalis anterior)
134-rasm. Tractus spino- cerebellaris posterior.
1.orqa miya tuguni; 2.I-neyron; 3.II-neyron; 4.III-neyron. Bu yo‘lning birinchi neyroni orqa miya tuguni sohta unipolyar hujayralari. Ularning pereferik o‘sigmtalari orqa miya nervlari tarkibida propriotseptorlardan ta’sirotni olib keladi. Ularning markaziy o‘simtalari orqa ildiz tarkibida orqa shoxning ko‘krak o‘zagi (Klark ustuni) hujayralarida tugaydi. II neyron orqa shoxning ko‘krak o‘zagi hujayralari. Ularning aksonlari yon tizimchalar tarkibida uzunchoq miyaga, undan esa miyachaning pastki oyoqchalari tarkibida pastki chuvalchang po‘stlog‘ida tugaydi. III neyron pastki chuvalchang po‘stlog‘i hujayralari. Ularning aksonlari miyachaning tishli o‘zagida tugaydi. Bu yo‘l orqa va uzunchoq miyada kesishmaydi, shuning uchun uni to‘g‘ri kesishmagan yo‘l deb ataladi. Ammo uning tolalari bir qismi chuvalchangda o‘zaro kesishadi. Orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi o‘tkazuv yo‘llarш tananiтп muvozanatini va harakatini muvofiqlashtirib turadi. Orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi yo‘llar jarohatlanganda miyacha buzilishi ro‘y beradi. Efferent o‘tkazuv yo‘llari Harakatlantiruvchi o‘tkazuv yo‘llar bosh miyaning turli markazlaridan harakat va sekretor a’zolarga impulslarni olib boradi. Harakatlantiruvchi o‘tkazuv yo‘llar ikki neyrondan iborat. Ular qisqa va uzun yo‘llarga bo‘linadi. Qisqa harakatlantiruvchi o‘tkazuv yo‘llar yarimsharlar po‘stlog‘i bilan bosh miyaning bazal o‘zaklari va so‘g‘on qismlarini bog‘lab turadi. Ularga: ko‘ruv yo‘lining bir qismi bo‘lgan, ko‘ruv analizatorining ko‘ruv bo‘rtig‘i bilan bog‘lovchi (tractus corticothalamicus) peshona va tepa bo‘lagi po‘stlog‘ini targ‘il tana bilan bog‘lovchi (tractus corticostriatus) ko‘ruv bo‘rtig‘i yostiqchasi bilan dumli o‘zak, targ‘il tana va gipotalamik soha o‘rtasidagi bog‘lanishlar kiradi. Uzun harakatlantiruvchi yo‘llarga bosh miya po‘stlog‘i hujayralari va ekstrapiramida tizimi o‘zaklaridan boshlanib, bosh miya pog‘onasi va orqa miyada tugaydigan piramida va ekstrapiramida yo‘llari kiradi. 1.Po‘stloq-orqa miya yo‘li - tractus corticospinalis (135-rasm) I neyron miya po‘stloqning harakat zonasi markaz oldi pushtasi, markaz yon bo‘lagi va peshona pushtalarining orqa qismi po‘stlog‘ining beshinchi qavatida joylashgan yirik piramida hujayralardan iborat. Ularning aksonlari ichki kapsulaning orqa oyoqchasining oldingi 2/3 qismidan o‘tadi. So‘ngra po‘stloq-orqa miya yo‘li miya oyoqchasi asosining o‘rtasi, ko‘prikning ventral qismi va uzunchoq miyaning piramidasidan o‘tadi. Uzunchoq miyaning pastki qismida orqa miyaga kirishdan oldin piramida yo‘li ikki dastaga bo‘linadi. Katta qismi tolalari kesishib piramida kesishmasini (decussatio pyramidium) hosil qiladi. Qolgan qismi kesishmasdan orqa miyaga o‘tib ketadi. a) kesishgan tolalar orqa miyaning yon tizimchasiga o‘tib, lateral po‘stloq-orqa miya yo‘lini (tractus corticospinalis lateralis) hosil qiladi va shu tomondagi oldingi shoxda tugaydi. II neyron oldingi shoxning harakat hujayralari. Ularning aksonlari oldingi ildiz, so‘ng orqa miya nervlari tarkibida skelet mushaklariga boradi. Lateral piramida yo‘li asosan qo‘l va oyoq, qisman tana mushaklarini innervatsiya qiladi. b) kesishmagan tolalar orqa miyaning oldingi tizimchasiga o‘tib oldingi po‘stloq-orqa miya yo‘lini (tractus corticospinalis anterior) hosil kiladi. Bu yo‘l bo‘yin va ko‘krak qismlarda har bir segmentda kesishib qarama-qarshi tomondagi oldingi shoxga o‘tib harakatlantiruvchi hujayralarda tugaydi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling