Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)


-rasm.Qo‘l kafti nervlari


Download 0.54 Mb.
bet23/39
Sana28.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1011476
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4

139-rasm.Qo‘l kafti nervlari.

1-n.medianus; 2-n.ulnaris; 3-r.superficialis n. ulnaris 4-r.profundus n.ulnaris; 5-nn.digitales palmares communis; 6-nn.digitales palmares proprii.


.Bilakning medial teri nervi (n. cutaneus antebrachii medialis) medial dastadan boshlanib yelka arteriyasini yonida yotadi.


Yelkaning o‘rta qismida fassiyani teshib teri ostiga chiqib bilakka tushadi va bilakning oldingi medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi.


Yelka chigalining orqa dastasini bevosita davomi bilak nervi (n. radialis) dir. Bu nerv yelkaning chuqur arteriyasi bilan yelka-mushak kanalida yelka suyagini aylanib o‘tadi. Yelkaning lateral mushaklararo to‘sig‘ini teshib o‘tganidan keyin nerv pastga tomon yo‘nalib yelka va yelka-bilak mushaklari o‘rtasida yotadi. Tirsak bo‘g‘imi sohasida u yuza va chuqur shoxlarga bo‘linadi. Yelkada bilak nervi yelkaning orqa guruh mushaklarini (yelkaning uch boshli va tirsak mushagi) va yelka bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. Uni yelkaning orqa teri shoxi (n. cutaneus brachii posterior) yelkani orqa tashqi yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Bilak nervining yuza shoxi (r. superficialis) bilakning oldingi yuzasiga chiqib, bilak egatida o‘z nomidagi arteriyani tashqi tomonida yotadi. Bilakning pastki uchdan bir qismida nerv yelka-bilak mushagi va bilak suyagi o‘rtasidan bilakning orqa yuzasiga o‘tadi. Bilak fassiyasini teshib o‘tgach yuza shox 5 ta barmoqning orqa nervlariga (nn. digitales dorsalis) bo‘linadi. Ular I, II va III barmoq bilak tomoni orqa yuzasi terisini proksimal falangalari sohasigacha innervatsiya qiladi. Bilak nervining chuqur shoxi (r. profundus) bilakning orqa yuzasiga o‘tib, barcha orqa guruh mushaklarni innervatsiya qiladi. Uning oxirgi shoxi bo‘lgan orqa suyaklararo nerv (n.interosseus posterior) o‘z nomidagi arteriya bilan yo‘nalib, atrofida joylashgan mushaklarni innervatsiya qiladi.
Bilak nervidan yelka-mushak kanalida chiqqan bilakning orqa teri nervi (n. cutaneus antebrachii posterior) yelka fassiyasini teshib o‘tib, yelkaning pastki qismi orqa yuzasi va bilakning orqa yuzasi terisini innervatsiya qiladi.
Qo‘l terisini innervatsiya qilishda yelka chigalining qisqa va uzun shoxlari ishtirok etadi. Yelka sohasi terisini qo‘ltiq osti, yelkaning medial teri nervi va bilak nervi shoxlari innervatsiya qiladi. Bilak sohasi terisini mushak-teri nervi, bilakning medial teri nervi va bilak nervining shoxlari innervatsiya qiladi. Qo‘l panjasining kaft yuzasini bilak suyagi tomondan 3,5 barmoq terisini oraliq nerv, tirsak suyagi tomondan 1,5 barmoq terisini tirsak nervi shoxlari innervatsiya qiladi. Qo‘l panjasining orqa yuzasini bilak suyagi tomondan 2,5 barmoq terisini bilak nervi, tirsak suyagi tomondan 2,5 barmoq terisini esa tirsak nervi innervatsiya qiladi.

Ko‘krak nervlarining oldingi shoxlari (qovurg‘alararo nervlar)


Ko‘krak nervlarining oldingi shoxlari (qovurg‘alararo nervlar) (138-rasm) 12 juft bo‘lib, segmentar joylashgan. Ular qovurg‘alar oralig’idan tashqariga va oldingi tomonga yo‘naladi. Ustki 11 juft nervlar qovurg‘alararo nervlar (n. intercostalås) deb ataladi, chunki ular qovurg‘alar oralig‘ida tashqi va ichki qovurg‘alararo mushaklar o‘rtasida joylashadi. O‘n ikkinchi nerv XII qovurg‘a ostida joylashgani uchun qovurg‘a osti nervi (n. subcostalis) deb ataladi. Bu nervlarning barchasi dastlab qovurg‘a egatida shu nomli arteriya va vena bilan birga joylashadi. Har bir qovurg‘alararo nervdan mushaklarga boruvchi shoxlar, hamda lateral va oldingi teri shoxlari chiqadi. Ularning mushak shoxlari (rr.musculares) ko‘krakning autoxton mushaklarini (m.intercostales externi et interni, m. transversus throracis, m. subcostalis) innervatsiya qiladi. Yuqoridagi 6 juft qovurg‘alararo nervlarning oldingi teri shoxlari (rr. cutanei anteriores) to‘sh suyagigacha yetib boradi. Pastki besh juft qovuralararo va qovurg‘a osti nervlari qovurg‘alar oralig‘idan chiqqanidan keyin qorinning ichki qiyshiq va ko‘ndalang mushaklari o‘rtasidan yo‘nalib, qorin to‘g‘ri mushagi qinini teshib o‘tadi va qorinning oldingi devori terisini innervatsiya qiladi. Ularning mushak shoxlari ko‘krakning autoxton va qorin mushaklarini (m.obliquus internus abdominis, m.obliquus externus abdominus, m.transversus abdominus, m.rectus abdominus, m.quadratus lumborum) innervatsiya qiladi.


Q
138- rasm. Qovurg‘alararo nervlar.

1-nn.intercostalis; 2-rr.cutanei anteriores; 3-m.transversus abdominis; 4-n.ilioinguinalis; 5-n.iliohypogastricus; 6-n.subcostalis; 7-costa XII; 8-r.cutaneus lateralis; n. intercostalis; 9-costa I


ovurg‘alararo nervlarning lateral teri shoxlari
(rr.cutaneus lateralis) o‘z navbatida oldingi va orqa shoxlarga bo‘linib, ko‘krak
qafasi va qorin devorini tashqi sohasi terisini innervatsiya qiladi. Ayollarda IV-VI qovurg‘alararo nervlarning lateral shoxlari (rr. mammarii laterales) va II-IV nervlarning oldingi shoxlari (rr. mammarii mediales) sut bezlarini innervatsiya qilishda ham ishtirok etadi.
Bel, dumg‘aza va dum nervlarining oldingi shoxlari o‘zaro birikib bel va dumg‘aza chigalini hosil qiladi.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling