Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)
-rаsm. Dumba sohasi nervlari
Download 0.54 Mb.
|
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- (rr.muscularis)
- 141-rаsm. Boldir nervlari
- (n. digitalis plantares proprius)
- (n. plantaris lateralis)
- (n. digitales plantares proprii)
- (n. cutaneus surae lateralis)
- (nn. clunium superiores et medii)
140-rаsm. Dumba sohasi nervlari
1-n.gluteus superior; 2-n.ischiadicus; 3-n.clunium inferior; 4-n.cutaneus femoris posterior; 5-n.gluteus inferior. 2.O‘tirg‘ich nervi (n. ischiadicus) odam tanasidagi eng katta nerv. Chanoq bo‘shlig‘idan nerv noksimon mushak osti teshigi orqali dumba sohasiga chiqadi va katta dumba mushagi ostida yotadi. Sonda o‘tirg‘ich nervi sonning ikki boshli mushagi bilan yarimpay mushak o‘rtasidagi egatda pastga yo‘naladi. Sonning pastki qismida (ba’zi hollarda yuqori qismida) o‘tirg‘ich nervi ikki shoxga: medial tomonda joylashgan kattaroq katta boldir nervi va lateral tomondagi ingichkaroq umumiy kichik boldir nerviga bo‘linadi. Sonda o‘tirg‘ich nervi ichki yopqich, egizak, sonning kvadrat, yarim pay, yarimparda, sonning ikki boshli mushagi uzun boshini va katta yaqinlashtiruvchi mushakning orqa qismini innervatsiya qiladi. Katta boldir nervi (n. tibialis) o‘tirg‘ich nervning bevosita davomi bo‘lib (141-rasm), taqim osti chuqurchasini o‘rtasida fassiya ostida yotadi. Taqim osti chuqurchasining pastki burchagida boldir mushagini lateral va medial boshi o‘rtasidan o‘tib, boldir-taqim osti kanalida pastga tomon yo‘naladi. Kanaldan chiqqach, medial to‘piq orqasida lateral va medial oyoq kafti nervlariga bo‘linadi. Katta boldir nervidan boldir sohasida boldirning orqa guruh mushaklariga (boldir, kambalasimon, orqa katta boldir, barmoqlarni bukuvchi uzun, bosh barmoqni bukuvchi uzun) mushak shoxlari (rr.muscularis), tizza bo‘g‘imiga va boldirning medial teri nervi chiqadi. Boldirning medial teri nervi (n. cutaneus surae medialis) boldirning orqa yuzasida kichik yashirin vena bilan birgalikda joylashib, boldirning pastki uchdan birida fassiyani teshib teri ostiga chiqadi. Bu sohada u lateral boldir nervi bilan qo‘shilib, boldir nervini (n. suralis) hosil qiladi. Boldir nervi lateral to‘piqning orqasidan o‘tib, oyoq panjasini tashqi chekkasi bo‘ylab yo‘naladi. Bu nerv oyoq panjasining tashqi chekkasi va kichik bormoqning yon tomoni terisini innervatsiya qiladi. M 141-rаsm. Boldir nervlari 1-n.ischiadicus; 2-n.tibialis; 3-n.peroneus communis; 4.n.cutaneus surae medialis; 5-n. cutaneus surae lateralis; 6-n.suralis. edial oyoq kafti nervi (n. plantaris medialis) medial oyoq kafti egatida o‘z nomidagi arteriya bilan yo‘nalib, kaft suyagi asosida oyoq panjasini ichki chekkasiga va bosh barmoq terisiga birinchi xususiy oyoq kafti nervini (n. digitalis plantares proprius) va uchta umumiy barmoq nervlarini (n. digitales plantares communis) beradi. Umumiy barmoq nervlari barmoq falangalari asosi sohasida ikkitadan xususiy kaft nervlariga (n. digitales plantares proprii) bo‘linib I-IV barmoqlarning bir-biriga qaragan yuzalari terisini innervatsiya qiladi. Medial oyoq kafti nervi bundan tashqari oyoq kafti mushaklaridan bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi va bukuvchi kalta mushak, barmoqlarni bukuvchi kalta, birinchi va ikkinchi chuvalchangsimon mushaklarni innervatsiya qiladi. Lateral oyoq kafti nervi (n. plantaris lateralis) lateral oyoq kafti egatida o‘z nomidagi arteriya bilan yotadi va IV kaft suyagi oralig‘ining proksimal uchida u chuqur va yuza shoxga bo‘linadi. Yuza shox (r. superficialis) V barmoq kaft tomoni tashqi yuzasi terisini innervatsiya qiluvchi n. digitales plantares proprii va umumiy barmoq nervi n.digitalis plantaris communis ga bo‘linadi. U esa oyoq kaftini IV-V barmoqlari terisini bir-biriga qaragan yuzasini innervatsiya qiluvchi (n. digitales plantares proprii) ga bo‘linadi. Chuqur shox (r. profundus) suyaklararo mushaklarni, 3 va 4 chuvalchangsimon mushakni, bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi mushakni, bosh barmoqni bukuvchi kalta mushakning lateral boshini, oyoq kaftining kvadrat mushagi va kichik barmoqni uzoqlashtiruvchi mushakni innervatsiya qiladi. Umumiy kichik boldir nervi (n. peroneus communis) o‘tirg‘ich nervidan ajragandan keyin, lateral tomonga yo‘nalib, kichik boldir suyagi boshchasini aylanib o‘tadi. U uzun kichik boldir mushagi ichida yuza va chuqur kichik boldir nerviga bo‘linadi. Bo‘linishdan oldin taqim osti chuqurchasida umumiy kichik boldir nervidan boldirning lateral tomoni terisini innervatsiya qiluvchi boldirning lateral teri nervi (n. cutaneus surae lateralis) chiqadi. Bundan tashqari umumiy kichik boldir nervi sonda sonning ikki boshli mushagini kalta boshini va tizza bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. Yuza kichik boldir nervi (n. peroneus superficialis) pastga yo‘nalib mushak-kichik boldir kanalida yotadi. Kanaldan o‘tayotganida u uzun va kalta kichik boldir mushaklariga shox beradi. Boldirning pastki qismida nerv kanaldan chiqib fassiyani teshib o‘tadi va ikki shoxga bo‘linadi. Birinchi shoxi n. cutaneus dorsalis medialis oyoq panjasi va bosh barmoqning ichki chekkasi terisini, hamda II-III barmoqlarning bir-biriga qaragan yuzalari terisini innervatsiya qiladi. Ikkinchi shoxi - n. cutaneus dorsalis intermedius oyoq kaftining ustki lateral yuzasi bo‘ylab tushadi va n.digitalis dorsalis pedis larga bo‘linib, III, IV va V barmoqlarning bir-biriga qaragan yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Chuqur kichik boldir nervi (n. peroneus profundus) suyaklararo pardaning oldingi yuzasi bo‘ylab oldingi katta boldir arteriyasi bilan birga oyoq kafti ustiga chiqadi. Birinchi kaft oralig‘ining distal uchida ikki (nn.digitalis dorsalis) ga bo‘linib I va II barmoqlarning bir-biriga qaragan yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Chuqur kichik boldir nervining mushak shoxlari oldingi katta boldir, barmoqlarni yozuvchi uzun, bosh barmoqni yozuvchi uzun, barmoqlarni yozuvchi kalta va bosh barmoqni yozuvchi kalta mushaklarni, hamda boldir-tovon bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. Oyoq terisini innervatsiya qilishda bel va dumg‘aza chigalining shoxlari ishtirok etadi. Dumba sohasi terisini bel va dumg‘aza orqa miya nervlarining orqa shoxlarining lateral teri tarmoqlari bo‘lgan ustki va o‘rta dumba nervlari (nn. clunium superiores et medii) innervatsiya qiladi. Son sohasi terisini tanosil-son, yopqich, son, sonning orqa teri nervi shoxlari innervatsiya qiladi. Boldir terisini son, katta boldir, umumiy kichik boldir nervi shoxlari innervatsiya qiladi. Oyoq panjasining ust tomonini yuza va chuqur kichik boldir nervi shoxlari, oyoq kafti terisini esa medial va lateral kaft nervlari shoxlari innervatsiya qiladi. Pereferik nervlarning tarqalish qonuniyatlari 1.Nervlar markaziy nerv tizimi joylashgan o‘rta chiziqdan yon tomonga qarab tarqaladi. 2.Tananing tuzilishi ikki tomonlama simmetriyaga asoslangani uchun nervlar juft bo‘lib simmetrik yo‘naladi. 3.Tananing metamer tuzilishiga mos ravishda nervlar segmentar tuzilishni saqlaydi. 4.Nervlar miyadan chiqqan joydan a’zogacha qisqa yo‘l bilan boradi. Agar a’zo o‘zining hosil bo‘lgan joydan surilsa, nerv ham uning ketidan yo‘naladi (n. phrenicus). 5.Mushaklar nervl orqa miyaning shu miotomlariga mos segmentlardan chiqadi. 6.Agar mushak bir nechta miotomdan hosil bo‘lsa, bir nechta nerv bilan innervatsiya qilinadi (qorinning keng mushaklarini qovurg‘alararo nervlar va bel chigali shoxlari innervatsiya qiladi). 7.Yuza (teri) nervlar teri osti venalari bilan, chuqur nervlar esa arteriya, vena va limfa tomirlari bilan tomirli-nervli dastalar hosil qiladi. 8.Tomirli-nervli dastalar tarkibidagi nervlar bukiluvchi yuzalarda yotadi. Bosh miya nervlariBosh miya nervlari (nn craniales) bosh miya asosidan chiquvchi 12 juft nervdan iborat. Ular quyidagilar: I juft - hidlov nervi - nervus olfactorius II juft - ko‘ruv nervi – nervus opticus III juft - ko‘zni harakatlantiruvchi nerv - nervus oculomatorius IV juft - g‘altak nervi - nervus trochlearis V juft -uch shoxlik nerv - nervus trigeminus VI juft - uzoqlashtiruvchi nerv - nervus abducens VII juft - yuz nervi - nervus facialis VIII juft - dahliz-chig‘anoq nervi - nervus vestibulo-cochlearis Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling