Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)
-rasm. uzunchoq miyaning kesmasi
Download 0.54 Mb.
|
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- (sulcus anterolateralis)
- (sulcus mediana posterior)
- (pedunculus cerebellaris inferior)
- (nuclei olivaris inferiores)
- (decussatio lemniscorum)
- Ko‘prik
- (sulcus bulbopontinus)
123-rasm. uzunchoq miyaning kesmasi.
1-nucleus tractus solitari; 2-pedunculus cerebellaris inferior; 3-nucleus tractus spinalis n. trigemini; 4-nucleus ambiguus; 5-nucleus olivaris; 6-n.hypoglossus; 7-lemniscus medialis; 8-pyramis; 9-fibrae arcuatae externae; 10-fibrae arcuatae internae; 11-tractus rubro-spinalis; 12-nucleus cuneatus; 13-nucleus dorsalis n.vagi; 14-nucleus n.hypoglossi; 15-fasciculus longitudinalis medialis. Tolalar orqa miyaning yon tizimchasiga davom etadi. Kesishmagan tolalar orqa miyaning oldingi tizimchasi tarkibida yo‘naladi. Oldingi yon egat (sulcus anterolateralis) piramidaning oval shaklidagi tepalik olivadan (oliva) ajratib turadi. Oliva tishsimon tuzilishga ega bo‘lgan kulrang modda to‘plami oliva o‘zagining joylashshidan hosil bo‘lgan. Bu egatdan til osti nervi ildizi chiqadi. Uzunchoq miyaning dorsal yuzasida orqa o‘rta egatni (sulcus mediana posterior) yon tomonlarida o‘zaro oraliq egat bilan bo‘lingan orqa miyaning nozik va ponasimon dastalari kengayib bo‘rtiqlar hosil qiladi. Nozik dasta bo‘rtig‘i (tuberculum gracile) ichki, ponasimon dasta bo‘rtig‘i (tuberculum cuneatum) tashqi tomonda joylashadi. Orqa yon egatdan (sulcus posterolateralis) IX, X, XI juft bosh miya nervlarining ildizi chiqadi. Yon tizimchaning dorsal qismi ponasimon va nozik dastalardan chiqayotgan tolalar bilan qo‘shilib miyachaning pastki oyoqchasini (pedunculus cerebellaris inferior) hosil qiladi. Uzunchoq miya kesmasida (123-rasm) u oq va kulrang moddalar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Kulrang moddada muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvi boshqaruvga aloqador bo‘lgan kulrang o‘zaklar joylashgan. 1.Yon tomonda joylashgan o‘ng va chap pastki oliva o‘zaklari (nuclei olivaris inferiores) miyachaning tishli o‘zagi bilan bog‘langan bo‘lib, odamda muvozanatni boshqaruvchi oraliq o‘zak hisoblanadi. 2.To‘r formatsiya (formatio retecularis) bir- biri bilan chalkashib to‘r hosil qilgan nerv tolalari va ular o‘rtasida yotgan nerv o‘zaklaridan iborat. 3.To‘rt juft (IX-XII) bosh miya nervlarining o‘zaklari. 4.Adashgan nerv o‘zagi bilan bog‘langan nafas olish va qon aylanish markazlari bor. Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun va qisqa tolalardan iborat. Uzun tolalar uzunchoq miyani oldingi qismida pastga tushuvchi, harakatlantiruvchi piramida yo‘lini hosil qiladi. Uning orqa lateral yuzasida yuqoriga ko‘tariluvchi orqa miyani miya yarimsharlari va miyacha bilan bog‘lovchi sezuvchi yo‘llar joylashadi. Orqa miya-po‘stloq yo‘li uzunchoq miya sohasida kesishib qovuzloq kesishmasini (decussatio lemniscorum) hosil qiladi. Qisqa tolalar kulrang modda o‘zaklarini o‘zaro bog‘lab, shuningdek uzunchoq miyani bosh miya so‘g‘onining qo‘shni qismlari bilan qo‘shib turadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda uzunchoq miya yuqori va gorizontal joylashgan. Piramida yaxshi taraqqiy etmagani uchun olivalar bir-biriga yaqin turadi. Nozik va ponasimon dastalar bir-biridan aniq ajramagan. Bola hayotining birinchi yilida olivalar asta-sekin bo‘rtiq shaklini oladi va yoshga qarab kattalashib boradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda uning uzunligi 8-9 mm, kengligi 4-5 mm, bir yoshda esa uzunligi 12-13 mm bo‘ladi. Erta bolalik davri so‘ngida miya o‘tkazuv yo‘llari taraqqiyoti natijasida piramidalar kattalashib olivalar bir-biridan uzoqlashadi. Nozik va ponasimon dastalar bir-biridan ajralib, nozik va ponasimon bo‘rtiqchalar paydo bo‘ladi. Uzunchoq miya o‘zaklari taraqqiyoti 7 yoshda tugaydi. Ortqi miya Ortqi miya (metencephalon) ikki qismdan: ventral joylashgan ko‘prik va dorsal joylashgan miyachadan iborat. Ortqi miyaning qoldiq bo‘shlig‘i, uzunchoq miya bilan birgalikda IV qorinchani hosil qiladi. Ko‘prik Ko‘prik (pons) sut emizuvchilarda plashch taraqqiyotiga bog‘lik ravishda payda bo‘ladi. U odamda yaxshi rivojlangan bo‘lib, ko‘ndalang bolish shaklida. U yuqoridan miya oyoqchalari, pastdan esa uzunchoq miya bilan chegaralanadi. Uzunchoq miya bilan ko‘prik o‘rtasida egat (sulcus bulbopontinus) yotadi. Yon tomonga ko‘prik torayib, miyachaning o‘rta oyoqchasiga (pedunculi cerebellaris medius) o‘tib ketadi. Ko‘prikning tashqi chegarasini uch shoxlik va yuz nervlari ildizlari o‘rtasidagi chiziq (linea trigemenofacialis) hosil qiladi. Ko‘prikning ventral yuzasi ko‘ndalang yo‘nalgan tolalardan iborat bo‘lib, o‘rtasida asosiy arteriya egati (sulcus a. basillaris) joylashgan, uning dorsal yuzasi IV qorincha tubini hosil qilishda ishtirok etadi. Ko‘prikning ko‘ndalang kesmasi (124-rasm) markazida Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling