Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)
-rasm. Tractus spino-talamo-corticalis
Download 0.54 Mb.
|
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- (tractus nucleothalamicus)
132-rasm. Tractus spino-talamo-corticalis.
1.orqa miya tuguni; 2.I-neyron; 3.II-neyron; 4.III-neyron I neyron hujayralari orqa miyaning xususiy o‘zagi hujayralari, ularning aksonlari oldingi oq bitishma orqali qarama-qarshi tomondagi yon tizmachaga o‘tadi. Yon tizimchada bu yo‘l Govers dastasidan ichkariroqroq joylashib oldingi va orqa qismlarga bo‘linadi. Uning oldingi qismidan og‘riq sezgisini o‘tkazuvchi tolalar, orqa qismidan harorat sezgisini o‘tkazuvchi tolalar o‘tadi. Uzunchoq miya sohasida bu yo‘l oliva o‘zagidan dorsalroq joylashib medial qovuzloqqa yaqinlashadi va u bilan birga ko‘prikning orqa qismi, o‘rta miyaning qopqoq qismlaridan o‘tib ko‘ruv bo‘rtig‘ining tashqi o‘zagida tugaydi. Ikkinchi neyron tolalarining bir qismi orqa miyaning oldingi tizimchasi bo‘ylab ko‘tariladi. III neyron ko‘ruv bo‘rtig‘ining lateral o‘zagi xujayralari. Ularning aksonlari ichki kapsulaning orqa oyoqchasining o‘rta qismi orqali o‘tib bosh miya markaz orqa pushtasining IV qavatida tugaydi. Yuz va qisman bosh terisidan og‘riq sezgisi ham uch shoxli nerv tolalari orqali o‘tadi. Bu yo‘l uch neyronli. I neyron uch shoxli nerv tugunining sohta unipolyar hujayralari. Ularning periferik o‘simtalari uch shoxli nerv shoxlari tarkibida yuz va bosh terisida ekstrotseptorlar bilan tugaydi. Ko‘z nervi tarkibida peshona, ko‘zning ichki burchagi, burun ildizi, yuqori qovoq va boshning tepa qismi terisiga; yuqori jag‘ nervi tarkibida pastki lab, yonoq, ustki lab, qisman chakka terisiga: pastki jag‘ nervi tarkibida pastki lab, yonoq, engak, chakka va qisman quloq suprasi terisiga tolalar boradi. Ularning markaziy o‘simtalari sezuvchi ildiz tarkibida ko‘prikka kiradi, keyin pastga tolalar dastasi shaklida yo‘nalib uch shoxli nervning orqa miya yo‘li o‘zagida tugaydi. II neyron uch shoxlik nervning orqa miya yo‘li o‘zagi hujayralari. Ularning aksonlari qarama-qarshi tomonga o‘tib medial qovuzloqqa qo‘shiladi va (tractus nucleothalamicus) tarkibida ko‘ruv bo‘rtig‘ini ventro-lateral o‘zagiga boradi. III neyron ventro-lateral o‘zak hujayralari. Ularning aksonlari (tractus thalamocorticalis) tarkibida ichki kapsulaning orqa oyoqchasini o‘rta qismidan o‘tib, markaz orqa pushtaning pastki uchdan birida tugaydi. Uch shoxli nerv tarkibida bosh va yuz terisidan tashqari yuqori va pastki jag‘, lablar, milklar, tishlar, og‘iz bo‘shlig‘i devori, ko‘z olmasi, ko‘z yoshi qopi, burun bo‘shlig‘i va va burun yon bo‘shliqlari shilliq pardasidan ham og‘riq va harorat sezgisini olib keladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling