Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)


Orqa miyaning taraqqiyoti


Download 0.54 Mb.
bet4/39
Sana28.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1011476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4

Orqa miyaning taraqqiyoti


Orqa miya nerv nayining orqa qismidan taraqqiy etadi. Dastlabki davrda nerv nayini devori bir xil qalinlikka ega bo‘ladi. Keyinchalik uni yon qismlari tez o‘sib kengaya boshlaydi. Oldingi va orqa devorlari o‘sishdan qolib, asta-sekin tez o‘sayotgan yon devorlari ichiga botib kiradi. Natijada orqa va uzunchoq miyaning oldingi va orqa o‘rta egatlari paydo bo‘ladi.
Nerv nayi bo‘shlig‘ining ich tomoni yon devorida uncha chuqur bo‘lmagan bo‘ylama chegaralovchi egatlar paydo bo‘lib, nerv nayining yon qismlarini oldingi asosiy va orqa qanotsimon plastinkalarga ajratadi. Asosiy plastinkadan kulrang moddaning oldingi ustuni va uni o‘ragan oq modda yoki harakatlantiruvchi neyronlarining o‘simtalari rivojlanadi. Qanotsimon plastinkadan esa kulrang moddaning orqa ustuni oraliq neyronlar tanasi va ularni o‘ragan oq modda yoki orqa tizimcha, sezuvchi neyronlarning o‘simtalari rivojlanadi.
Nerv nayi bilan ektoderma o‘rtasida joylashgan medulyar taroqchadan nerv nayining birikish davrida ganglioz plastinka hosil bo‘ladi. Bu plastinka ikki simmetrik ganglioz bolishga bo‘linib, nerv nayini yon tomoniga suriladi. Keyinchalik undan orqa miya tuguni va bosh miya nervlarining sezuvchi tugunlari hosil bo‘ladi. Ganglioz bolish hujayralari shuningdek vegetativ nerv tizimi periferik qismini hosil qiluvchi kurtak hamdir.
Orqa miya tugunida joylashgan neyroblastlar bipolyar hujayralar shaklida bo‘ladi. Ularning markaziy tolalari orqa miyaga kiradi va sezuvchi orqa ildizni hosil qiladi. Pereferik o‘simtalari tashqariga yo‘naladi va har xil turdagi retseptorlarni hosil qiladi.
Homila hayotining boshlang‘ich davrlarida nerv nayi tananing bor bo‘yiga cho‘zilgan, keyinchalik uning kaudal qismi reduktsiyaga uchraganidan so‘ng bo‘lajak orqa miyani pastki qismi asta-sekin torayadi va oxirgi ipni hosil qiladi. Homila taraqqiyotining boshlang‘ich davrida orqa miya umurtqa kanalining bor bo‘yiga joylashgan bo‘ladi. Uchinchi oydan boshlab orqa miyaning o‘sishi umurtqa kanalidan orqada qola boshlaydi. 4 oylik homilada orqa miya I dumg‘aza yoki V bel umurtqasi sohasida bo‘lsa, 7 oylikda III-IV bel umurtqasiga yetadi. Yangi tug‘ilgan bolada II- yoki III- bel umurtqasi pastki qirrasida bo‘lsa, bir yoshda I-II bel umurtqalari sohasiga yetadi va keyinchalik bu chegara o‘zgarmaydi. Umurtqa pog‘onasi va orqa miyaning uzunligi bir-biriga mos kelmasligi natijasida nervlar yo‘nalishi o‘zgaradi va bel, dumg‘aza nervlaridan otning dumi hosil bo‘ladi. Bo‘yin va bel kengaymalari bola hayotining birinchi yilida ancha tez takomillashadi.
Yangi tug‘ilgan bolada orqa miyaning uzunligi 14-16 sm bo‘lib, 10 yoshda ikki barobar uzayadi. U eniga sekin o‘sib, 12 yoshda 2 marta kattalashadi va keyingi davrlarda o‘zgarmaydi. Yangi tug‘ilgan bola orqa miyasi og‘irligi 5,5 g bo‘lib, bir yoshda 10 g, 7 yoshda 19 g va 20 yoshda 30 g bo‘ladi. Orqa miyaning markaziy kanali kattalarga nisbatan kengroq. Bola hayotining birinchi ikki yilida kulrang va oq moddalar massasi ko‘payishi bilan birga markaziy kanal torayadi.

Orqa miya pardalari


Orqa miya mezenximadan hosil bo‘lgan uch qavat: tashqi qattiq, o‘rta to r va ichki yumshoq pardalar bilan o‘ralgan.
Orqa miyaning qattiq pardasi (dura mater spinalis) boshqa pardalarga nisbatan qalin bo‘lib, orqa miyani va uning oldingi va orqa ildizlarini o‘rab turadi. U ikki varaqdan iborat. Uning tashqi varag‘i umurtqa pog‘onasini ichidan qoplagan suyak pardani hosil qiladi. Ichki varag‘i esa yuqorida katta teshik chekkasiga birikib, bosh miya qattiq pardasiga o‘tib ketadi. Pastda qattiq parda II-III dumg‘aza umurtqalari sohasida yopiq qopchiq shaklida tugaydi va 8 sm uzunlikdagi oxirgi ipga davom etadi. Oxirgi ip II dum umurtqasigacha davom etib, suyak pardaga birikib ketadi. Umurtqa pog‘onasini qoplagan suyak usti pardadan qattiq parda epidural bo‘shliq (cavitas epiduralis) vositasida ajrab turadi. Bu bo‘shliqda yog‘ to‘qimasi bo‘lgan yumshoq biriktiruvchi to‘qima va ichki umurtqa vena chigallari joylashgan. Qattiq parda zich tolali biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, qon tomir va nervlarga boy. Qattiq parda orqa miya ildizlari va nervlarini o‘rab, umurtqalararo teshikka kirib suyak usti pardaga birikib ketadi. Bundan tashqari orqa miyaning qattiq pardasidan chiquvchi ko‘p sonli fibroz tolalar umurtqa pog‘onasining orqa bo‘ylama boylamiga birikadi. Orqa miyaning qattiq pardasining ichki yuzasi to‘r pardadan ingichka subdural bo‘shliq (cavitas subduralis) bilan ajrab turadi. Yuqori tomonda bu bo‘shliq kalladagi shu nomli bo‘shliq bilan qo‘shilsa, past tomonda II dumg‘aza umurtqasi sohasida yopiq holatda tugaydi.
Orqa miyaning to‘r pardasi (arachnoidea spinalis) yupqa plastinka ko‘rinishiga ega. To‘r parda qattiq pardaning ichida joylashib, u bilan umurtqalararo teshik sohasida birikadi. To‘r parda ichida orqa miya, orqa miya ildizlari, otning dumi va orqa miya suyuqligini saqlab turuvchi qopni hosil qiladi. To‘r parda yupqa, ammo pishiq. Uning asosini retikulyar biriktiruvchi to‘qima hosil qiladi, qon tomirlari yo‘q. To‘r parda ostida joylashgan yumshoq pardadan to‘r parda osti bo‘shlig‘i (cavitas subarachnoidalis) bilan ajrab turadi. Bu bo‘shliqda orqa miya suyuqligi joylashadi. Yuqorida bu bo‘shliq bosh miyaning shu nomdagi bo‘shlig‘iga o‘tib ketadi. Pastga tomon to‘r parda osti bo‘shlig‘i kengayib, orqa miya nervlari ildizlarini o‘rab turadi.
Orqa miyaning yumshoq pardasi (pia mater spinalis) orqa miyaga yopishib turadi. U kollogen tolalar va qon tomirlarga boy. Orqa miyaning subaraxnoidal bo‘shlig‘i orqa miyani o‘ng va chap tomondan ushlab turuvchi yumshoq parda qatlamlaridan hosil bo‘lgan tishli boylamlar (ligamenta denticulatum) vositasida oldingi va orqa qismlarga bo‘linadi. Bu qatlamlar bir tomondan orqa miyaning yon yuzasiga oldingi va orqa ildizlar o‘rtasiga biriksa, ikkinchi tomonda to‘r pardaga, so‘ngra u bilan birga qattiq pardaga birikadi va orqa miyani o‘rta holatda ushlab turadi. Bu boylam boshlanishida yaxlit bo‘lib, so‘ng 20-30 ta tishga ajralib ketadi. Bu boylamning yuqori tishi katta teshik sohasida, pastkisi esa XII ko‘krak va I bel nervlarining ildizlari sohasida joylashgan.
Orqa miya suyuqligi subaraxnoidal bo‘shliqda joylashgan bo‘lib, miqdori 120-140 ml. U toza va tiniq suyuqlik bo‘lib, solishtirma og‘irligi 1,005 ga teng. Uning tarkibidagi tuzlar tarkibi qon plazmasi miqdoriga teng bo‘lib, oqsil moddalar miqdori plazmadagidan 10 marta kam. Orqa miya suyuqligi mexanik ahamiyatga ega bo‘lib, orqa miyani tashqi ta’sirotlardan saqlaydi va miya to‘qimasi modda almashuvida ishtirok etadi.
Orqa miyaning hamma pardasi bola hayotining birinchi yilida sezilarli o‘zgaradi. Yoshga qarab ular qalinlashadi va uzayadi. Orqa miyaning qattiq pardasi dumg‘aza kanalida bola qancha yosh bo‘lsa, shuncha past joylashgan. Yangi tug‘ilgan bolada uning pastki uchi III- dumg‘aza umurtqasiga to‘g‘ri keladi. Epi- va subdural bo‘shliqlar yangi tug‘ilgan bolada yaxshi ko‘ringan bo‘lib, yoshga qarab kattalashadi. Yangi tug‘ilgan bolada subaraxnoidal bo‘shliq hajmi 40 sm3. Bolalarda bu bo‘shliq hajmi nisbatan tez kattalashib, 5 yoshda 60 sm3, 8 yoshda esa 100-140 sm3 ga yetadi.

Bosh miya



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling