Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)
Hidlov analizatorining o‘zagi
Download 0.54 Mb.
|
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.So‘z bo ‘g‘inlarining harakat analizatori o‘zagi
- 2.Og‘zaki so‘zlashning eshituv analizatori o‘zagi
5.Hidlov analizatorining o‘zagi chakka bo‘lagining pastki yuzasidagi ilmoq, qisman gippokamp sohasida joylashgan.
6.Maza bilish analizatorining o‘zagi hidlov va maza bilish sezgilari bir-biri bilan uzviy bog’liq bo‘lgani uchun hidlov markaziga yaqin joylashgan. Ammo markaz orqa pushtasining pastki qismlari jarohatlanganda ham odamning maza bilish faoliyati buziladi. Yuqorida aytib o‘tilgan po‘stloq markazlari miya po‘stlog‘ining ma’lum bir sohalarida joylashgan bo‘lib, ularga ta’sirotlar tashqi va ichki muhitdan keladi. Bu ta’sirotlar turli xil sezgi va sezgilar to‘plami sifatida qabul qilinadi va ularni I.P. Pavlov birinchi signal tizimi deb ataydi. Bu tizim hayvonlarda ham bo‘ladi. Bundan tashqari odam so‘zlash, fikrlash xususiyatiga ega bo‘lganidan keyin, unda ikkinchi signal tizimi paydo bo‘ladi. Ontogenezda odamda avval birinchi signal tizimi markazlari, so‘ngra ikkinchi signal tizimi markazlari paydo bo‘ladi. Ikkinchi signal tizimi markazlarining taraqqiyoti va takomillashuvi tashqi muhitga, turmush sharoitiga bog‘liq. Ikkinchi signal tizimi paydo bo‘lishi uchun bola boshqa odamlar bilan aloqada bo‘lishi, so‘zlashni va yozishni o‘rganishi kerak. So‘zlash jarayoni murakkab bo‘lib, uni bajarishda butun po‘stloq qatnashadi, ammo ma’lum bir sohalar asosiy bo‘ladi. Bu sohalar so‘z analizatorlarining o‘zaklari hisoblanadi. Ikkinchi signal tizimi markazlari 1.So‘z bo ‘g‘inlarining harakat analizatori o‘zagi pastki peshona pushtasining orqa qismida (44 - soha, Brok pushtasi) joylashgan bo‘lib, harakat markazining pastki qismiga yaqin turadi. Bu yerda so‘z bo‘g‘ini, so‘zlarni hosil qilishda ishtirok etadigan lab, til, hiqildoq mushaklaridan keladigan qo‘zg‘alishlar tahlil qilinadi. Bu markaz jarohatlanganda odam har xil tovushlar chiqaradi, ammo ulardan so‘z hosil qila olmaydi. Buni harakat afaziyasi deyiladi. 44 sohaning oldida 45 soha joylashgan bo‘lib, u jarohatlanganda odam so‘zlardan gap tuza olmaydi. Buni agramatizm deyiladi. 2.Og‘zaki so‘zlashning eshituv analizatori o‘zagi eshituv a’zosi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, eshituv analizatoriga yaqin joyda, yuqori chakka pushtasining orqa qismida (42 - soha, Verneke markazi) joylashgan. Bu markaz yordamida odam so‘zlash vaqtida tovush past balandligini tartibga solib turadi va boshqa odamni tushinadi. Agar u jarohatlansa odamning tovushni eshitish qobiliyati yo‘qolmagan holda, so‘zlarni tushinish qobiliyati yo‘qoladi. Buni so‘z soqovligi yoki sensor afaziya deyiladi. 3.Odam o‘z taraqqiyotida faqat so‘zlashni emas, balki yozishni ham o‘rgangan. Harflarni yozish qo‘lning ma’lum bir harakatini talab qiladi, bu esa umumiy harakat analizatori bilan bog‘liq. Shuning uchun yozma so‘zning harakat analizatori o‘zagi o‘rta peshona pushtasining orqa qismida markaz oldi pushtaga yaqin joylashgan. Bu analizatorning faoliyati qo‘lni ma’lum bir maqsad bilan qilinadigan harakati markazi (40 - soha gyrus supramarginalis) bilan bog‘langan. U markaz jarohatlanganda umumiy harakat yo‘qolmaydi, ammo qo‘lning harflarni yoki shakllarni yozaoladigan nozik harakatlari yo‘qoladi. Bu holatni agrafiya deyiladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling