Neytrinolar fizikasiga kirish
Download 1.43 Mb.
|
sharofat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaryadlangan
Neytrino xuddi foton kabi tarqalgan zarradir. Neytrinolar yadrolar va elementar zarralarning kuchsiz yemirilishida hosil bo’ladi. Elementar zarralar bo’lsa, o’z navbatida, kosmik nurlar protonlarning atmosfera va yulduzlararo gaz zarralari bilan to’qnashuvlarida tug’iladi. Neytrinoning qudratli oqimlari yulduzlar tomonidan ichki sodir bo’luvchi termoyadro reaksiyalari natijasida chiqariladi. Neytrinolar yulduzlarning gravitatsion kollapsida juda mo’l tug’iladi, deb hisoblanadi. Nihoyat, butun fazo Koinot rivojlanishining ilk bosqichlaridan qolgan neytrino gazi bilan to’lgandir, bu gaz relikt nurlanishiga o’xshash bo’ladi.Relikt neytrinoning har bir turidan 1sm³ hajmda taxminan 150 zarra bo’lsa-da, uni amalda kuzatishning ilojini qilish qiyin.
Zaryadlangan leptonlardagidek, neytrino o’zining antizarrasiga aynan o’xshash emas. Bu har xil sharoitlarda tug’ilgan neyrino xossalarining turlicha ekanligida namoyon bo’-ladi.Masalan -yemirilishda da elektron( ) bilan juftda hosil bo’ladigan neytrino teskari reaksiyani vujudga keltirishi mumkin; protonning yad-ro ichida -yemirilishi: + + da positron bilan juftda hosil bo’ladigan neytrino esa, bunday reaksiyani yuzaga keltirmaydi. 50-yillarning o’rtalarida neytrino va antineytrinolarning farqini isbotlagan tajribalar shu xossaga asoslangan edi. Ionlar ( , ) bilan juftda hosil bo’ladigan neytrinoning electron neytrinodan farqi ham quyidagi reaksiyalardan isbotlangan edi. Turli xil neytrinolarning soni haqidagi masala katta qiziqish uyg’otadi.Neytrino xillarining soni geliyning Koinotdagi nisbiy miqdori bilan bog’liq bo’lganligidan, eksperimentalastrofizik ma’lumotlar asosidagina chamalar mavjuddir.Ma’lum bo’lishicha, bu son uncha katta bo’lmay, taxminan 4-6 dir. Shunday qilib, neytrinoning deyarli barcha xillari topilib bo’lingan bo’lsa, ajab emas.Bu savolga javob, tezlatgichlarda bajariladigan tajribalarda aniq bo’ladi. Neytrinoning tinchlikdagi massasi odatda,fotondagidek, 0 ga teng deb hisoblanadi. Biroq, fotondan farqli ravishda, bunga na nazariy, na eksperimental asoslar yo’q. 1980-yilda Eksperimental va nazariy fizika instituti olimlari o’z o’lchashlariga asoslanib, neytrinoning tinchlik massasi 99% ehtimollik bilan 14 dan 36 eV/s² chegaralarida yotishligini e’lon qildilar. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling