10-ma’ruza: O‘zbek toponimlarida o‘z va o‘zlashgan qatlam


Download 40.5 Kb.
bet1/3
Sana21.02.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1218665
  1   2   3
Bog'liq
10 м


10-ma’ruza:
O‘ZBEK TOPONIMLARIDA O‘Z VA O‘ZLASHGAN QATLAM
Toponimlar ko'pincha qadimiy so‘zlardan iborat bo‘ladi. Buning ustiga joy nomlari uzoq davr davomida iste’molda bo‘lganidan gram­ matik, fonetik jihatdan o'zgarib ketishi ham mumkin. 0 ‘zi uchun tushuniksiz bo‘lgan toponimdan ma’no qidirib xalq uni «milliylash-tiradi». Masalan, Beshog'ochdagi Arpapoya nomining o'zbekcha arpa so‘ziga, Qoryog‘di urbonimining esa qor so‘ziga hech bir aloqasi yo‘q ekan. Qoryog'di arabcha qarya «qishloq» so'zidan kelib chiqqan ekan. Yoki Qurvaqavot asli Quruqravot, Yunusobod esa asli Yunus-ravot bo'lgan. (Hazrati Imomni hastimom, Shayx Zayniddin boboni Shiziddinbuva degani kabi).Buxoro tarixchisi Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy o‘zining «Buxoro tarixi» asarida (934-944 yillarda yozilgan) Nur degan joy nomini tilgan oladi. Uni boshqa viloyatlarda Nuri Buxoro deb ataydilar, deb yozadi Narshaxiy. Nuri Buxoro, ya’ni Buxoro Nuridan boshqa Nurlar ham bo'lgan. Masalan, Zarafshonning ikkita tarmog'i —Qoradaryo bilan Oqdaryo oralig'idagi Miyonkol orolida ham Nur degan qishloq bo'lgan. Uni boshqalardan farq qilish uchun Nuri Miyonkol deb atashgan. Shunday qilib, Nur bora-bora Nurota bo'lib ketgan: nur so'zi (arabcha) «yorug'lik», ota esa geografik nomlar tarkibida «aziz avliyolarning qadarryosi» degan ma’noni bildiradi. O ‘rta Osiyoda (jumladan Xorazmda, Turkmanistonda) Shahris-ton nomli bir necha shahar bo‘lgan. Shahriston fors-tojik tilida «ichki shahar» degan ma’noni anglatadi (arabcha —madina). Bu atama 0 ‘rta Osiyoga arablar kelmasdan oldin paydo bo‘lgan. 0 ‘sha davrlarda sha­ harlar devorlar bilan ichki (markaziy) qismga, ya’ni shahristonga va tashqi qismga (rabod — raboz yoki berun) bo‘lingan. Anhor (arabcha, birligi nahr) — katta ariq.
Jayxun — jo'shqin daryo, azim daryo; Amudaryoning arabcha nomi; mashhur daryolar-Amudaryo (Jayxuni Xorazm); Sirdaryo (Jayxuni Chochiy); Furot va Dajla. Sag‘a — arabcha saqo so‘zining talaffuz shakli, Xorazmda, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda «kanal yoki ariqning boshi» ma’nosini bildiradi. Ko‘lsag‘a — kanal boshla-nadigan joydagi ko‘l. A’lam (arabcha) — aziz-avliyolarning qadam joylarida o‘sgan daraxtlarning shox-shabbalariga yoki shahid bo‘lgan kishilarning mozoriga qoqilgan tayoqlarga osilgan latta-puttalar. Ma’nosi (arab-chadan) “bayroq” demak. A’lam, A’lamdor, A’lamli degan joy nom­ lari “aziz avliyolar mozori” yoki “shahid bo‘lgan kishi ko'milgan joy” degan ma’noni bildiradi.

Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling