Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)
-расм.Ko‘prikninig frontal kesmasi
Download 0.54 Mb.
|
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- (pars basillaris)
- (fissura transversa cerebri)
- (fissura horizontalis)
- (fissura cerebelli)
124-расм.Ko‘prikninig frontal kesmasi.
1-pars dorsalis pontis; 2-ventriculus quartus; 3-corpus trapezoideum; 4-tractus corticospinalis; 5-pars ventralis pontis. ko‘ndalang tolalar to‘plami - trapetsiyasimon tana (corpus trapezoideum) joylashgan. Uning tolalari o‘rtasida trapetsiyasimon tananing oldingi va orqa o‘zaklari yotadi. Trapetsiyasimon tana ko‘prikni orqa yoki qopqoq qismi (tegmentum pontis) va oldingi yoki asosiy qismga (pars basillaris) ajratadi. Ko‘prikning oldingi qismi bo‘ylama va ko‘ndalang tolalar va ular o‘rtasida joylashgan ko‘prikning xususiy o‘zaklaridan iborat. Bo‘ylama tolalar piramida, po‘stloq-o‘zak va po‘stloq-ko‘prik yo‘llari tolalaridan iborat bo‘lib, ular ko‘prikning xususiy o‘zaklarida tugaydi. Bu o‘zak hujayralari tolalari ko‘ndalang tolalarni hosil qilib, miyachaning o‘rta oyoqchasi tarkibida miyacha po‘stlog‘iga boradi. Ko‘prikning orqa qismida ko‘tariluvchi sezuvchi yo‘llar o‘rtasida to‘rt (V, VI, VII, VIII) juft bosh miya nervlarining o‘zaklari va to‘r formatsiya joylashgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda ko‘prik turk egari oldida yotadi. Bola hayotining erta davrlarida orqa tomonga surilib, 5 yoshda ensa suyagi qiyaligiga yetib boradi. Yosh bolalarda piramida va miyacha o‘tkazuv yo‘llari yaxshi taraqqiy etmagani uchun uning hajmi kichik va o‘zaklari bir-biriga yaqin joylashadi. 5-7 yoshlarda ko‘prik tez taraqqiy etib kattalarnikiga o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘ladi. MiyachaMiyacha (cerebellum) ko‘prik va uzunchoq miya yuqori qismining orqa tomonida, orqa kalla chuqurchasida yotadi. Yuqori tomondan katta miyaning ko‘ndalang yorig‘i (fissura transversa cerebri) miyachani yarimsharlarning ensa bo‘lagidan ajratib turadi. Miyacha taraqqiyoti harakatni reflektor moslashtirish retseptorlari bilan bog‘liq ravishda o‘tadi va mushaklar qisqarishini muvofiqlashtirish markazi hisoblanadi. U ayrim mushaklarning murakkab faoliyatini bir-biriga bog‘lab turadi va tana muvozanatini ta’minlaydi. Bundan tashqari unda vegetativ nerv tizimi markazlari (qon tomirlar harakati refleksi, teri trofikasi, yaralarni bitish tezligi) joylashgan. Miyachada ustki va pastki yuzalar tafovut qilinib, ular o‘zaro chuqur gorizontal yoriq (fissura horizontalis) bilan ajrab turadi. Pastki yuza o‘rtasida keng botiq (vallecula cerebelli) bo‘lib, unga uzunchoq miyani orqa yuzasi tegib turadi. Miyachada ikkita yarimshar (hemisphaeria cerebelli) va ular o‘rtasidagi toq chuvalchangsimon qism (vermis) tafovut qilinadi. Chuvalcgansimon hosila miyachning tanasi (corpus cerebelli) deb ataladi. Yarimsharlar va chuvalchangning ustki va pastki yuzalari ko‘plab ko‘ndalang yorig‘lar (fissura cerebelli) vositasida uzun va ingichka miyacha barglariga (pushtalari) (follia cerebelli) ajragan. Chuqur egatlar bilan ajragan pushtalar yig‘indisi miyacha bo‘lakchasini (lobulli cerebelli) hosil qiladi. Bo‘laklardan alohidasi parcha (flocculus) miyacha o‘rta oyoqchasini ventral qismida yotadi. Parcha o‘z oyoqchasi yordamida miyacha chuvalchangi va tuguncha (nodulus) bilan qo‘shiladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling