Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)


-rasm. Miyacha o‘zаklari. Gorizontal kesma


Download 0.54 Mb.
bet8/39
Sana28.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1011476
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4

125-rasm. Miyacha o‘zаklari. Gorizontal kesma.

1-nucl.fastigi; 2-nucl. globosus; 3-nucl. emboliformis; 4- nucl. dentatus;


.

Miyacha miyaning boshqa qismlari bilan uch juft oyoqchalari vositasida birikadi. Miyacha oyoqchalari o‘tkazuv yo’llar tolalaridan iborat. Miyachaning pastki oyoqchasi (pedunculi cerebellaris inferior) pastga tomon yo‘nalib, miyachani uzunchoq miya bilan qo‘shadi. Uning tarkibida orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi orqa yo‘l (tractus spino-cerebellaris posterior) tolalari joylashadi. Miyachaning o‘rta oyoqchasi juda qalin bo‘lib, ko‘prikka o‘tib ketadi. Uning tarkibida ko‘prik-miyacha yo‘li (tractus ponto-cerebellaris) tolalari joylashadi. Miyachaning ustki oyoqchalari (pedunculi cerebellaris superiores) uni o‘rta miya bilan qo‘shib turadi. Uning tarkibida orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi oldingi yo‘l (tractus spino-cerebellaris anterior) tolalari joylashadi.


Miyacha oq va kulrang moddadan iborat (125-rasm). Uning kulrang moddasi tashqi tomonida po‘stloqni (cortex cerebelli) hosil qilsa, oq moddaning ichida to‘rt juft miyacha o‘zaklarini hosil qiladi. Miyacha po‘stlog‘i ancha sodda tuzilgan bo‘lib, uch qavat nerv hujayralaridan iborat: 1.Molekulyar qavat kam sonli mayda va savatsimon nerv hujayralaridan iborat. 2.Ganglionar qavat bir qator joylashgan Purkine hujayralaridan iborat. Ularning dendritlari kuchli shoxlangan bo‘lib, molekulyar qavatga yo‘naladi. Aksonlari esa donador qavatdan o‘tib oq moddaga tushadi. 3.Donador qavat mayda nerv hujayralaridan iborat bo‘lib, oq moddani yonida turadi. Miyacha o‘zaklaridan biri cho‘qqi o‘zagi (nucleus fastigi) chuvalchangning oq moddasida joylashgan. U tana mushaklari faoliyatini boshqaradi. Undan tashqariroqda joylashgan sharsimon o‘zak (nucleus globosus), po‘kaksimon o‘zak (nucleus emboliformis) va chuvalchang bo‘yin hamda tana mushaklari faoliyatini boshqaradi. Miyacha yarim sharlarining o‘rtasida joylashgan tishsimon o‘zak (nucleus dentatus) va miyacha yarimsharlari po‘stlog‘i qo‘l hamda oyoq mushaklari faoliyatini boshqaradi.
Miyacha to‘rtinchi miya pufagining dorsal qismidan paydo bo‘ladi. U o‘ng va chap qanotsimon plastinkalardan hosil bo‘lgan juft kurtaklardan taraqqiy etadi. Bu kurtaklar asta-sekin o‘sib o‘rta chiziqda o‘zaro qo‘shiladi va chuvalchangni hosil qiladi. Uning yon tomonida esa miyacha yarimsharlari paydo bo‘ladi. Homila hayotining 4-5 oylarida miyacha yuzasida pushtalar va egatlar hosil bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda miyacha cho‘zinchoq va kichik bo‘lib, kattalarga nisbatan yuqori joylashgan bo‘ladi. Uning og‘irligi 20-23g bo‘ladi. Ularda miyacha egatlari chuqur bo‘lib, hayot daraxti yaxshi ko‘rinmaydi. Chuvalchang yarimsharlarga nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Bola hayotining birinchi yilida miyacha tez o‘sadi. Uning og‘irligi 6 oyda 3 marta, bir yoshda esa 4 marta kattalashadi. Bola 6 yoshga to‘lgunicha miyacha og‘irligi o‘g‘il bolalarda 142-150 g, qiz bolalarda esa 135 g bo‘ladi. Bolaning yoshi kattalashgani sari miyachaning oq moddasi kulrang moddaga nisbatan tez ko‘payadi. Homila davrida va bir yoshgacha bo‘lgan bolada miyacha o‘zaklari yaxshi taraqqiy etib, bir yoshdan keyin nerv tolalari tez o‘sadi. Miyachaning tishsimon o‘zagi bir yoshgacha o‘ng tomonda katta bo‘lsa, keyingi davrlarda chap o‘zak tez o‘sib, hajm jihatidan kattalashadi.
Miyacha oyoqchalarining o‘sishi ham bir xil emas. Miyachaning pastki oyoqchasi bola hayotining birinchi yilida tez o‘sadi. Keyingi davrlarda uning o‘sishi sekinlashib, 7 yoshda kattalarnikiga o‘xshash bo‘ladi. Miyachaning o‘rta oyoqchasining kengligi yangi tug‘ilgan chaqaloqda 5,7 mm bo‘lsa, emizikli davrda tez o‘sib 2 yoshda 10 mm bo‘ladi. Kattalarda esa 13,9 mm. Miyachaning ustki oyoqchasining o‘sishi 7-9 yoshgacha davom etadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling