Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)


-rаsm.Tractus spino-cerebellaris anterior


Download 0.54 Mb.
bet18/39
Sana28.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1011476
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4

133-rаsm.Tractus spino-cerebellaris anterior.
1.оrqа miya tuguni. 2.I-neyron; 3-II-neyron; 4.III-neyron.

Orqa miya tuguni yoki orqa miyaning xususiy o‘zaklari jarohatlansa og‘riq va harorat sezgisi shu tomonda yo‘qoladi. Agar jarohatlanish yon tizimchalar yoki undan yuqoriroqda ro‘y bersa sezgilar qarama-qarshi tomonda yo‘qoladi.




Orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi o‘tkazuv yo‘llar.
Orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi o‘tkazuv yo‘llari impulslarni mushaklar, paylar bo‘g‘imlardan miyachaga o‘tkazib beradi. Ular kesishmagan (tractus spinocerebellaris posterior, Fleksig) va kesishgan (tractus spinocerebellaris anterior, Govers) yo‘llariga bo‘linadilar.
Orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi oldingi yo‘l – tractus spinocerebellaris anterior (133-rasm).
Bu yo‘lning birinchi neyroni hujayrasi orqa miya tuguni sohta unipolyar hujayralari. Ularning periferik o‘simtalari orqa miya nervlari tarkibida propriotseptorlardan ta’sirotni olib keladi. Uning markaziy o‘simtalari orqa ildiz tarkibida orqa miya orqa shoxining oraliq medial o‘zagida tugaydi.
II neyron oraliq medial o‘zak hujayralari. Ularning aksonlari har bir segmentda kesishib oq bitishma orqali qarama-qarshi tomondagi yon tizimchaga o‘tadi. Bu yo‘lning bir qismi kesishmay orqa miyaning o‘z tomonidagi yon tizimchasi orqali yo‘naladi. So‘ngra bu yo‘lning kesishgan va kesishmagan tolalari uzunchoq miya, ko‘prik orqali o‘tib o‘rta miyaga boradi. O‘rta miyaning to‘rt tepaligi pastki tepachalari sohasida kesishmagan tolalar kesishadi. Shunday qilib to‘liq kesishgan Govers yo‘li miyaning ustki yelkani sohasida ikkinchi marta kesishib o‘z tomoniga o‘tadi va miyachaning ustki oyoqchalari orqali ustki chuvalchang po‘stlog‘ida tugaydi.
III neyron ustki chuvalchang po‘stlog‘i hujayralari. Ularning aksonlari miyachaning tishli o‘zagida tugaydi.

Orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi orqa yo‘l - tractus spinocerebellaris posterior (134-rasm) .






Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling