Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)
Download 0.54 Mb.
|
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- (radix spinalis)
- 147-rasm. Qo‘shimcha nervning chizmasi.
- Til osti nervi XII juft, til osti nervi (n. hypoglosus)
- (r. linguales)
Qo‘shimcha nerv
XI juft, qo‘shimcha nerv (n. accessorius) - harakatlantiruvchi (147-rasm) nerv. Uni ikkita o‘zagi bo‘lib, bittasi uzunchoq miya sohasida, ikkinchisi orqa miyada joylashgan. Uzunchoq miyadan nerv bosh miya ildizi, orqa miyadan esa orqa miya ildizini hosil qilib chiqadi. Orqa miya ildizi (radix spinalis) yuqoriga ko‘tarilib katta teshik orqali kalla ichiga kiradi va bosh ildizi (radix cranialis) bilan qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan qo‘shimcha nerv ikki shoxga bo‘linadi. Ichki shox (r. internus) adashgan nervga qo‘shiladi. Tashqi shox (r. externus) bo‘yinturuq teshigi orqali tashqariga chiqadi. Teshikdan chiqqanidan so‘ng nerv orqa tomonga yo‘nalib trapetsiyasimon va to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushaklarni innervatsiya qiladi. 147-rasm. Qo‘shimcha nervning chizmasi. 1-bosh miya o‘zagi; 2-orqa miya o‘zagi; 3-foramen magnum; 4-orqa miya; 5-radices spinales; 6-radices craniales; 7-foramen jugulare; 8-r.externus; 9-r.internus; 10-to‘sh-o‘mrov- so‘rg‘ichsimon mushak shoxi; 11-trapetsiyasimon mushak shoxi. Til osti nervi XII juft, til osti nervi (n. hypoglosus) harakatlantiruvchi nerv. Uning bitta harakatlantiruvchi o‘zagi uzunchoq miyada joylashgan. Nerv uzunchoq miyadan piramida bilan olivaning o‘rtasidan chiqadi. Kalla bo‘shlig’idan o‘z nomidagi kanal orqali chiqib, ravoq hosil qilib oldinga va yuqoriga tilga qarab yo‘naladi. Til ichida til shoxlariga (r. linguales) bo‘linib, til mushaklarini innervatsiya qiladi. Til osti nervidan chiquvchi radix superior bo‘yin chigalining pastki shoxi bilan qo‘shilib, bo‘yin sirtmog‘ini hosil qiladi. Uning shoxlari til osti suyagidan pastda joylashgan mushaklarni innervatsiya qiladi. Vegetativ nerv tizimi Vegetativ nerv tizimi organizmning o‘sishda ishtirok etadigan a’zolar faoliyatini boshqaradi. U a’zolar faoliyatini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, natijada a’zolarning tonusi o‘zgaradi. Vegetativ nerv tizimi ikki: markaziy va periferik qismlarga bo‘linadi. Uning markaziy qismi bosh va orqa miyaning ayrim sohalarida joylashgan to‘rt qismdan iborat: 1.Mezensefal qism - o‘rta miyada, ko‘zni harakatlantiruvchi nervning qo‘shimcha (Yakubovich) o‘zagi. 2.Bulbar qism - uzunchoq miyada va ko‘prikda joylashgan VII, IX, X juft bosh miya nervlarining vegetativ o‘zaklari. 3.Torokolyumbal qism - orqa miyani CVIII -ThI –LIII segmentlarining oraliq lateral ustunlaridagi vegetativ o‘zaklar. 4.Sakral qism - orqa miyaning SII-IV segmentlari sohasida joylashgan oraliq medial o‘zaklar. Bu markazlardan mezensefal, bulbar va sakral qismlari parasimpatik nerv tizimiga taalluqli. Bu vegetativ markazlar o‘z navbatida oliy vegetativ markazlar ta’siri ostida bo‘ladi. Bu markazlar bosh miyaning quyidagi qismlarida joylashgan. 1.Ortqi miyada - IV qorinchaning tubida qon tomirlar harakati markazi. 2.Miyachada - qon tomirlar harakati refleksi, teri trofikasi, yaralarni bitish tezligi markazlari. 3.O‘rta miyaning kulrang moddasida, silviy suv yo‘li atrofida. 4.Oraliq miyada-gipotalamusda. Gipotalamus bosh miyaning qadimiy qismlaridan bo‘lib, vegetativ faoliyatlarni boshqarishda katta ahamiyatga ega. Bu soha barcha o‘simlik hayoti a’zolarining faoliyatini boshqaradi va ularni bir-biri bilan bog‘lab turadi. 5.Oxirgi miya - targ‘il tanada issiqlik va uglevod almashinuvini boshqaruvchi markazlar joylashgan. Vegetativ nerv tizimining periferik qismi tarkibiga: 1.Vegetativ nervlar, ularning shoxlari va tolalari. Vegetativ tolalar tugun oldi (pregaglionar) va tugun orqa (postganglionar) tolalarga bo’‘linadi. Tugun oldi tolalar markazdan to vegetativ tugungacha borsa, tugun orqa tolalar tugundan to a’zolargacha boradi. 2.Vegetativ nerv tugunlari joylashishiga qarab: a).Paravertebral tugunlar - umurtqa pog‘onasining yon tomonida joylashadi. b).Prevertebral tugunlar - umurtqa pog‘onasining old tomonida joylashadi. Bu ikki guruh tugunlar simpatik nerv tizimiga taalluqli. d).Intramural tugunlar - ichki a’zolar devorida joylashadi. Ular mushak pardada (harakatlantiruvchi, Aurbax), shilliq osti (sezuvchi, Meysner) va seroz osti asosda (sezuvchi, Vorobev) joylashgan tugunlariga bo‘linadi. e).Oxirgi yoki a’zolar yaqinida (uch shoxlik nerv yo‘nalishida) joylashgan tugunlar. Bu ikki guruh tugunlar parasimpatik nerv tizimiga taalluqli. 3.Vegetativ nerv chigallari bo‘shliqlarda qon tomirlar va a’zolar atrofida joylashadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling