New uzbekistan: innovation, science and education


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/61
Sana18.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1573138
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

 
Kalit so’zlar: ta’lim-tarbiya,zamonaviy pedagogik texnologiya,didaktik va rolli o’yinlar.
Farzandlar tinchligi, ularning baxti, 
kamoloti-jamiyatning eng katta boyligi.
Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Prezidenti
Har bir bolada quyosh bor,shu quyoshning nur sochishiga yordam beraylik. Bolalarning qalbi 
ilk boshlang’ich davri ekin ekishga hozirlab qo’yilgan dala kabidir.Biz pedagoglar unga nima 
eksak,nima sochsak o’sadi,bir kuni ekinimizning hosilini o’rishimizga to’g’ri keladi.O’ylab 
ko’raylik-chi,qaysi ota-ona yangi dunyoga kelgan chaqalog’ini olib,zavq-shavq bilan bag’riga 
bosib,uni to’g’ri ,noqobil bo’lib voyaga yetishishini orzu qiladi. Yo’q ,bunday ota-ona topilmaydi. 
Insonlarning yaxshi orzulari yoniga yana tarbiya deb atalmish mashaqqatli mehnat ham jo’r bo’lishi 
kerak! Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa, ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, hayot 
falsafasi. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash 
qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya 
sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim. Har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va 
uni tasavvur etish uchun o‘qituvchi bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi kerak. Buning 
uchun u darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, 
fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Hozirgi zamon ta’lim tizimidagi amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki oldindan puxta loyihalashtirilgan 
dars, albatta, o‘qituvchi va o‘quvchiga darsni qiziqarli bo‘lishi, shuningdek ijobiy natijaga 
erishishlariga imkoniyat yaratadi hamda darsning samaradorligini oshiradi.Boshlang’ich sinf 
o’qituvchilari ta’limning yangi qoidalari bilan tanishtirish natijasida ular quyidagi bilim,ko’nikma 
va malakalarga ega bo’lishadilar:
-Pedagogika, metodika,ta’lim texnologiyasining mazmun –mohiyatini tushunish.
-Pedagogik nazariya va amaliyotning o’zaro aloqadorligini bilish .
-fundamental tadqiqot va amaliy tajribalarni o’z faoliyatiga qo’llash .
-o’quv predmeti va aniq mavzuga tegishli zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash
-turli pedagogik vaziyatlardan muvaffaqiyatli chiqa olish
-mashg’ulotlarni tashabbuskorlik, ijodkorlik ko’rsata olish.
- o’zining shaxsiy uslubiga ega bo’lishi.
Boshlang’ich sinflarda ta’lim ijodkorligi o’qitishda amaliy faoliyatni hisobga olib tashkil etilsa, 
u ijodiy natija berishi mumkin.


39

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling