Nevrologiya va nevropatologiya haqida umumiy tushunchalarni


Download 5.2 Mb.
bet6/7
Sana30.10.2023
Hajmi5.2 Mb.
#1734966
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Klinika 1-mavzu

Nerv to‘qimasi
Nerv to‘qimasi nevronlar, nevrogliya va ularni qon bilan ta’minlovchi qon tomirlardan tashkil etgan. Nevron deb, nerv hujayrasi va uning o‘siqlariga aytiladi. Bosh miya va orqa miyaning kulrang moddasi – nerv hujayrasi yig‘indisidan iborat. Periferik nervlar ham bosh miya, orqa miya va nerv tugunlaridagi hujayralarning o‘siqchalardan iborat.
Nevronlar – Nerv hujayrasi nerv to‘qimasining asosiy strukturasi hisoblanadi. Mikroskopik tekshiruvda markaziy nerv sistemasida xilma-xil nevronlar borligini kuzatish mumkin. Ular bir-biridan avvalo hajmi va shakli jixatidan farq qiladi. Masalan, bosh miya oldingi markaziy pushtasining beshinchi qavatidagi hujayralar – piramidasimon (Besh hujayralari), orqa miyaning oldingi shohidagi hujayralar – yulduzsimon, orqa miya tugunidagi (ganglion spinale) hujayralar esa oval shaklga ega.
Nerv hujayralarining kattaligi har xil 4-6 mikrondan 120 mikrongacha boradi. Nerv hujayralarining katta yoki kichikligi undan chiquvchi nerv tolalarining uzunligiga va shu hujayralarni nerv bilan ta’minlaydigan maydon hajmiga bog‘liq.
Nerv to‘qimasining hujayralari organizmdagi boshqa to‘qimalarning hujayralaridan o‘z o‘siqchalari bilan farqlanadi. Nerv hujayralarining o‘siqchalari ikki xil bo‘ladi:
1. Kalta, sershox o‘siqchalar (dendritlar).
2. Uzun o‘siqcha (akson yoki neyron).
Aksonlarning tuzilishiga qarab nerv hujayralari ikki to‘rga bo‘linadi.
Birinchi turdagi hujayra – katta va aksonlari uzun bo‘lib (masalan, piramida yo‘li, spinotalamik va gangliobulbar yo‘llar), uzun nerv yo‘llarini tashkil etadi.
Ikkinchi turdagi hujayralarning aksonlari kalta bo‘lib, hujayradan uzoqlashmasdan turib tugallanadigan tolalarga bo‘linadi. Bularga oraliq nevronlar deyiladi. Ularning funksiyasi impulslarni bir hujayradan ikkinchisiga o‘tkazishdir.
MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIG‘I
  • Yakka bajarish uchun “Alohida ehtiyojli bolalar nevropotologiyalari” kichik esse(150-200 so‘z) yozish

  • 2. Jamoa bo‘lib bajarish uchun “Nevropotologik kasalliklar” mavzusida fotoalbom, videotaqdimot tayyorlash

ASSISMENT
topshirig‘i
(o‘z-o‘zini tekshirish, nazorat)
Quyidagi jadvalda berilgan test va topshiriq javoblarini daftaringizga qayd eting.Dars yakunida javoblaringizni natijasini ayting.

TEST:
Nevropotologiya fani- …. hisoblanadi.
  • tibbiy fanlar qatoridagi fan bo‘lib, nerv sistemasini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan.
  • inson nerv sistemasi faoliyatini buzilishi sabablari va ana shu buzilishlarni oldini olish, davolash usullarini tadqiqot qilish haqidagi fan
  • sut emizuvchilar nerv sistemasi, uning tuzilishi, kasalliklari va ularni davolash haqidagi fan.
  • Hammasi to‘g‘ri


Download 5.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling