10-ma’ruza: O‘zbek toponimlarida o‘z va o‘zlashgan qatlam


Asbob — Buxoro viloyatining Vobkent, Romitan, Buxoro tuman­ larida qishloq nomi shaklida uchraydigan qadimiy atama (ko‘pincha aspop


Download 40.5 Kb.
bet2/3
Sana21.02.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1218665
1   2   3
Bog'liq
10 м

Asbob Buxoro viloyatining Vobkent, Romitan, Buxoro tuman­ larida qishloq nomi shaklida uchraydigan qadimiy atama (ko‘pincha aspop shaklida talaffuz qiladilar). XI—XII asrlarda biron kishiga qarashli yer asbob (asbob arabcha sabab so‘zining ko'pligi). XVI—XVII asr­ larda esa yerdan tashqari mulk asbob deb atala boshlagan. Demak Buxoro viloyatidagi Asbob nomli qishloqlar bundan 6—7 asr oldingi davrdan qolgan atamalardir. Buxoro yaqinida yashab o'tgan Jo'ybor shayxlari arxivlarida Asbobi Ali Yomchi, Asbobi BogMkalon, Asbobi Ibrohim, Asbobi Kofiron, Asbobi Sho‘rcha kabi bir qancha joy nom­ lari tilga olingan. Asbob so'zidan keyin bu yer kimniki yoki qanday joy ekanligini bildiradigan aniqlovchi bo‘lgan, chunonchi, Asbobi Kofiron, ya’ni «kofirlar yeri» va hokazo. Keyingi davrlarda aniqlovchi tushib qolib, asbob atamasi joy nomiga aylangan. Vodiy — «tog‘lar orasidan oqadigan soylik», «obod voha» ma’nolaridagi geografik atama. Bu atama asli arabcha (vad, vodiy) bo'lib, Shimoliy Afrikada «vaqt-bavaqt suv bo‘ladigan yoki umuman suvsiz qaqrab yotgan o‘zan», «uzunasiga cho‘zilgan soylik», «mavsumiy oqqan suv», ba’zan «daryo» ma’nolarini anglatadi. Mavze (arabcha «dala») — muayyan joy, o‘rin. Tarixiy asarlarda shaharlardan uzoqdagi kichikroq maydon, jang qilish uchun qulay joy mavze ma’nosida keladi. Toshkentda shahar atrofidagi dala-bogiar mavze deyilgan. Maydon (arabcha) —sayxonlik, ochiq yer. Atama ayniqsa Kavkaz va 0 ‘rta Osiyoda «dala», «yalanglik», «bozorjoy», «tekislik» kabi ma’nolarda tushuniladi. Turkiy tillar orqali rus tiliga «guzar», «shahar maydoni» ma’nolarida kirib borgan. Maydon so‘zi Ukraina, Beloru-siya, Ruminiya, Polsha, Bolgariya, Yugoslaviya kabi mamlakatlarda ham orfografik va semantik tovlanishlar bilan qo‘llaniladi. U barcha mamlakatlarda ko‘plab toponimlar hosil qilgan (Maydon, Maydon-soy, Maydontol).
Marza — ekin dalalari. Foliar orasida tevarak-atrofdan balandroq uzunasiga ketgan chegara, uvat. Arabcha marz (yoki mazraa) «yer», «hudud», «dala». 0 ‘zbeksiton, Tojikiston, Eron, Ozarbayjonda ko'plab toponimlar, mikrotoponimlar hosil qilgan. Mahalla (arabcha hal — “joylashmoq, o‘rin olmoq”, та “o'rin”, “joy” ma’nosidagi old qo'shimchasi) —shaharning yoki katta qishloq­ ning bir qismi, ba’zi bir tillarda — shahar chekkasi, shahar atrofi; ko‘plik shakli mahallot tarixiy manbalarda, masalan, «Bobumoma»da «shahar atrofi» ma’nosida keladi. E.M. Murzayev bu so‘z Tyanshan tog‘lari va Hindistondan tortib Pireneya yarim oroligacha uchraydi deydi va Hindiston bilan Pokistonda «saroy» toponimi ham shu ata­ madan yasalgan deb biladi (Toj Mahal saroyi). Aslida arabcha «vaqt», «fursat» ma’nosidagi mahal so‘zining ham «o‘rin», «joy» ma’nosi bor. Shuning uchun bo‘lsa kerak 0 ‘zbeksitonda bu so‘zning mahalli shakli ham uchraydi: Mahallibolo, Mahalliqozi, Mahallipoyon, Mahallishexon va b. Bu o‘rinda tojikcha izofaning (masalan, mahallai qozi) o‘zgargan shakli bo‘lishi ham mumkin. Mitan — Zarafshon vodiysida toponimlar shaklida uchraydigan va «qishloq» ma’nosini anglatuvchi atama. Tarixchi O.I. Smirnova shun­ day yozadi: «Bu komponent eroniy mayedana so'zidan olingan bo‘lib, «turar joy», «uy» degan ma’noni anglatadi. Yangi fors tilidan mehan (arabcha vatan, sug'diycha medan — «turar joy», «uy») ana shu mayedana (mediana) so‘zidan kelib chiqqan». Nahr (arabcha, ko‘pligi anhor) — kanal, daryo. Farg‘ona vilo-yatidagi Ulug‘nor kanali nomining asli UIug‘nahr. Sahro — cho‘l, dasht, biyobon. Arabcha ashar — «qizg‘ish sariq» so‘zidan hosil bo‘lgan. Sahroi, sahronishin — «cho'llik», «cho‘lda yashovchi» degani. Afrikadagi Sahroi Kabir cho‘li, Erondagi Oq-sahro, Sahrosho‘r, Ozarbayjondagi Sehra toponimlari shu so‘zdan paydo bo‘lgan.

Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling