Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)


Download 0.54 Mb.
bet25/39
Sana28.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1011476
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4

Dumg‘aza chigali
Dumg‘aza chigali (plexus sacralis) V bel (LV), yuqoridagi to‘rtta dumg‘aza ( SI-SIV), qisman IV bel (LIV) orqa miya nervlarining oldingi shoxlarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Dumg’aza chigali asosi dumg‘aza suyagining chanoq teshiklariga, uchi esa katta o‘tirg‘ich teshigiga qaragan uchburchak shaklida bo‘lib, chanoq fastsiyasi bilan noksimon mushak o‘rtasida yotadi. Dumg‘aza chig‘alining shoxlari uzun va qisqa guruhlarga bo‘linadi.
Dumg‘aza chigalining qisqa shoxlariga mushaklarga boruvchi shoxlar, ustki va pastki dumba nervlari, shuningdek uyatli nerv kiradi.
1.Mushaklarga boruvchi nervlar (n. musculi obturatorius internus, n.musculi piriformus, n.musculi quadratus femoris) noksimon mushak osti teshigi orqali chiqib shu nomdagi mushaklarni innervatsiya qiladi.
2.Yuqorigi dumba nervi (n. gluteus superior) chanoq bo‘shlig‘idan noksimon mushak usti teshigidan shu nomdagi arteriya va vena bilan tashqariga chiqib, o‘rta va kichik dumba mushaklari orasida yotadi. Bu nerv o‘rta va kichik dumba, hamda sonning keng fassiyasini taranglovchi mushaklarni innervatsiya qiladi.
3.Pastki dumba nervi (n. gluteus inferior) chanoq bo‘shlig‘idan noksimon mushak osti teshigi orqali o‘z nomidagi arteriya va vena, o‘tirg‘ich nervi, uyatli nerv va sonning orqa teri nervi bilan birga chiqadi. Nerv katta dumba mushagini va chanoq-son bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi.
4.Uyatli nerv (n. pudendus) chanoq bo‘shlig‘idan noksimon mushak osti teshigi orqali chiqib, o‘tirg‘ich o‘simtasining orqasidan aylanib o‘tib, kichik o‘tirg‘ich teshigi orqali o‘tirg‘ich-to‘g‘ri ichak chuqurchasiga kiradi. Bu chuqurchada oldinga tomon yo‘naladi va undan quyidagi shoxlar chiqadi: a) pastki to‘g‘ri ichak nervlari (nn. rectales inferiores) tashqi teshikni qisuvchi mushakni va tashqi teshik sohasidagi terini innervatsiya qiladi; b) oraliq nervlari (nn. perineales) o‘tirg‘ich-g‘ovak tana, so‘g‘on-g‘ovak tana, oraliqning yuza va chuqur ko‘ndalang mushaklarini, hamda oraliq terisini innervatsiya qiladi; d) orqa yorg‘oq nervlari (nn. scrotalis posteriores) erkaklarda yorg‘oqning orqa yuzasi terisini; ayollarda katta uyatli lablar nervlari (nn. labiales posteriores) katta uyatli lablar terisini innervatsiya qiladi. Uyatli nervning oxirgi shoxi olotning (klitorning) dorsal nervi (n. dorsalis penis), (clitoridis), shu nomdagi arteriya bilan siydik-tanosil to‘sig‘idan o‘tib olotning (klitorning) g‘ovak tanasi va boshini, olot terisini, ayollarda katta va kichik uyatli lablarni, oraliqning chuqur ko‘ndalang mushagi va uretrani qisuvchi mushakni innervatsiya qiladi.
Dumg‘aza chigalining uzun shoxlariga son terisining orqa nervi va o‘tirg‘ich nervi kiradi (140-rasm).
1.Son terisining orqa nervi (n.cutaneus femoris posterior) noksimon mushak osti teshigidan pastga yo‘naladi. Sonda nerv yarimpay va sonning ikki boshli mushagi o‘rtasidagi egatda sonning keng fassiyasi ostida yotadi. Nerv shoxlari fastsiyani teshib o‘tib sonning orqa medial yuzasi terisini taqim osti chuqurchasigacha innervatsiya qiladi. Bu nervdan katta dumba mushagining pastki chekkasidan chiquvchi nn. clunium inferiores lar dumba sohasi terisini, oraliq shoxlari (rr. perineales) oraliq terisini innervatsiya qiladi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling