Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)
Download 0.54 Mb.
|
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- (sinus venosus sclerae)
- (chorioidea)
- - orbiculus ciliaris
- (m. ciliaris)
- (camera anterior bulbi)
- (m. spincter pupillae)
- (stratum pigmentosum)
- (ora serrata)
(facies anterior) va orqa yuza (facies posterior) tafovut qilinadi. Uning oqliq pardaga qaragan chekkasi limbus corneae deyiladi.
Oqliq parda (sclera) pishiq tolali biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Uning orqa tomonida ko‘ruv nervi tolalari chiqadigan teshiklar bor. Oqliq parda bilan shox parda chegarasida vena qoni bilan to‘lgan tor aylanma kanal vena sinusi (sinus venosus sclerae) (shlem kanali) bor. O‘rta tomirli parda (tunica vasculosa bulbi) qon tomirlarga va pigmentga boy. U bevosita oqliq parda ostida joylashib, ko‘ruv nervi chiqadigan sohada unga birikib ketadi. Tomirli parda uch qismdan: xususiy tomirli parda, kiprikli tana va rangdor pardadan iborat. Xususiy tomirli parda (chorioidea) orqa katta sohani tashkil qiladi. U bilan oqliq parda o‘rtasida bo‘shliq (spatium perichorioidale) bor. Kiprikli tana (corpus ciliare) tomirli pardaning qalinlashgan qismi bo‘lib, shox pardani skleraga o‘tish sohasida aylana shaklida joylashgan. Uning orqa qismi kiprikli aylana - orbiculus ciliaris xususiy tomirli pardaga o‘tib ketadi. Kiprikli tananing oldingi qismi 70 yaqin radiar yo‘nalgan uzunligi 3 mm bo‘lgan kiprikli o‘simtaalar (processus ciliarås) hosil qiladi. Kiprikli tana ichida tolalari meridonial, radiar, bo‘ylama va aylanma yo‘nalishdagi silliq mushak tolalaridan iborat kiprikli mushak (m. ciliaris) joylashgan. Bu mushak qisqarganida ko‘zni akkomodatsiya (accomodatio oculi) qiladi. Rangdor parda (iris) tomirli pardani oldingi qismi. U qalinligi 0,4 mm bo‘lgan aylana shakliga ega bo‘lib, o‘rtasida ko‘z qorachig‘i (pupilla) bor. Rangdor pardaning tashqi qorachiqqa (margo pupillaris) va kiprikli tanaga qaragan (margo cilliaris) chekkalari bor. Rangdor pardani oldingi yuzasi (facies anterior) shox pardaga qaragan bo‘lib undan ko‘z olmasining oldingi kamerasi (camera anterior bulbi) bilan ajrab turadi. Uning orqa yuzasi (facies posterior) esa ko‘z gavhariga qaragan, undan ko‘z olmasining orqa kamerasi (camera posterior bulbi) bilan ajralgan. Rangdor pardada pigment bo‘lib, ko‘zning rangi uning miqdoriga bog‘liq, agar pigment ko‘p bo‘lsa rangi qoramtir, kamroq bo’lsa zangori, pigment bo‘lmasa qizil rangda bo‘ladi. Rangdor parda ichida qorachiq atrofini halqa shaklida o‘ragan, qorachiqni toraytiruvchi (m. spincter pupillae) va radiar joylashgan qorachiqni kengaytiruvchi mushak (m. dilatator pupillae) bor. Rangdor parda bilan shox parda orasidagi burchakda bo‘shliq (spatia angula iridocornealis) bor. Ichki to‘r parda (retina) tomirli pardani ichki tomoniga ko‘ruv nervi chiqadigan joydan to qorachiq chekkasigacha yopishib turadi. To‘r pardada tashqi pigmentli qavat (stratum pigmentosum) va ichki murakkab tuzilgan nur sezuvchi qavat (stratum nevrosum) tafovut qilinadi. Nur sezish faoliyatiga qarab orqa katta nur sezuvchi hujayralar (tayoqchalar va kolbachalar) joylashgan ko‘ruv qismi (pars optica retinae) va oldingi kichik ko‘ruv hujayralari bo‘lmagan ko‘r qismiga (pars caeca retinae) bo‘linadi. Bu qismlarning bir-biriga o‘tish joyi xususiy tomirli pardani kiprikli tanaga o‘tish sohasiga (ora serrata) to‘g‘ri keladi. To‘r pardaning orqa qismiga ko‘z olmasining tubiga oftalmoskop bilan qaraganda (149-rasm) ko‘ruv nervi diski (discus Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling