Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)


Vegetativ nervlar va tolalar orqa miyaning yon shoxlari va bosh miya vegetativ o‘zaklarida joylashgan hujayra o‘simtalaridan iborat


Download 0.54 Mb.
bet22/39
Sana28.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1011476
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4

Vegetativ nervlar va tolalar orqa miyaning yon shoxlari va bosh miya vegetativ o‘zaklarida joylashgan hujayra o‘simtalaridan iborat.

Orqa miya nervlari


Orqa miya nervlari (nn. spinales) orqa miyadan chiquvchi ikki ildizdan hosil bo‘lgan nerv poyalaridan iborat. Ular juft bo‘lib, metamer joylashgan. Odamda 31 juft orqa miya nervlari bo‘lib, 8 ta bo‘yin, 12 ta ko‘krak, 5 ta bel, 5 ta dumg‘aza va 1 ta dum nervlariga bo‘linadi. Orqa miya nervlari aralash tolalardan iborat bo‘lib, tarkibida sezuvchi - afferent va harakatlantiruvchi - efferent tolalari bo‘ladi. Orqa miya nervlarining orqa ildizi (sezuvchi) (radix posterior) orqa miya tugunida joylashgan sohta unipolyar hujayralarning markaziy o‘simtalaridan iborat. Oldingi ildizi (harakatlantiruvchi) (radix anterior) orqa miyaning oldingi shoxi hujayralarining aksonlaridan iborat. Oldingi va orqa ildizlar o‘zaro qo‘shilib, orqa miya nervi poyasini (truncus nervi spinalis) hosil qiladi va umurtqalararo teshikdan chiqqanidan so‘ng to‘rtta: oldingi shox (r.anterior), orqa shox (r. posterior), orqa miya pardasiga boruvchi shox (r. meningeus) ga bo‘linadi. Qo‘shuvchi shox (r. communicans) VIII bo‘yin, barcha ko‘krak va yuqorigi ikkita bel segmentlari sohasidan chiqadi. Ular simpatik tugunlarga boruvchi preganglionar tolalarni hosil qiladi. Orqa miya nervlarining oldingi va orqa shoxlari I bo‘yin nervining orqa shoxidan tashqari aralash tolalardan iborat. Ular skelet mushaklarini va terini innervatsiya qiladi. Meningial shox umurtqa kanaliga qaytib kirib, orqa miya pardalarini innervatsiya qiladi.

Orqa miya nervlarining orqa shoxlari


Orqa miya nervlarining orqa shoxlari (rr.posterior) metamer joylashib, umurtqalarning ko‘ndalang o‘simtalari orasidan o‘tib orqa tomonga yo‘naladi. Ular (I bo‘yin, IV va V dumg‘aza va dum nervlaridan tashqari medial (r. medialis) va lateral (r. lateralis) shoxlariga bo‘linadi.


I bo‘yin nervining orqa shoxi ensa osti nervi (n. suboccipitalis) nomi bilan ensa suyagi va atlantni o‘rtasidan chiqib m. rectus capitis major et minor, m. semispinalis capitis, m. obliqui capitis superior et inferior larni innervatsiya qiladi.
II bo‘yin nervining orqa shoxi katta ensa nervi (n. occipitalis major) I va II bo‘yin umurtqalari orasidan chiqib, ensa terisini va m.semispinalis capitis, m.splenus capitis et cervicis, m.longissimus capitis larni innervatsiya qiladi. Qolgan bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza va orqa miya nervlarining orqa shoxlari orqaning chuqur mushaklari va terisini innervatsiya qiladi. Uchta ustki bel orqa miya nervlarining orqa shoxlarining lateral teri tarmoqlari ustki dumba nervlarini (nn. clunium superiores) hosil qilib, dumbaning yuqori qismi terisini innervatsiya qiladi. Uchta ustki dumg‘aza nervlarining lateral tarmoqlari o‘rta dumba nervini (nn. clunium medii) hosil qilib, katta dumba mushagini teshib chiqadi va dumba terisini innervatsiya qiladi. IV-V dumg‘aza va dum nervlarining orqa shoxlari n. anacoccygei ga qo‘shilib ketadi.

Orqa miya nervlarining oldingi shoxlari


Orqa miya nervlarining oldingi shoxlari, orqa shoxlariga nisbatan uzun va yo‘g‘on. Ular bo‘yin, ko‘krak, qorin, qo‘l va oyoq mushaklari hamda terisini innervatsiya qiladi. Qorin terisini pastki qismi tashqi tanosil a’zolarning taraqqiyotida qatnashgani uchun, tashqi tanosil a’zolari terisini ham orqa miya nervlarining oldingi shoxlari innervatsiya qiladi. Orqa miya nervlarining metamer tuzilishi faqat ko‘krak qismida saqlanib qolgan bo‘lib, qolgan qismlarda ular o‘zaro qo‘shilib chigallar hosil qiladi. Bu chigallarda nerv tolalari bir-biri bilan aralashib ketadi va har bir periferik nerv tarkibida orqa miya nervlarining bir nechta shoxidan keluvchi tolalar bo‘ladi. Odamda bo‘yin, yelka, bel, dumg’aza va dum chigallari tafovut qilinadi.

Bo‘yin chigali.


Bo‘yin chigali (plexus cervicaiis) to‘rtta yuqorigi bo‘yin (SI-SIV) nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo‘ladi. Chigal to‘rtta yuqorigi bo‘yin umurtqalari sohasida bo‘yinning chuqur mushaklarining (kurakni ko‘taruvchi, o‘rta narvonsimon va boshning tasmasimon) oldingi lateral yuzasida, to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning orqasida joylashadi. Uning shoxlari uch: sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralash guruhga bo‘linadi.
I.Sezuvchi shoxlari quyidagilar:
1. Ensaning kichik nervi (n. occipitalis minor) to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning orqa chekkasidan chiqadi. Mushakning orqa chekkasi bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilib, ensa sohasining pastki lateral qismi terisini va quloq suprasining orqa yuzasi terisini innervatsiya qiladi.
2.Quloq suprasi terisini inveratia etadigan katta nerv (n. auricularis magnus) sezuvchi shoxlarning eng kattasi. To‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning lateral tomonidan qiyshiq yo‘nalib, quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘li terisini innervatsiya qiladi.
3.Bo‘yinning ko‘ndalang nervi (n. transversus colli) to‘sh-o‘mrov- so‘rg‘ichsimon mushakning orqa chekkasidan chiqib, oldinga tomon ko‘ndalang yo‘nalib yuqorigi va pastki shoxlarga (rr.superiores et inferiores) bo‘linadi. U bo‘yinning oldingi va tashqi sohasi terisini innervatsiya qiladi. Nervning yuqori shoxlaridan bittasi yuz nervining bo‘yin shoxi bilan qo‘shilib yuza bo‘yin sirtmog‘ini hosil qiladi.
4.O‘mrov usti nervi (nn. supraclaviculares) 3-5 ta bo‘lib, to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakni orqa chekkasidan chiqadi. Bu nervlar joylashishiga qarab medial, oraliq va lateral o‘mrov usti nervlariga (nn. supraclaviculares mediales, intermedii et lateralis) bo‘linadi. O‘mrov usti nervlari pastga va orqaga qarab yo‘nalib, deltasimon va katta ko‘krak mushagi sohasi terisini innervatsiya qiladi.
2.Harakatlantiruvchi (mushak) shoxlari chigal atrofida joylashgan mushaklarni: m. longus colli, m.longus capitis, mm. scaleni anterior, medius, posterior, mm. recti capitis anterior et lateralis, m. intertransversari anteriores, m. levator scapulae innervatsiya qiladi.
Harakatlantiruvchi shoxlardan radix inferior ansae cervicalis, til osti nervidan chiquvchi radix superior bilan qo‘shilib, bo‘yin sirtmog‘ini (ansa cervicalis) hosil qiladi. Uning shoxlari til osti suyagidan pastda joylashgan (to‘sh-til osti, to‘sh-qalqonsimon, kurak-til osti, qalqonsimon-til osti) mushaklarni innervatsiya qiladi. Bundan tashqari bo‘yin chigalidan to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon va trapetsiyasimon mushaklarga ham shoxlar chiqadi.
Aralash shoxga diafragma nervi (n. phrenicus) kiradi. Bu nerv III-IV bo‘yin nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo‘lib, oldingi narvonsimon mushakning oldingi yuzasi bo‘ylab pastga tushadi. Ko‘krak qafasining ustki aperturasi orqali o‘mrov osti arteriyasi va venasi o‘rtasidan ko‘krak qafasiga kiradi. Ko‘krak qafasida o‘pka ildizining oldidan, perikard bilan mediastinal plevraning o‘rtasidan o‘tib, diafragmada shoxlanadi. Uning harakatlantiruvchi tolalari diafragmani, sezuvchi tolalari plevra va perikardni innervatsiya qiladi. Uning sezuvchi diafragma-qorin shoxlari (rr. phrenicoabdominales) qorin bo‘shlig‘iga o‘tib diafragmani qoplagan qorinpardani innervatsiya qiladi. O‘ng diafragma nervi tolalari jigar kapsulasida tugaydi.


Yelka chigali


Yelka chigali (plexus brachialis) to‘rtta pastki bo‘yin (SV -SVIII), qisman IV bo‘yin (SIV) va I ko‘krak (ThI) nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo‘ladi. Narvonsimon mushaklar oralig‘ida bu nervlar o‘zaro qo‘shilib uchta: ustki poya (truncus superior), o‘rta poya (truncus medius) va pastki poyani (truncus inferior) hosil qiladi. Bu poyalar narvonsimon mushaklar oralig‘idan pastga tomon yo‘nalib o‘mrov suyagiga nisbatan ikki: o‘mrov usti (pars supraclavicularis) va o‘mrov osti (pars infraclavicularis) qismlarga bo‘linadi.
Yelka chigalining o‘mrov osti qismi qo‘ltiq osti arteriyasini uch tomondan o‘rab turuvchi uchta dastaga bo‘linadi. Arteriyaning medial tomonida medial dasta (faciculis medialus), lateral tomondan lateral dasta (faciculis lateralis), orqa tomonida orqa dasta (faciculis posterior) joylashadi.
Yelka chigalidan uzun va qisqa shoxlar chiqadi. Qisqa shoxlar yelka chigalining o‘mrov usti qismidan chiqib, ularga quyidagi nervlar kiradi.
1.Kurak orqasi nervi (n. dorsalis scapulae) V bo‘yin nervining oldingi shoxidan boshlanib orqa narvonsimon va kurakni ko‘taruvchi mushakning o‘rtasidan orqaga o‘tib, kurakni ko‘taruvchi va rombsimon mushaklarni innervatsiya qiladi.
2.Ko‘krakning uzun nervi (n. thoracicus longus) V va VI bo‘yin nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Pastga tomon yelka chigalining orqasidan yo‘nalib, lateral ko‘krak arteriyasi bilan oldingi tishsimon mushakni tashqi yuzasida yotadi va uni innervatsiya qiladi.
3.O‘mrov osti nervi (n. subclavicus) V bo‘yin nervining oldingi shoxidan boshlanib o‘mrov osti arteriyasining oldidan o‘z nomidagi mushakga boradi.
4.Kurak usti nervi (n. suprascapularis) V-VII bo‘yin nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Orqa tomonga yo‘nalib, shu nomli arteriya bilan kurak o‘ymasidan qirra usti chuqurchasiga, so‘ngra akromionni aylanib o‘tib, qirra osti chuqurchasiga o‘tadi. Bu nerv kurak qirrasi ustidagi, kurak qirrasi ostidagi mushaklarni va yelka bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi.
5.Kurak osti nervi (n. subscapularis) V-VII bo‘yin nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Kurak osti mushagini oldidan yo‘nalib, o‘z nomidagi va katta yumaloq mushakni innervatsiya qiladi.
6.Ko‘krakning orqa nervi (n. thoracodorsalis) V-VII bo‘yin nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Kurakning tashqi chekkasi bo‘ylab orqaning keng mushagiga boradi va uni innervatsiya qiladi.
7.Lateral va medial ko‘krak nervlari (n.pectorales lateralis et medialis) V bo‘yin I ko‘krak nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Oldinga tomon yo‘nalib, katta (medial) va kichik ko‘krak (lateral) mushaklarini innervatsiya qiladi.
Yelka chigalining o‘mrov osti qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:
8.Qo‘ltiq osti nervi (n.axillariis) yelka chigalining orqa dastasidan (SV-CVIII) boshlanadi. Nerv kurak osti mushagini oldingi yuzasi bo‘ylab pastga va tashqariga yo‘naladi. Keyin orqaga burilib yelka suyagini orqadan aylanib o‘tadigan arteriya bilan birga to‘rt tomonli teshikdan o‘tadi. Yelka suyagi xirurgik bo‘ynini orqasidan aylanib o‘tib deltasimon mushak ostida yotadi. Bu nervning harakatlantiruvchi shoxlari (rr.muscularis) deltasimon, kichik yumaloq mushahlarni, sezuvchi shoxlari yelka bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. Uning oxirgi shoxi n. cutaneus brachii lateralis superior yelkaning lateral sohasi terisini innervatsiya qiladi.
Yelka chigalining uzun shoxlari uning o‘mrov osti qismidagi lateral, medial va orqa dastalardan chiqadi. Lateral dastadan mushak-teri nervi va oraliq nervning lateral ildizi, medial dastadan tirsak nervi, oraliq nervning medial ildizi, yelkaning medial teri nervi va bilakning medial teri nervi, orqa dastadan qo‘ltiq osti va bilak nervlari chiqadi.
1. Mushak-teri nervi (n. musculocutaneus) lateral va past tomonga yo‘nalib, tumshuqsimon-yelka mushagini teshib o‘tadi va yelka mushagi bilan yelkaning ikki boshli mushagi o‘rtasida yotadi. Yelkada yelkaning ikki boshli, tumshuqsimon o‘simta-yelka, yelka mushaklarini, hamda tirsak bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. Yelkaning pastki qismida fassiyani teshib o‘tib, bilakning oldingi yuzasiga tushadi va bilakning lateral teri nervi (n. cutaneus antebrachii lateralis) nomi bilan bilakning lateral yuzasi terisini bosh barmoq asosidagi tepalik sohasigacha innervatsiya qiladi.
2.Oraliq nerv (n. medianus) lateral va medial dastalardan chiquvchi ikki ildizning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Yelkada oraliq nerv shox bermay, yelka arteriyasi bilan birgalikda tirsak chuqurchasiga tushadi Tirsak chuqurchasida nerv yelka ikki boshli mushagi aponevrozi ostidan o‘tib tirsak bo‘g‘imiga shox beradi. Bilakda nerv yuza va chuqur barmoqlarni bukuvchi mushak o‘rtasidan bilak-kaft oldi bo‘g‘imi sohasiga keladi. Bilakda oraliq nervning yiruk shoxi bo‘lgan oldingi suyaklararo nerv (n. interosseus anterior) va mushak shoxlari (rr.muscularis) bilakning oldingi guruh mushaklaridan m.pronator teres, m. flexor digitorum superficialis, m. flexor pollicis longus, m. flexor digitorum profundus (lateral qismini), m. palmaris longus, m. flexor carpi radialis va m. pronator quadratus larni innervatsiya qiladi. Qo‘l kaftiga oraliq nerv barmoqlarni bukuvchi mushak paylari bilan birga o‘tib, kaft aponevrozi ostida oxirgi shoxlarga bo‘linadi. Kaftda oraliq nerv ( 139-rasm) shoxlari bosh barmoq mushaklaridan m. abductor pollicis brevis, m.opponens pollicis, m. flexor pollicis brevis ning yuza boshchasini va 1-2 chuvalchangsimon mushaklarni innervatsiya qiladi. Uning oxirgi shoxlari uchta kaft tomondagi umumiy barmoq nervlari (nn. digitales palmaris communis) o‘z navbatida 7 ta xususiy kaft tomondagi barmoq nervlariga (nn. digitales palmaris proprii) bo‘linadi. Bu nervlar I, II, III barmoqlar terisini va IV barmoqning lateral yuzasi terisini, hamda II, III barmoqlarning distal falangasi orqa yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Bundan tashqari oraliq nerv tolalari bilak-kaft oldi, kaft suyaklari o‘rtasidagi va I-IV barmoq bo‘g‘imlarini ham innervatsiya qiladi.
Yelka chigalining medial dastasidan tirsak nervi, yelkaning medial teri nervi va bilakning medial teri nervi boshlanadi:
1.Tirsak nervi (n. ulnaris) medial dastadan boshlanib yelkada shox bermaydi. U dastlab oraliq nerv va yelka arteriyasi bilan birga yotadi. Yelkaning o‘rta qismida medial tomonga yo‘nalib, yelka suyagining ichki o‘simtasiga yetib boradi va uning orqasidagi tirsak nervi egatida yotadi. Bilakda nerv o‘z nomidagi arteriya bilan birga tirsak egatida yo‘naladi. Uning pastki uchdan birida tirsak nervidan orqa shox (r. dorsalis n. ulnaris) chiqqandan so‘ng kaftga tomon yo‘naladi. Nervning mushak shoxlari (rr. muscularis) bilakda m. flexor digitorum profundus (medial qismini) va m. flexor carpi ulnaris ni innervatsiya qiladi. Nerv shuningdek tirsak bo‘g‘imiga shoxlar beradi. Tirsak nervining orqa shoxi kaftning orqa yuzasida dastlab 3 ta, keyin 5 ta barmoq orqa nervlariga (nn. digitales dorsales) bo‘linadi. Bu nervlar V, IV va III barmoqlarning tirsak tomoni terisini orqa yuzasini innervatsiya qiladi. Qo‘l panjasining kaft yuzasiga tirsak nervi (r. palmaris n. ulnaris) bo‘lib davom etadi. Bu shox bukuvchi pay tutqich ostidan o‘tganidan keyin yuza (r.superficialis) va chuqur (r.profundus) shoxlarga bo‘linadi. Uning yuza shoxi kaftning kalta mushagini va V hamda IV barmoqning medial yuzasi terisini r. palmaris proprius bo‘lib innervatsiya qiladi. Tirsak nervining chuqur shoxi (jimjiloqni bukuvchi kalta, jimjiloqni boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qo‘yuvchi va jimjiloqni uzoqlashtiruvchi) mushaklarni, bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi mushakni, bosh barmoqni bukuvchi kalta mushakni chuqur boshini, 3-4 chuvalchangsimon mushaklarni, hamda kaft bo‘g‘imlarini innervatsiya qiladi.
2.Yelkaning medial teri nervi (n. cutaneus brachii medialis) medial dastadan boshlanib, yelka arteriyasi bilan birga yo‘naladi. U 2-3 shox bo‘lib yelka fastsiyasini teshib o‘tadi va yelkaning medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Qo‘ltiq osti chuqurchasi asosida uning shoxlari II qovurg‘alararo nervning teri shoxlari bilan qo‘shilib qovurg‘aaro-yelka nervini (n. intercostobrachialis) hosil qiladi.
3

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling