Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)
-расм.Ko‘z tubini oftalmos-konda ko‘rinishi
Download 0.54 Mb.
|
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- (macula lutea)
- Ko‘zning nur sindiruvchi apparati Ko‘zning nur sindiruvchi apparati tarkibiga shox parda, ko‘z gavhari va shishasimon tana kiradi. Ko‘z gavhari (lens)
- (corpus vitreum)
- (humor aquosus)
- Ko‘zning yordamchi apparati
- (annulus tendineus communis)
- (vagina bulbi)
- (palpebra superior et inferior)
- (tunica conjunctiva)
- (commissura medialis palpebrarum)
- (tunica conjunctiva bulbi)
- (saccus conjunctivae)
- (papilla lacrimalis)
- (pars orbitalis)
- (canaliculi lacrimalis)
149-расм.Ko‘z tubini oftalmos-konda ko‘rinishi.1-ko'ruv nervi ; 2-macula; 3-тo’r parda qon tomirlari. nervi optici), uning markazda esa to‘r pardaga kirayotgan to‘r pardaning markaziy arteriyasi (a. centralis retinae) ko‘rinadi. Ko‘ruv nervi diskidan tashqiroqda orqa qutb sohasida sariq dog‘ (macula lutea) va uning markaziy chuqurchasi (fovea centralis) ko‘rinadi. Markaziy chuqurchada faqat kolbachalar to‘plangan bo‘lib, eng yaxshi ko‘rish sohasi hisoblanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda ko‘z olmasi nisbatan katta bo‘lib, bo‘ylama o‘lchami 17,5mm , ko‘ndalang o‘lchami esa 16,7 mm bo‘ladi. U bola hayotining birinchi yilida tez o‘sadi. Ko‘z o‘lchamlari hayot davomida 50% o‘ssa, og‘irligi 5 yoshda 70%, 20-25 yoshda esa 3 marta kattalashadi. Shox parda yangi tug‘ilgan chaqaloqda nisbatan keng va yassi bo‘lib, egriligi hayot davomida o‘zgarmaydi. U oqliq pardadan aniq ajralgan. Oqliq parda yangi tug‘ilgan chaqaloqda yupqa bo‘lib, undan tomirli parda havo rang soya berib ko‘rinib turadi. Tomirli pardada rangli modda kam bo‘lib, yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘zi kulrang yoki zangori rangda bo‘ladi. Doimiy rang 2 yoshlarda paydo bo‘ladi. Qorachiq mushaklari yaxshi taraqqiy etmagani uchun u tor (1,5-2 mm) bo‘ladi. Bola 5-6 yoshlarga to‘lganida qorachiq kengayadi, keyinchalik esa toraya boradi. Kiprikli tana yangi tug‘ilgan chaqaloqda kam taraqqiy etgan bo‘ladi. Unda biriktiruvchi to‘qima kam bo‘lib, o‘simtalari ingichka. Kiprikli mushak yupqa va qisqa bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda to‘r parda nisbatan yupqa va pigment hujayralari kam. Unda to‘r pardaning markaziy chuqurchasidan tashqari qismlari rivojlanishi tugallanmagan bo‘lib, markaziy chuqurcha taraqqiyoti bola hayotining 6 oylarida tugaydi. Ko‘zning nur sindiruvchi apparati Ko‘zning nur sindiruvchi apparati tarkibiga shox parda, ko‘z gavhari va shishasimon tana kiradi. Ko‘z gavhari (lens) ikki tomoni qavariq linzaga o‘xshaydi va kuchli nur sindirish qobiliyatiga ega. Uning oldingi yuzasi (facies anterior) va oldingi qutbi (polus anterior) ko‘z olmasining orqa kamerasiga qaragan. Orqa yuzasi (facies posterior) qabariqroq bo‘lib, orqa qutb (polus posterior) bilan shishasimon tanaga tegib turadi. Gavharning qutblarini qo‘shib turuvchi uzunligi 4 mm bo‘lgan shartli chiziq gavhar o‘qi (axis lentis), uning oldingi va orqa yuzalari qo‘shilgan chekkasi gavhar ekvatori (equator lentis) deyiladi. Gavhar moddasi rangsiz, qattiq, qon tomir va nervlari bo‘lmaydi. Uning xususiy to‘qimasi substantia lentis deyiladi. Gavharning ichki qismi -gavhar o‘zagi (nucleus lentis), periferik - po‘stloq qismiga (cortex låntis) nisbatan qattiq. Ko‘z gavhari tashqi tomondan tiniq, elastik xalta (capsula lentis) bilan qoplangan bo‘lib, gavharning oldingi va orqa yuzalaridan boshlanuvchi sinnon boylamlari vositasida kiprikli tanaga birikadi. Gavharning kiprikli tana bilan birikish qirrasiga zonulla ciliaris deyiladi. Kiprikli mushak qisqarganida xususiy tomirli parda oldinga suriladi va kiprikli tana gavharning ekvatoriga yaqinlashadi, tsinnon boylami bo ‘shashib, gavharning oldingi-orqa o‘lchami kattalashadi. Uning qavariqligi oshib, nur sindirish qobiliyati ortadi. Kiprikli mushak bo‘shashganida kiprikli tana gavhar ekvatoridan uzoqlashadi, sinnon boylami taranglashib, gavhar yassilashadi va uning nur sindirish qobiliyati kamayadi. Shishasimon tana (corpus vitreum) gavharning orqa tomonida joylashadi. U tiniq, qon tomirlar va nervlari yo‘q quyuq massadan iborat. Tahsqi tomondan tiniq parda (membrana vitrea) o‘ralib, asosiy modda (stroma vitreum) va tiniq suyuqlikdan (humor vitreus) iborat. Ko‘z gavhari botib turgan joyda chuqurcha (fossa hyoloidea) bor. Uning nur sindirish qobiliyati ko‘z olmasi kameralari suyuqligi ko‘rsatkichiga yaqin. Ko‘z olmasida shox parda bilan rangdor parda o‘rtasida ko‘z olmasining oldingi, rangdor parda bilan gavhar o‘rtasida ko‘z olmasining orqa kameralari mavjud bo‘lib, ularda joylashgan kamera suyuqligi (humor aquosus) ham nur sindiruvchi apparat tarkibiga kiradi. Shox va rangdor pardalarni o‘zaro birikkan joyda oldingi kamera taroqsimon boylam (lig.pectinatum iridis) bilan chegaralangan. Uning tolalari orasida yassi hujayralar bilan chegaralangan (fontanov) bo‘shliq (spatia anguli iridocorneales) bo‘lib, u orqali suyuqlik oldingi kameradan shlem kanaliga, u yerdan oldingi kiprikli venalarga oqadi. Oldingi va orqa kameralar o‘zaro qorachiq teshigi orqali qo‘shiladi. Orqa kamera kiprikli belbog‘ (sinnon boylami) tolalari orasidagi petit kanali bilan qo’shilgan. Bu bo‘shliq (spatia zonularia) ko‘z gavhari atrofida halqa shaklida yotadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq ko‘z gavhari shar shaklida bo‘lib, uning oldingi va orqa egriliklarining qalinligi bir xil bo‘lib, elastik bo‘lmay, qattiq o‘zagi bo‘lmaydi. Gavhar xaltasi va sinnon boylami yupqa bo‘ladi. Ko‘z gavhari bola hayotining birinchi yilida tez o‘sadi. Ko‘z olmasi va uning hosil qiluvchi qismlari bola hayotining birinchi yilida tez o‘sib, keyin sekinlashadi. Ko‘zning yordamchi apparati Ko‘zning yordamchi apparatiga ko‘z olmasi mushaklari, qovoqlar, kon‘yunktiva, ko‘z yoshi apparati kiradi. 150-rasm. Ko‘z olmasi mushaklarining birikishi. 1 - m. rectus superior; 2 - m. obliquus superior; 3 - m. rectus medialis; 4 - m. rectus inferior; 5 - m. obliquus inferior; 6 - m. rectus lateralis; Ko‘z olmasining harakati (150-rasm) to‘rtta to‘g‘ri va ikkita qiyshiq mushaklar vositasida bajariladi. Ular ko‘ndalang targ‘il mushaklar turkumiga kirib, beshtasi (pastki qiyshiq mushakdan boshqa) ko‘z kosasi tubida, ko‘ruv kanali atrofidagi suyak va suyak pardaga mustahkamlangan umumiy pay halqadan (annulus tendineus communis) boshlanadi. Bu umumiy pay halqadan ustki qovoqni ko‘taruvchi mushak (m.levator palpebrae superioris) ham boshlanadi. Ko‘z olmasining yuqorigi, pastki, tashqi va ichki to‘g‘ri mushaklari (m. recti superior, inferior, lateralis et medialis) ko‘z kosasi devorlari bo‘ylab yo‘naladi va qisqa pay vositasida shox pardaning chekkasidan 5-8 mm orqaroqda skleraga birikadi. Ko‘z olmasining to‘g‘ri mushaklari qisqarganida ko‘z olmasini o‘z tomoniga tortadi va qorachiqni o‘sha tomonga qaratadi. Ustki qiyshiq mushak (m. obliquus superior) ustki va ichki to‘g‘ri mushaklar o‘rtasida yo‘nalib, ingichka pay bilan g‘altak ustidan aylanib o‘tib, ko‘z olmasining ustki tashqi yuzasiga ekvatorning orqasiga birikadi. Pastki qiyshiq mushsak (m. obliquus inferior) ustki jag‘ suyagining ko‘z kosasi yuzasidan burun - ko‘zyoshi kanali teshigi yonidan boshlanadi. U ko‘z olmasining ostki to‘g‘ri mushagi o‘rtasidan yuqoriga va orqaga qiyshiq yo‘nalib ko‘z olmasini tashqi yuzasiga ekvatorning orqasida birikadi. Ustki qiyshiq mushak ko‘z olmasini va qorachiqni pastga va tashqi tomonga bursa, pastki mushak yuqoriga va tashqi tomonga buradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda ko‘z olmasi mushaklari pay qismidan tashqari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun ularda ko‘zning harakati bo‘lib, ammo ularning muvofiqlashgan harakati bola 2 oylik bo‘lganida boshlanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda fiziologik qiyshiq ko‘zlik bo‘lib, birinchi oyning oxirida o‘tib ketadi. Ko‘z kosasi ichki tomondan suyak parda (periorbita) bilan qoplangan. U ko‘ruv nervi kanali va ko‘z kosasining ustki yorig‘i sohasida bosh miyaning qittiq pardasiga birikkan. Ko‘z olmasini tashqi tomondan sklera bilan bo‘sh birikkan ko‘z olmasi qini (vagina bulbi) yoki tenon xaltasi o‘ragan. Sklera bilan tenon xaltasi o‘rtasida episkleral bo‘shliq (spatium episclerale) bor. Ko‘z olmasining qini bilan ko‘z kosasini qoplagan suyak parda o‘rtasidagi bo‘shliq ko‘z kosasining yog‘ tanachasi (corpus adiposum orbitae) bilan to‘lib turadi. Bu tanacha ko‘z olmasi uchun elastik yostiq vazifasini bajaradi. Yangi tug‘ilgan va emizikli bolalarda ko‘z olmasi qini yupqa, ko‘z kosasining yog‘ tanachasi kam taraqqiy etgan bo‘ladi. Ustki va pastki qovoqlar (palpebra superior et inferior) ko‘z olmasini old tomondan qoplab turgan teri burmalaridir. Ular yopilgan vaqtda ko‘z olmasini himoya qiladi. Ustki qovoqni peshona bilan chegarasida ko‘ndalang bolish shaklidagi tuklar bilan qoplangan qosh (supercilum) joylashgan. Qovoqlarning oldingi yuzasi (facies anterior palpebrae) qavariq bo‘lib, terisi yupqa va nozik. Ko‘z olmasiga qaragan orqa yuzasi (facies posterior palpebrae) botiq bo‘lib, kon‘yunktiva (tunica conjunctiva) bilan qoplangan. Ularning oldingi chekkasida 2-3 qator kipriklar (cilia) joylashadi. Orqa chekkasiga yaqin joyda meybomiy bezlarining teshiklari ochiladi. Ustki va pastki qovoqlarning ichida zichligi tog‘aynikiga o‘xshagan biriktiruvchi to‘qimali qatlam ustki va pastki qovoqlar tog‘ayi (tarsus superior et inferior), ko‘z kosasining aylanma mushagi, qon tomirlar va yuqori qovoqni ko‘taruvchi mushak tutamlari yotadi. Ustki va pastki qovoqlarning chekkalari ko‘ndalang ko‘z tirqishini (rima palpebrarum) chegaralaydi. Ular ichki va tashqi tomonda birikib, qovoqlarning ichki (commissura medialis palpebrarum) va tashqi bitishmasini (commissura lateralis palpebrarum) hosil qiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning qovoq tog‘aylari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Uning balandligi katta odamnikining yarmiga teng bo‘lib, 5 yoshda o‘zining doimiy o‘lchamini egallaydi. Qovoqning uzunligi esa 18-19 mm. Kipriklar ingichka va kattalarga nisbatan ko‘p. Bola tug‘ilganidan keyin uning qovoqlari yaxshi ochilib, yopilib turadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘z tirqishi tor, ichki burchagi buralgan bo‘ladi. Keyinchalik ko‘z tirqishi tez kattalashadi. Kon‘yunktiva (conjunctivae) och pushti rangli biriktiruvchi to‘qimadan iborat parda bo‘lib, unda qovoqlarning ichidan qoplovchi (tunica conjunctiva palpebrarum) va ko‘z olmasi kon‘yunktivasi (tunica conjunctiva bulbi) tafovut qilinadi. Ularning biridan biriga o‘tgan joyida botiqlik ustki va pastki kon‘yunktiva gumbazlari (fornix conjunctivae superior et inferior) hosil bo‘ladi. Ko‘z olmasining oldidagi kon‘yuktiva bilan chegaralangan bo‘shliq, kon‘yunktiva qopchasi (saccus conjunctivae) deb ataladi. U ko‘z yumilganida yopiladi. Ko‘zning tashqi burchagi (angulus oculi lateralis) o‘tkir, ichki burchagi (angulus oculi medialis) esa yumaloqroq. U ko‘zning ichki burchagidagi botiqlik ko‘zyoshi ko‘lini (lacus lacrimalis) chegaralab turadi. Shu yerda uncha katta bo‘lmagan tepalik ko‘zyoshi eti (caruncula lacrimalis) joylashgan. Ko‘zyoshi ko‘lidan tashqariroqda ustki va pastki qovoqlarning erkin chekkalarida ko‘zyoshi so‘rg‘ichi (papilla lacrimalis) bo‘lib, uning uchida ko‘zyoshi teshiklari (punctum lacrimale) joylashgan. Ko‘zyoshi apparati (apparatus lacrimalis) ko‘zyoshi bezi, uning kon‘yunktiva qopchasiga ochiladigan chiqaruv naychalari va ko‘zyoshi naylaridan iborat. Ko‘zyoshi bezi (glandula lacrimale) murakkab alveolyar naysimon bez tunkumiga kirib, ko‘z kosasi ustki devorining tashqi burchagida yotadi. Yuqorigi qovoqni ko‘taruvchi mushak payi bezni yuqorigi katta orbital qismi (pars orbitalis) va pastki kichik qovoq qismiga (pars palpebralis) bo‘ladi. Uning 15 ga yaqin chiqaruv naychalari (ductuli excretorii) kon‘yunktiva ustki gumbazining tashqi qismida kon‘yunktiva qopchasiga ochiladi. Ko‘zyoshi ko‘z olmasining oldingi qismini yuvib, qovoqlar chekkasi bo‘ylab ko‘zning ichki burchagiga ko‘z yoshi ko‘liga tomon oqadi. Undan ustki va pastki ko‘zyoshi naychalari (canaliculi lacrimalis) îðqali ko‘z yoshi qopchasiga (saccus lacrimalis) o‘tadi. Ko‘zyoshi qopchasi o‘z nomidagi chuqurchada yotib, burun - ko‘zyoshi nayi (ductus nasolac- rimalis) orqali pastki burun yo‘lining oldingi qismiga ochiladi.Ko‘zyoshi apparati bola tug‘ilgan davrda rivojlanmagan bo‘lib, ko‘zyoshi bola 2 oylik bo‘lganida chiqa boshlaydi. Bunga sabab bosh miya markazlarining yaxshi taraqqiy etmaganidir. Ko‘zyoshi bezi kichik, chiqaruv naylari teshigi tor, devori qalin va biriktiruvchi to‘qimasi ko‘p bo‘ladi. Burun-ko‘zyoshi nayi keng va qisqa. Ko‘ruv o‘tkazuv yo‘li (tractus opticus) ko‘ruv sezuvchi va ko‘ruv reflektor yo‘llarga bo‘linadi. Ko‘ruv sezuvchi yo‘l to‘rt neyrondan (151-rasm) iborat. Uning birinchi neyroni ko‘z olmasi to‘r pardasining tayoqchalar va kolbachalardan iborat. Ularda hosil bo‘lgan nerv impulsi to‘r pardadagi ko‘ruv sezuvchi yo’lning ikkinchi neyroni bipolyar hujayralarga, ulardan esa uchinchi neyronning ganglioz hujayralariga o‘tadi. Ganglioz hujayralarning o‘simtalari ko‘ruv nervini hosil qiladi. Hosil bo‘lgan ko‘ruv nervi o‘z nomidagi kanal orqali ko‘z kosasidan kalla bo‘shlig‘iga kiradi. Kalla bo‘shlig‘ida turk egarining oldingi chekkasida nerv tolalari qisman kesishib, ko‘ruv nervi Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling