Nevrologiya va nevropatologiya haqida umumiy tushunchalarni
Download 5.2 Mb.
|
Klinika 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston nevrologiyasi
Rossiya nevrologiyasi
Dunyo nevrologiya bo‘yicha taraqqiyotida Rus nevrologiyasi alohida o‘rin tutadi. Unga o‘z davrining yetakchi olimlaridan biri A.Ya.Kojevnikov asos solgan. A.Ya.Kojevnikov rahbarligida 1869 yili Moskva dorilfununida birinchi nerv kasalliklari kafedrasi ochilgan. Bu kafedra butun dunyoga taniqli V.K.Rot, L.O.Darkshevich, S.S.Kar-soqov, G.I.Rassolimo kabi yirik olimlar yetishtirdi. Nevrologiya bo‘yicha birinchi o‘quv qo‘llanmasi ham A.Ya.Kojevnikov qalamiga mansub (1883). 1987 yilda u “Moskva nevropatologlari va psixiatrlari” jamiyatini tuzgan. Rus nevrologiyasining nazariy qismiga esa fiziolog olimlardan I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, N.E.Vvedenskiy va A.A.Uxtomskiylar asos soldi. Peterburgda nevrologiya fanining rivojlanishi rus tibbiyotini yirik arboblari V.M.Bexterev va L.V.Blumenau nomlari bilan bog‘liqdir. Inson ruhiyati va nervining bilimdoni V.M.Bexterev 1908 yilda psixonevrologik tashkil qildi. Uning inson ruhiyatiga taalluqli 700 nafardan ortiqroq ilmiy asarlari hozirgacha tibbiyot xodimlari tomonidan o‘rganib kelinmoqda. Nevrologiya fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mashhur olimlar M.I.Astvasaturov, I.Ya.Razdolskiy va A.V.Triumfovlar, V.M.Bexterevning shogirdlaridir. O‘zbekiston nevrologiyasi Nevrologiya faniga garchi bundan ming yil ilgari Abu Ali ibn Sino asos solgan bo‘lsada, faqat XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Yevropa meditsinasidan nevrologiya alohida fan sifatida ajralib chiqa boshladi. O‘zbekistonda nevrologiya fanining rivojlanishiga O‘rta Osiyo Davlat dorilfununining ochilishi asos bo‘ldi. 1920 yil 1 yanvarda dorilfununning tabobat fakulteti qoshida nerv kasalliklari kafedrasi tashkil etildi. Bu nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda Nevrologiyaning rivojlanishiga yo‘l ochib berdi. Nerv kasalliklari kafedrasiga professor M.L.Zaxarchenko asos soldi va 1939 yilgacha unga mudirlik qildi. 1940 yildan 1959 yilgacha kafedrada professor A.Ya.Shargorodskiy, 1963-1965 yillar davomida professor S.G.Oxundovlar mudir bo‘lganlar. 1966 yildan beri esa bu kafedraga Ovrupo va Osiyo meditsina fanlari akademiyasining akademigi, professor N.M.Majidov rahbarlik qilib kelmoqda. Download 5.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling