Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)


Download 0.54 Mb.
bet9/39
Sana28.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1011476
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4

To‘rtinchi qorincha
To‘rtinchi qorincha (ventriculus quartus) rombsimon miya pufagining hosilasidir. Uning devorlari hosil bo‘lishida uzunchoq miya, ko‘prik, miyacha va rombsimon miya siqig‘i ishtirok etadi. To‘rtinchi qorincha shakl jihatidan chodir (palatka) ko‘rinishiga ega. Uning tubini uzinchoq miya va ko‘prikni orqa yuzasi hosil qilib ko‘rinishi rombga o‘xshaydi. Shuning uchun uni rombsimon chuqurcha deb ataladi. Bu yuzada uzunchoq miya bilan ko‘prik o‘rtasida ko‘ndalang yo‘nalgan miya hoshiyalari (stria medullaris) joylashgan.
To‘rtinchi qorinchaning tomi (tegmen ventriculi quarti) rombsimon chuqurcha ustida cho‘qqi shaklida joylashadi. Uning oldingi yuqori devorini miyachaning ustki oyoqchalari va ular o‘rtasida tortilgan miyaning ustki yelkani (velum medulare superius) hosil qiladi. To‘rtinchi qorinchaning orqa devorini esa miyaning pastki yelkani (velum medullare inferius) hosil qladi. Unga ichki tomondan IV qorinchaning tomirli asosi (tela choroidea ventriculi guarti) tegib turadi. Tomirli asos IV qrinchaning tomirli to‘rni hosil qladi.
Rombsimon chuqrchaning (fossa rhomboidea) yuqri tomonlarini miyachaning ustki oyoqhalari, pastki tomonlarini esa miyachaning pastki oyoqhalari hosil qladi. Uning pastki burchagida joylashgan toq o‘rta apertura (apertura mediana ventriculi quarti) (Majandi teshigi) orqa miyaning markaziy kanaliga qo‘shib turadi. Yuqori burchagidagi teshik orqali miya suv yo‘li vositasida III qorinchaga qo‘shiladi. Rombsimon chuqrchaning yon burchaklari tashqi cho‘ntaklar (recussus lateralis) hosil qiladi. Undagi juft tashqi apertura (apertura laterelis) esa bosh miyani to‘r parda osti bo‘shlig‘iga qo‘shib turadi. Rombsimon chuqurchaning o‘rtasida ustki burchakdan pastki burchakkacha o‘rta egat (sulcus medianus) joylashadi, uning yon tomonlarida juft medial tepalik (eminentia medialis) joylashib, tashqi tomonidan chegaralovchi egat (sulcus limitans) bilan ajrab turadi. Rombsimon chuqurchaning pastki qismida medial tepalik torayib, til osti nervi uchburchagiga (trigonum nervi hypoglossi) o‘tib ketadi. Undan chetroqda adashgan nerv uchburchagi (trigonum nervi vagi) joylashgan. Rombsimon chuqurchaning pastki qismida havorang soha (locus caeruleus) va kulrang tasma (taenia cinera) pastki burchagida esa yopqich (obex) ko‘rinadi. Medial tepachaning yuqori ko‘prik qismida yuz tepaligi (colliculus facialis) bor. Rombsimon chuqurchaning yon burchaklari sohasida dahliz-chig‘anoq nervi o‘zaklari yotadigan vestibulyar maydon (area vestibularis) joylashgan. Vestibulyar maydondan o‘rta egatga qarab yo‘nalgan miya hoshiyasi (stria medullaris ventriculi quarti) rombsimon chuqurchani yuqori va pastki uchburchaklarga ajratadi.
Rombsimon chuqurcha tubida bosh miya nervlarining o‘zaklari (126-rasm) joylashadi. Sezuvchi o‘zaklar rombsimon chuqurchada lateral, harakat o‘zaklari medial, vegatativ o‘zaklar esa ularning o‘rtasida joylashadi. Rombsimon chuqurchaning pastki uchburchagi sohasida, uzunchoq miyaning oq moddasi o‘rtasida IX-XII juft nervlarining o‘zaklari simmetrik joylashadi.
XII juft, til osti nervining (n. hypoglossus) bitta harakatlantiruvchi o‘zagi (nucleus n. hypoglossi) bo‘lib, til osti uchburchagi ichida joylashgan.
XI juft, qo‘shimcha nervning (n. accessorius) harakatlantiruvchi o‘zagi (nucleus nervi accessorii) rombsimon chuqurchada ikki yoqlama o‘zakdan tashqarida va pastroqda yotadi. Bu o‘zak orqa miyaga tomon davom etib, uning yuqorigi 5-6 segmentlari sohasida oldingi shoxlarga yaqin joylashadi.
X juft, adashgan nervning (n. vagus) uchta o‘zagi bor. I. Ikki yoqlama o‘zak (nucleus ambiguus) harakatlantiruvchi IX va X juft nervlar uchun umumiy bo‘lib, rombsimon chuqurchaning pastki bo‘lagini lateral qismida to‘r formatsiya ichida joylashgan. 2. Yakka tutam o‘zagi (nucleus solitarius) - sezuvchi o‘zak. 3. Parasimpatik o‘zak (nucleus dorsalis n. vagi) adashgan nerv uchburchagi sohasida joylashadi.
IX juft, til-yutqin nervining (n. glossopharyngeus) ham uchta o‘zagi bor. 1.Uning harakatlantiruvchi o‘zagi (nucleus ambiguus) IX-X nervlar uchun umumiy. 2.Yakka tutam o‘zagi (nucleus solitarius) -sezuvchi o‘zak. 3.Parasimpatik, pastki so‘lak ajratuvchi o‘zak (nucleus salivatorius inferior) uzunchoq miya olivasi bilan ikki yoqlama o‘zak o‘rtasida to‘r formatsiyada joylashgan.
Rombsimon chuqurchaning ustki uchburchagi sohasida, ko‘prikning oq moddasi o‘rtasida V-VIII juft bosh miya nervlarining o‘zaklari joylashadi.
VIII juft, dahliz-chig‘anoq nervi (n. vestibulocochlearis) o‘zaklari ikki guruhga bo‘linadi. Bu o‘zaklar vestibulyar maydoncha sohasida joylashadi. Ularning ikkitasi eshituv a’zosiga taaluqli. 1.Oldingi chig‘anoq o‘zagi (nucleus cochlearis ventralis). 2. Orqa chig‘anoq o‘zagi (nucleus cochlearis dorsalis). Bu o‘zaklarda spiral tugun neyronlarining o‘simtalari tugaydi.
Vestibulyar o‘zaklar to‘rtta: I. Medial vestibulyar o‘zak (nucleus vestibularis medialis) (Shvalbe o‘zagi). 2. Lateral vestibulyar o‘zak (nucleus vestibularis lateralis) (Deyters o‘zagi). 3.Ustki vestibulyar o‘zak (nucleus vestibularis superior) (Bexterev o‘zagi). 4. Pastki vestibulyar o‘zak (nucleus vestibularis inferior) (Roller o‘zagi). Bu o‘zaklar parda labirintning muvozanat sohalaridan keluvchi impulslarni qabul qiladi.
126-rasm. Rombsimon chuqurchada bosh miya nervlari o‘zaklarining topografiyasi.
1 - nucl.tractus spinalis n.trigemeni; 2 - nucl.vestibularis medialis; 3 -nucl. cochlearis dorsalis; 4 - nucl.cochlearis ventralis; 5 - nucl. vestibularis lateralis; 6 - nucl. vestibularis superor; 7 - nucl.pontinus n.trigemeni; 8 - nucl.motorius n. trigemeni; 9 - nucl. mesencephalicus n. trigemeni; 10 - nucl. n. oculomotorii; 11 - nucl. n. trochlearis; 12 - colliculus facialis; 13 - nucl. n. abducentis; 14 - nucl. n. facialis; 15 - radix n. facialis; 16 - striae medullaris ventriculi quarti; 17 - nucl.ambiguus; 18 - nucl. n. hypoglossi; 19 - nucl. dorsalis n. vagi; 20 - nucl. n. accessorii.

VII juft, yuz nervining (n. facialis) uchta o‘zagi bor. I. Yurik harakatlantiruvchi o‘zak (nucleus n. facialis) ko‘prikni to‘r formatsiyasi ichida colliculus facialis dan chekkaroqda ancha chuqur joylashadi. Bu o‘zak hujayralari o‘simtalari harakatlantiruvchi ildizni hosil qiladi. Sezuvchi va parasimpatik o‘zaklar VII juft tarkibiga qo‘shilgan oraliq nervga (n. intermedius) tegishli.


2.Sezuvchi, yakka tutam o‘zagi (nucleus solitarius) VII,IX,X juft nervlar uchun umumiy bo‘lib, rombsimon chuqurchani tubida til osti nervi uchburchagidan lateral joylashadi. Bu o‘zak hujayralari ko‘prikning qopqoq qismidan to orqa miyani I segmentigacha tarqalgan. Unda tam sezuvchi nerv tolalari tugaydi.
3.Ustki so‘lak ajratuvchi o‘zak (nucleus salivatorius superior) parasimpatik, ko‘prikni to‘r formatsiyasi ichida harakatlantiruvchi o‘zakdan biroz yuza va lateralroq yotadi.
VI juft, uzoqlashtiruvchi nervning (n. abducens) bitta harakatlantiruvchi o‘zagi ( nucleus nervi abducentis) yuz tepaligi ichida yotadi.
V juft, uch shoxli nervning (n. trigeminus) to‘rtta o‘zagi bor. Shundan ikkitasi rombsimon chuqurcha sohasida yotadi. Harakatlantiruvchi o‘zak (nucleus motorius n. trigemini) rombsimon chuqurchaning yuqori qismida joylashadi. Sezuvchi o‘zagi uchta. Undan uch shoxli nervning ko‘prikdagi o‘zagi (nucleus pontinus n. trigemeni) harakatlantiruvchi o‘zakdan lateralroq yotadi. Ikkinchi sezuvchi o‘zak (nucleus spinalis n. trigemeni) cho‘zinchoq shaklda uzinchoq miyaning bor bo‘yicha yotadi va orqa miyaning yuqori I-V segmentlarigacha boradi. Uchinchi sezuvchi o‘zak (nucleus mesencephalicus n. trigemeni) miya vodoprovodi yonida joylashgan.

O‘rta miya


O‘rta miya (mesencephalon) bosh miyaning nisbatan sodda tuzilishga ega qismi. U filogenezda ko‘ruv va eshituv analizatorlarining ta’siri ostida rivojlanadi. Odamda oxirgi miya po‘stlog‘ida ko‘ruv va eshituv markazlari paydo bo‘lganidan so‘ng, o‘rta miyadagi markazlar po‘stloq osti markazlari holatiga tushib qoladi. O‘rta miya uchinchi miya pufagidan taraqqiy etadi. U pufakcha devorlari bir tekis kengayib, dorsal qismidan o‘rta miya tomi, ventral devoridan miya oyoqchalari hosil bo‘ladi. Uning qoldiq bo‘shlig‘i III va IV qorinchalarni qo‘shib turuvchi miya suv yo‘liga aylanadi. O‘rta miyaning ventral yuzasi yuqoridan (oldindan) ko‘ruv yo‘llari va so‘rg‘ichsimon tana, orqadan esa ko‘prikning oldingi chekkasi bilan chegaralanadi.
O‘rta miyada uning taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagilar joylashgan:
1.Po‘stloq osti ko‘ruv markazi va ko‘z mushaklarini innervatsiya qiluvchi nerv o‘zaklari.
2.Po‘stloq osti eshituv markazi.
3.Bosh miya po‘stlog‘ini orqa miya bilan bog‘lovchi pastga tushuvchi va yuqoriga chiquvchi o‘tkazuv yo‘llari.
4.O‘rta miyani bosh miyaning boshqa qismlari bilan bog‘lovchi nerv tolalari.
O‘rta miya ikki asosiy qismdan: o‘rta miyaning tomi yoki to‘rt tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan iborat.
O‘rta miyaning tomi (lamina tecti mesencephali) yoki to‘rt tepalik plastinkasi (lamina quadrigeminae) o‘zaro to‘g‘ri burchak hosil qilib kesishgan bo‘ylama va ko‘ndalang egatlar bilan ajragan to‘rtta tepachadan iborat.
Ikkita yuqori tepachalarda (colliculi superior) po‘stloq osti ko‘ruv markazi, ikkita ostki tepachalarda (colliculi inferior) esa po‘stloq osti eshituv markazi joylashgan. Yuqorigi tepachalar o‘rtasidagi egatda shishsimon tana (corpus pineale) engashib turadi. Har bir tepachadan tashqi tomonga qarab tepacha yelkalari yo‘naladi. Yuqorigi tepacha yelkasi (brachium colliculi superior) lateral tizzasimon tanaga qarab yo‘nalib, qisman ko‘ruv yo‘liga o‘tib ketadi.

127-rasm.O‘rta miyani ustki tepachalar sohasidagi ko‘ndalang kesmasi.


1 - tectum mesencephali; 2 - tegmentum mesencephali; 3 - basis pedunculi cerebralis; 4 - nucl.ruber; 5 - substtantia nigro; 6 - nucl.nervi oculomotorii; 7 - nucl.oculomotorius accessories; 8 -decussationes tegmenti; 9 - n.oculomotorius; 10 - tr. frontopontinus; 11- tr. corticonuclearis;12 - tr.corticospinalis; 13 - tr. occipitotemporo- parietopontinus; 14 - lemniscus medialis; 15 - brachium colliculi inferioris; 16 - nucl.tractus mesencephali nervi trigemini; 17 - colliculus superior; 18 - aqueductus cerebri; 19 - substantia grisea centralis.

Ostki tepachalar yelkasi (brachium colliculi inferiores) medial tizzasimon tanaga yo‘naladi.


Miya oyoqchalari (pedunculi cerebri) ko‘prikning yuqori chekkasidan boshlanib, oldinga va tashqariga qarab yo‘nalgan juft oq ustunchalar shaklida bo‘lib, oxirgi miya yarimsharlari ichiga kirib ketadi. Ular o‘rtasidagi chuqurlik oyoqchalararo chuqurlik (fossa interpeduncularis) deb ataladi. Bu sohada orqa ilma teshik hosila (substantia perfarata posterior) va III juft bosh miya nervi chiqadigan egat (sulcus nervi oculomatorii) loylashadi. O‘rta miyaning kesmasida (127-rasm) miya oyoqchasini qora modda (substantia nigra) ikki qismga: orqa (dorsal) o‘rta miya qopqog‘i (tegmentum mesencephali) va oldingi (ventral) miya oyoqchasining asosiga (basis pedunculi cerebralis) ajratadi.
Qora modda miya oyoqchasining bor bo‘yiga ko‘prikdan to oraliq miyagacha cho‘zilgan bo‘lib, faoliyat jihatidan ekstrapiramida tizimiga kiradi. Uning hujayralari tarkibidagi melanin pigmenti qoramtir rang beradi.
Miya oyoqchasining qopqoq qismida pastki tepachalar sohasidan talamusgacha cho‘zilgan cho‘zinchoq shakldagi qizil o‘zak (nucleus ruber) joylashgan. O‘rta miya suv yo‘li (silviy suv yo‘li) aqueductus mesencephali (cerebri) uzunligi 1,5 sm keladigan tor kanal. Uning atrofida markaziy kulrang modda (substantia grisea centralis), markaziy kulrang modda ichida, suv yo‘li tubida III va IV juft bosh miya nervi o‘zaklari joylashgan. Yuqorigi tepachalar sohasida III juft bosh miya nervining o‘zaklari (nucleus n. oculomatori et nucleus oculomatorius accessorius) (yakubovich o‘zagi), ostki tepachalar sohasida esa IV juft bosh miya nervi o‘zagi (nucleus n. trochlearis) yotadi. Markaziy kulrang moddaning tashqi qismlarida V juft bosh miya nervining o‘rta miya o‘zagi (nucleus mesencephalicus nervi trigemeni) yotadi. O‘rta miyaning qopqoq qismidan afferent o‘tkazuv yo‘llari o‘tadi.
Miya oyoqchasining asosi oq moddadan iborat bo‘lib, harakatlantiruvchi o‘tkazuv yo‘llardan iborat.
Miya oyoqchasining asosiy qismi bola tug‘ilganidan keyin po‘stloq bilan orqa miya, o‘zaklar va miyacha o‘rtasidagi yo‘llar taraqqiyotiga bog‘lanib o‘sadi. Qizil o‘zak va uning aloqalari ekstrapiramida tizimi tarkibiga kirib, ontogenezda piramida tizimidan ilgariroq paydo bo‘ladi. U yirik va mayda hujayrali qismlardan iborat. Yirik hujayrali qism oldinroq paydo bo‘lib, u impulslarni miyachadan miya poyasi va orqa miyaga o’tkazib beradi. Mayda hujayrali qismi keyinroq paydo bo‘lib, impulslarni miyachadan po‘stloq osti va po‘stloqqa o‘tkazib beradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda qora moddada pigmenti bo‘lmagan hujayra orolchalari bo‘lib, ularda pigment 3-4 yoshlarda paydo bo‘ladi va 16 yoshda u yuqori darajada takomillashadi. O‘rta miya kulrang o‘zaklari bolalarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Silviy suv yo‘li bola hayotining birinchi yilida keng bo‘lib, keyinchalik asta-sekin torayadi.
To‘rt tepalik plastinkasining taraqqiyoti ko‘ruv va eshituv faoliyatlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga bog‘liq.
Oraliq miya (diencephalon) murakkab tuzilishga ega. U o‘rta miya bilan oxirgi miya oralig‘ida joylashgan. Taraqqiyoti va faoliyatiga ko‘ra oraliq miyani ikki qismga: 1.Orqa (dorsal) filogenez nuqtai nazaridan yangi, afferent yo‘llar markazi bo‘rtiq sohasi. 2.Oldingi (ventral) filogenez jihatidan eski, oliy vegetativ markaz bo‘rtiq osti sohasidan iborat.
Bo‘rtiq sohasi (thalamencephalon) o‘z navbatida k o‘ruv bo‘rtig‘i, bo‘rtiq orqasi va bo‘rtiq usti sohalariga bo‘linadi.
Ko‘ruv bo‘rtig‘i (talamus opticus) III qorinchaning ikki yon tomoniga joylashgan oval shakldagi kulrang modda to‘plamidan iborat. (128-rasm). Uning oldingi uchi torayib oldingi bo‘rtiqni (tuberculum anterius), orqa uchi esa kengayib yostiqchani (pulvinar) hosil qiladi. Ko‘ruv bo‘rtig‘ining ichki yuzasi III qorincha bo‘shlig‘ining yon devorini, ustki yuzasi esa yon qorinchalar markaziy qismining tubini hosil qiladi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling