Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)
-rasm. Tractus spinocorticalis
Download 0.54 Mb.
|
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- (tractus nucleothalamicus)
- (nucleus proprius)
131-rasm. Tractus spinocorticalis.
1.orqa miya tuguni; 2.I-neyron; 3.II-neyron; 4.III-neyron. Propriotseptiv markazga intiluvchi yo‘llar mushaklar, paylar, bo‘g‘im xaltasi, boylamlardan kelayotgan nerv impulslarini orqa miyadan bosh miyaga o‘tkazib beradi. Sezuvchi uzun proektsion o‘tkazuv yo‘llari ekstratseptorlar, propriotseptorlar va interotseptorlardan kelayotgan impulslarni orqa miyadan bosh miya po‘stlog‘ining sezuv, harakat markaziga va miyachaga o‘tkazib beradi. Ular uch neyrondan iborat bo‘lib, birinchi neyroni bosh va orqa miyadan tashqarida, orqa miya tuguni yoki bosh miya nervlarining sezuvchi tugunlarida joylashgan sohta unipolyar hujayralar tashkil qiladi. 1.Orqa miya bilan miya po‘stlog‘i o‘rtasidagi chuqur (propriotseptiv) sezgini o‘tkazuvchi yo‘l - tractus spinocorticalis (131-rasm) Bu yo‘l mushaklar, paylar va bo‘g‘imlardan ta’sirotni qabul qiluvchi propriotseptorlardan boshlanib, bosh miya yarimsharlarining markaz orqa pushtasida tugaydi. U uch neyrondan iborat. Bu yo‘lning birinchi neyroni hujayralari orqa miya tugunining sohta unipolyar hujayralaridan iborat. Ularning periferik o‘simtalari orqa miya nervlari tarkibida proprioretseptorlardan ta’sirotni olib keladi. Ularning markaziy o‘simtalari orqa ildiz tarkibida orqa shoxga kirmasdan orqa tizimchaga Goll va Burdax dastalariga o‘tadi. Orqa tizimcha tarkibida birinchi neyron tolalari uzunchoq miyaning nozik va ponasimon o‘zaklari hujayralarida tugaydi. Ponasimon dasta orqa tizimchada tashqariroq joylashib, oyoqlar va tananing pastki qismidan yoki pastki 19 ta orqa miya tugunlaridan (8 ta pastki ko‘krak, 5 bel, 5 dumg‘aza va 1ta dum) keluvchi tolalardan iborat. Nozik dasta ichkariroq joylashib, orqa miyaning yuqorigi ko‘krak va barcha bo‘yin segmentlari yoki tananing yuqori qismi va qo‘ldan kelayotgan tolalardan iborat. II neyron nozik va ponasimon o‘zak hujayralari. Ularning tolalari uzunchoq miyada o‘zaro kesishib, qovuzloq kesishmasini (decussatio lemnisci) hosil qiladi va medial qovuzloq tarkibiga kiradi. Medial qovuzloq (lemniscus medialis) tarkibida ikkinchi neyron tolalari ko‘prik va o‘rta miyaning qopqoq qismidan o‘tib ko‘ruv bo‘rtig‘ining ventro-lateral o‘zagida tugaydi. Nozik o‘zak hujayra tolalari medial qovuzloqning oldingi qismida joylashsa, ponasimon o‘zak hujayra tolalari orqa qismida joylashadi. III neyron ko‘ruv bo‘rtig‘ining ventro-lateral o‘zagi hujayralari. Ularning aksonlari ichki xaltaning orqa oyoqchasi orqali o‘tib, bosh miyaning markaz oldi va markaz orqa pushtalarida tugaydi. Bosh mushaklari, chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi xaltasi va boylamlardan propriotseptiv impulslar uch shoxli, yuz va til yutqun nervlari tarkibidagi o‘tkazuv yo‘llari orqali o‘tadi. Bu yo‘llar ham uch neyronli. I neyron uch shoxli nerv tugunining sohta unipolyar hujayralari. Ularning periferik o‘simtalari uch shoxli nerv shoxlari tarkibida chaynov, og‘iz tubi mushaklari va ko‘z mushaklarida propriotseptorlar bilan tugaydi. Markaziy o‘simtalari sezuvchi ildiz tarkibida uch shoxli nervning ko‘prik o‘zagiga boradi. Bu o‘zak hujayra aksonlari ikkinchi neyronni hosil qilib, qarama-qarshi tomonga o‘tadi va (tractus nucleothalamicus) tarkibida ko‘ruv bo‘rtig‘ining ventro-lateral o‘zagiga boradi. Bu o‘zak hujayralari uchinchi neyronni hosil qilib, ularning aksonlari (tractus talamocorticalis) tarkibida ichki xaltaning orqa oyoqchasini o‘rta qismidan o‘tib markaz oldi pushtasi po‘stlog‘ining to‘rtinchi qavatida tugaydi. Mimika mushaklari proprotseptorlaridan impulslar VII juft bosh miya nervi, til va yutqin mushaklaridan esa IX, X, XII juft bosh miya nervlari tarkibida o‘tadi. Propriotseptiv o‘tkazuv yo‘li kesishgan bo‘lib, u jarohatlanganda tana qismlarining holati, vibratsion va qisman taktil sezgi yo‘qoladi. Harakatni muvofiqlashtirish buzilib, ataksiya paydo bo‘ladi. 2. Orqa miya bilan miya po‘stlog‘i o‘rtasidagi yuza (og‘riq va harorat) sezgilarini o‘tkazuvchi yo‘l - tractus spino-thalamo-corticalis (132-rasm). Bu yo‘l teri, shilliq va seroz pardalardan ta’sirotni qabul qiluvchi ekstratseptorlardan boshlanib, bosh miya yarimsharlarining markaz orqa pushtasida tugaydi. U uch neyrondan iborat. I neyron orqa miya tuguni sohta unipolyar hujayralarining periferik o‘simtalari - orqa miya nervlari tarkibida ekstrotseptorlardan ta’sirotni olib keladi. Uning markaziy o‘simtalari orqa ildiz tarkibida orqa miya orqa shoxining xususiy o‘zagi (nucleus proprius) hujayralarida tugaydi. I Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling