Nevrologiya va nevropatologiya haqida umumiy tushunchalarni
Download 5.2 Mb.
|
Klinika 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy nevrologiya.
O‘RTA ASR NEVROLOGIYASI
Abu Ali ibn Sino nevrologiyasi Buyuk alloma, o‘rta asr ilm – fanining yorqin yulduzlaridan biri, o‘z davrida yerdan osmondagi yulduzlargacha bo‘lgan muammolar sir-asrorini o‘rganib, bilimlarini kelgusi avlodlarga o‘lmas meros qilib qoldirgan ulug‘ donishmand Abu Ali ibn Sino (Evropada Avitsenna) 980 yilning sentyabr oyida Buxoroning Afshona qishlog‘ida savodli, ma’rifatparvar oilada dunyoga keldi. Unga Xusayn deb nom qo‘yishdi. U ustozi Notilidan ipak yo‘li orqali bizgacha yetib kelgan Buqrot, Aflotun, Arastu kabi olimlarning buyuk ishlarini o‘rgandi. Ibn Sinoda ayniqsa tibbiyot fani katta qiziqish uyg‘otdi. Buni sezgan otasi mashhur shifokor ar-Roziyning «Tibbiyot majmuasi» asarining 30 jildini topib unga beradi. Bu davrda Buxoroga ulug‘ mutafakkir olim, donishmand hakim, Abu Rayhonning ustozi Abu Saxl Masixiy keladi. Bundan foydalanib, Abdullo ibn Sino o‘g‘li Xusaynni unga shogirdlikka topshiradi. Ibn Sinodagi tibbiyotga bo‘lgan qiziqishni va iste’dodni sezgan ustozi unga Forobiyning «Nazariy va amaliy tibbiyot» asarini armug‘on etadi va o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Ibn Sino birinchi bo‘lib umumiy nevrologiya bilan xususiy nevrologiyani bir-biridan ajratib berdi, inson a’zolari funksiyasini ularning tuzilishi bilan chambarchas bog‘liq ravishda bayon qildi. Umumiy nevrologiya. Ibn Sino a’zolarni bosh miya va itoatkor organlarga bo‘lib chiqqan, bosh (markaziy) organlarga bosh va orqa miyani kiritgan. Alloma bosh miyani his-tuyg‘u va harakatning boshlang‘ich organi deb ta’rifladi. Bosh miya anatomiyasini batafsil bayon qilgan: miya qutisi ichidagi simmetrik 2 ta yarim sharning chuqur egat bilan bo‘linib, 4 bo‘lmachaga bo‘lingani, ular har birining funksiyalari, qon tomirlar bilan ta’minlangani, miya pardalari, qorinchalari, miya ustunini juda ustalik bilan bayon qilgan. Bosh miya qorinchalari, sisternalari va ularda orqa miya suyuqligi (likvor) ishlab chiqilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida e’tiborga ega. Ayniqsa, bosh miya qon tomirlari, uning qon bilan ta’minlanishi shu qadar aniqlik va ustalik bilan bayon qilinganki, bunga hozirgi zamon tadqiqotchilari o‘zgartirish kiritishi amri maholdir. Ibn Sino bosh miyani «ong markazi» deb ta’riflaydi. Bu organ orqali biz dunyoni ko‘ramiz, eshitamiz, mushohada qilamiz, hid bilamiz. Salbiy va ijobiy his-tuyg‘ularning junbushga kelishi ham markazga bog‘liq. Bu organda fikr paydo bo‘ladi, fikrdan esa bilim tug‘iladi. Ichki organlarning faoliyati, ishlash tarzi ham bosh miyaga bog‘liq. Download 5.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling