Neveler haqida ma'lumot reja: Nivelir turlari Nivellirlarni tekshirish va tuzatish
Download 22.39 Kb.
|
1 2
Bog'liqNEVELER HAQIDA MA\'LUMOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Neviiler turlari
- Foydalanilgan adabiyotlar Arxiv.uz Wikipediya uz Tilame.uz
Nivelirlash — geodezik oʻlchashning bir turi; yer nuqtalari balandliklari farqi (nisbiy balandligi) aniklanib, ular orqali ushbu nuqtalarni qabul qilingan boshlangʻich sathdan hisoblanadigan balandliklari topiladi. Oʻzbekiston hududida bajariladigan asosiy geodezik-topografik ishlarda nuqtalar balandligini Kronshtadt (Sankt-Peterburg) futshtogining nol chizigʻi (shtrixi)ga nisbatan hisoblash qabul qilingan (qarang Mutlaq balandlik). N.ni bajarish uslubiga qarab geometrik N., trigonometrik N., fizik (gidrostatik, barometrik va aero) N. va stereofotogrammetrik N. turlariga boʻlinadi. Geometrik N. gorizontal vizir nur, trigonometrik N. esa kiya vizir nur yordamida bajariladi. Stereofotogrammetrik N. bir joyning ikkita qoʻsh aerosuratlarini maxsus optik asbob (Mas, stereoskop)da kuzatib hosil qilinadigan joy rel-yefi modelida oʻlchab bajariladi. Geometrik N. nisbatan sodda va anikligi yuqori boʻlib, amalda juda keng qoʻllanadi; trigonometrik N. esa aniqligi nisbatan past, u togʻli hududlarda qoʻllanadi. Katta hududlarning topofafik haritalarini tuzishda stereofotogrammetrik N. asosiy hisoblanadi.
1.Neviiler turlari Aniqligi bo’yicha nivelir 3turga bo’linadi: Yuqori aniqlikdagi nivelirlar( H-05, H-05K (Rossiya), raqamli nivelirlar Dini 11 t, Dini 21 (Germaniya), Aniq nivelirlar ( H-3, 2H-3, H-3KЛ) Texnik nivelirlar (H-10, 2H-10KЛ) Yuqori aniqlikdagi nivelirlar 1- va 2- klass nivelirlashda, aniq nivelirlar3- va 4-klass va texnik nivelirlar texnikaviy nivelirlashda( topografik syomkalar va muxandislik qurilish ishlarida qo’llaniladi. Nivelir shifridagi raqam 1km nivelir yo’lini ikki tomonga nivelirlashdagi yo’l qo’yadigan o’rta kvadratik xatoga bildiradi.Yuqoridagi keltirilgan nivelirlar 2xil qilib tayyorlanishi mumkin:ko’rish trubasi yonida silindirli adilak o’rnatilgan va og’ish burchagining kompensatori bilan ta’minlangan nivelirlar. Kompensator o’rnatilgan nivelir nomiga Л xarfi qo’shiladi. XULOSA Silindirli adilakli nivelior H-3. Silindirli adilak ko’rinish trubasining yonoga o’rnatilagan va trubasi elavatsion vint bilan ta’minlangan. Slindirli adilak pufakchasi uchlarining tasiri truba ko’rish maydoniga uzatiladi . Ko’rish trubasi obyektiv 10 nishon 13 bo’yich reykaga qaratiladi, u predmet ta’sirini teskari hosil qiladi. H-3 niveliri asosan ko’rish trubasi 1, slindirli adilak 2, doiraviy adilak 3, maxkamlash vinti 6, to’g’irlash vinti 7, elavatsion vint 8,dan iborat. Nivelir silindr shaklidagi aylanish o’qi bilan taglik 4 ga o’rnatilgan. Ko’rish trubasining chap yonida silindirli adilak bilan birgalikda adilak pufakchasi yarim pallalarning tasvirini ko’rish maydoniga uzatiladigan prizmalar joylashgan Trubaning o’ng yonida kuzatilyotgan reyka tasvirini fokuslovchi vint kremalyera 5 o’rnatilgan. Reykadan sanoq olishdan oldin elavatsion vint yordamida silindrli adilak o’qi gorizontal xolatga keltiriladi, ya’ni ko’rish maydoniga adilak pufakcha yarim pallalarning tasvirini tutashtiradi. Silindrli adilak tuzatish uchun adilak joylashgan qutining okulyar tomonida qopqoq bilan bekitibqo’yilgan to’rtta tuzatgich vint bor. Asbob aylanish o’qini taxminan vertikal xolatga (shovun yo’nalishiga) keltirish uchun uchta ko’targich vint 11 yordamida doiraviy adilak pufakchasi o’rtaga keltiriladi.doiraviy adilak zarur paytda uchta tuzatgich vint 12 bilan tuzatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar Arxiv.uz Wikipediya uz Tilame.uz Download 22.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling