Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)


Bosh va ko‘zni bir vaqtda qarama-qarshi tomonga harakatini


Download 0.54 Mb.
bet11/39
Sana28.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1011476
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4

2.Bosh va ko‘zni bir vaqtda qarama-qarshi tomonga harakatini ta’minlovchi analizatorning o‘zagi o‘rta peshona pushtasining orqa qismida (harakat oldi zonasi, 9 soha) joylashgan.
3.Ma’lum bir maqsad uchun qilinadigan harakatlar analizatorining o‘zagi o‘naqaylarda chap yarimsharning pastki tepa bo‘lakchasining gyrus supramarginalis sida joylashgan. Bunday murakkab harakat odam hayotida bir turdagi ishni ko‘p qaytarishi, tajriba markaz oldi pushtasi bilan chekka usti pushtasi o‘rtasida hosil bo‘ladigan vaqtincha aloqalar natijasida hosil bo‘ladi. Bu markaz shikastlanganda mushak harakati buzilmaydi, ammo odamning ma’lum bir maqsad bilan qiladigan harakati yo‘qoladi. Buni apraksiya deyiladi. Bu markaz bir tomonlama, chapaqaylarda o‘ng yarimsharda o‘naqaylarda faqat chap yarimsharda bo‘ladi.
4.Ichki a’zolar, qon tomirlarning silliq mushaklaridan ta’sir olib keluvchi analizatorning markazi harakat markazi oldida (6, 8 sohalar) joylashgan bo‘lib, markazdan qochuvchi yo‘llar po‘stloq osti vegetativ markazlariga boradi.

II.Tashqi ta’sirotlarni qabul qiluvchi analizatorlarning po‘stloqdagi markazlari.


1.Sezgi analizatorining markazi markaz orqa pushtada joylashadi. Odam tanasi qismlari xuddi harakat markazidagidek boshi pastda, oyog‘i yuqorida joylashgan. Bu sohada po‘stloqning og‘iz va qo‘l retseptorlari yaxshi taraqqiy etgani uchun po‘stloqning ularga tegishli qismlari katta bo‘ladi.
2.O‘ng va chap ustki tepa bo‘laklarida teri sezgisini bir turi, buyumlarni yopiq ko‘z bilan paypaslab bilish - stereognoziya markazi joylashgan. Bu markaz jarohatlanganda umumiy sezgi yo‘qolmagani holda yopiq ko‘z bilan predmetlarni paypaslab bilish xususiyati yo‘qoladi (astereognoziya).
3.Eshituv analizatorining o‘zagi ustki chakka pushtasi o‘rtasida joylashgan. Bu sohaning ikkala yarimsharda buzilishi butunlay karlikka olib keladi.
4.Ko‘ruv analizatorining o‘zagi ensa bo‘lagining ichki yuzasidagi sulcus calcarinus sohasida joylashgan. Bitta markazda bir ko‘zning lateral yarmi va ikkinchi ko‘zning medial yarmini to‘r pardasi proektsiyasi bo‘ladi. Shuning uchun butunlay ko‘r bo‘lib qolganda ko‘ruv analizatori ikki tomonda shikastlangan bo‘ladi. Ko‘ruv markazidan sal yuqoriroqda (17 va 18 sohalarda) ko‘rgan narsani eslab qolish sohasi joylashgan bo‘lib, u jarahatlanganda odamning ko‘rgan narsani eslab qolish xususiyati yo‘qoladi. Pona pushtasidagi 19 - sohada yangi sharoitga moslashuv bo‘lib, u shikastlanganda bu xususiyat yo‘qoladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling