Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)
-rаsm. Tractus cortico -spinalis
Download 0.54 Mb.
|
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- (nucleus n.oculomotorius va nucleus n.trochlearis)
135-rаsm. Tractus cortico -spinalis.
1.I-neyron; 2-tractus cortico-spinalis anterior; 3-tractus corticospinalis lateralis; 4.II-neyron. II neyron oldingi shoxning harakat hujayralari aksonlari orqa miya nervlari tarkibida mushaklarga boradi. Piramida yo‘li po‘stloqdan mushaklarga boruvchi ixtiyoriy harakat impulslarini o‘tkazadi. Piramida yo‘li targ‘il tana, ko‘prik va to‘r formatsiya hujayralari bilan bog‘langan. To‘r formatsiya ixtiyoriy harakatlardagi shartsiz reflekslarga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Piramida yo‘li paralichi paylar va suyak usti parda reflekslarini oshishi va mushaklar gipertoniyasi bilan kechadi. Harakat markazlari va piramida yo‘lining kesishmasigacha bo‘lgan sohada shikastlanish ro‘y bersa, tananing qarama-qarshi tomonda paralich ro‘y beradi. Orqa miyaning oldingi tizimchasi shikastlansa qo‘l-oyoqlar va tana mushaklarida palaj ro‘y bermaydi, chunki harakat lateral piramida yo‘li hisobiga boshqarib turiladi. Barcha po‘stloq orqa miya yo‘li kesishgan bo‘lib, har bir yarim sharning po‘stlog‘i qarama-qarshi tomon mushaklari faoliyatini boshqaradi. II.Miya po‘stlog‘i bilan miya o‘zaklari o‘rtasidagi yo‘l - tractus corticonuclearis (136-rasm). I neyron markaz oldi pushtaning pastki qismi po‘stlog‘ini V qavati piramida hujayralari, ularning aksonlari ichki xaltaning tizzasi, miya oyoqchalarining asosidan o‘tadi. Yo‘lning bir qismi kesishib Silviy suv yo‘li atrofidagi o‘zaklar (nucleus n.oculomotorius va nucleus n.trochlearis) tugaydi. Yo‘lning bir qismi tolalari o‘z tomonidagi shu nomli o‘zaklarda tugaydi. Shu o‘zak hujayralari ikkinchi neyronni hosil qilib n.oculomotorius tarkibida ko‘zning ustki, pastki, ichki to‘g‘ri, pastki qiyshiq va yuqori qovoqni ko‘taruvchi mushaklarga, n.trochlearis tarkibida esa yuqori qiyshiq mushakka boradi. Kortiko-bulbar yo‘lning bir qismi kesishib ko‘prik sohasida V,VI,VII juft bosh miya nervlarning harakatlantiruvchi o‘zaklarida tugaydi. Bu o‘zaklar hujayralaridan boshlangan ikkinchi neyron uch shoxli nerv tarkibida ichki va tashqi qanotsimon, chakka, chaynov, jag‘-til osti, tanglay chodirini, hamda nog‘ora pardani taranglovchi va ikki qorinli mushakning oldingi qorinchasiga boradi. Uzoqlashtiruvchi nerv tarkibida ko‘zning lateral to‘g‘ri mushagiga. Yuz nervi tarkibida ikki qorinli mushakning orqa qorinchasiga, bigiz-til, uzangi, mimika mushaklari va bo‘yinning teri Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling