New uzbekistan: innovation, science and education
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
Апрель 2023 10-қисм
Тошкент ‘‘ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН: ИННОВАЦИЯ, ФАН ВА ТАЪЛИМ’’ kamol toptirish, ularda insoniy fazilatlarni shakllantirishga e’tibor bergan. Abdurauf Fitrat o‘z asarlarida o‘quvchilarga zamonaviy, dunyoviy bilim berish kerakligi, xalqning ijtimoiy, ma’rifiy ongini oshirish, ma’rifat, milliy taraqqiyot, milliy istiqlol haqida nazariy qarashlarini bayon qilgan edi. Bu fikrlar bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Fitrat Vatanni sevdi, uni valine’mat deb bildi. U o‘z vatandoshlarini aziz diyori Turkistonni sevish, uni asrash, Vatan va millat saodati, baxti, ravnaqi uchun fidoyilik ko‘rsatish, jasoratli bo‘lishga chorladi: Og‘ir, yigit, sening go‘zal, nurli ko‘zingda Bu millatning saodatin, baxtin o‘qidim. O‘ylashingda, turmushingda hamda o‘zingda Bu yurt uchun qutulishning borligin ko‘rdim. Turma – yugur, tinma – tirish, bukilma – yuksal. Hurkma – kurash, qo‘rqma – yopish, yo‘rilma – qo‘zg‘al. Bu misralarda yoshlarni mustaqil mamlakat ravnaqi uchun kurashga da’vat qilish, ilm olishga, ma’rifat egallashga undash o‘z ifodasini topgan. Fitrat “Xurriyat” gazetasida e’lon qilgan bir maqolasida shunday yozadi: “......har bir kishi o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonishi lozim. Kimki o‘z kuchiga ishonmay, orzu qilgan maqsadlariga intilsa, u, albatta, yarim yo‘lda yiqilib qoladi. Kimki ishonsa, u albatta, boshlagan ishini oxiriga olib boradi. Insonga xos bu his-tuyg‘ularni biz millatda ham ko‘ramiz. O‘zining milliy kuchlariga ishonmaydigan millatlar, albatta, parokanda bo‘ladi. O‘z intilishlarini amalga oshirish uchun tashqaridan yordam kutayotgan xalq sekin-asta jarlikka ag‘anaydi....”.[2] Fitrat inson kamolotida oila, jamoa muhim o‘rin egallashi va aqlning barkamol bo‘lishi, axloqiy poklik, donishmandlik, shijoatlilik kabi insoniy fazilatlarni ulug‘ladi, inson aqliy quvvatining natijasi, aqlning rahbarligisiz saodatga erisha olmasliklarini ta’kidladi. Munavvarqori Abdurashidxonov o‘z pedagogik qarashlarida ta’lim-tarbiya va maorifni isloh qilish jamiyatda milliy rivojlanish va Vatanni bosqinchilardan ozod qilishning asosiy omili bo‘lishi g‘oyasini ilgari surdi,[3] Vatanni ozod qilish, xalq ma’naviyatini yuksaltirish, turmushni farovonlashtirish mumkinligiga ishondi. Munavvarqori bolalar qalbiga Vatan tuyg‘usini singdirishni – ularni fuqarolik burchlarini samimiy e’tiqod bilan ado etuvchilar qilib kamol toptirish omili hisobladi, u yoshlarni bilimlarni puxta egallash, mehnat qilish, umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli bo‘lishga chorladi, ota-onalarni farzandlarida ma’naviyat, nafosat, go‘zallik tuyg‘usini rivojlantirishga da’vat qildi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yoshlarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning asosiy omillari mustaqillik, shaxs erki va huquqlarining tan olinishi, mustaqillik uchun bo‘lgan kurashlar ajdodlarimiz mashaqqatlarini ular ko‘zi o‘ngida gavdalantirish tarixiy tajribalar haqida talabalarni xabardor qilish kabilardan iborat. Shuning uchun ham oliy ta’lim jarayonida ozodligimiz uchun kurashgan, uni tavsiflagan hamda ozodlik, erk, ma’naviyat haqidagi fikrlari bilan unga erishish yo‘lini belgilab bergan ziyolilarning hayot yo‘llari haqida talabalarni ko‘proq xabardor qilish maqsadga muvofiqdir. Mustaqillik bergan eng katta imkoniyat millatparvarlik, vatanparvarlik, ma’naviyat, insoniylik, ozodlik haqidagi o‘gitlarini talaba-yoshlarga yetkazish, ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida o‘z yechimini kutmoqda. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling