Neytrinolar fizikasiga kirish
Download 1.43 Mb.
|
sharofat
I BOB YUZASIDAN XULOSA.
Olimlar uchun no’malum yangi zarra paydo bo’ldi. Bu yangi zarra ham yemiri-lishlarni o’rganayotganda ma’lum bo’lib qoldi va qandaydir no’malum zarracha borligini shunchaki olimlar taxmin qilishdi.Buni aniqlashga urinishganida esa,bu zarra olimlardan har safar qochayotganday edi. U olimlar uni tutish uchun qo’ya-yotgan turli tuzoqlardan bemalol, ya’ni muammosiz va talofatlarsiz o’tib ketar edi. Olimlar buni sababini tushunishmasdi. Qanday qilib unga qo’yilgan to’siqlardan sezilmasdan va eng asosiysi iz qoldirmasdan o’tmaqda deya olimlar ajablanishardi. Olimlar uni izlash uchun boshida o’tkazgan tajribalarda faqatgina energiyani o’g’irlab ketuvchi zarra sifatida namoyon bo’lardi xolos. Uni tutishni boshqacha usullarini qo’llashganda u o’zining xossalarini namoyish qilishni boshladi. Ammo har safar tajribalarda uning turlicha xossalari namoyon bo’laverganidan keyin, olimlar bu zarracha- juda murakkab va ko’p xossalarga ega zarracha degan xulosalarga kelishdi. Bu xosslarni birin-ketin o’rganishni boshlagan olimlar bu zarra zamonaviy fizika uchun juda zarur zarracha ekanligiga ishonch komil qilishdi. Bu zarrachaning turli xossalari o’rganilgan sari zamonaviy fizikaning yo’nalishlari ham , o’zi ham rivojlana bordi. Neytrino zarrasini tutish va uning xossalarini aniqlash olimlar uchun oson bo’lmadi. Ammo, 1-marta bu zarra borligi haqidagi gipoteza(Chedvik amalga oshirgan -yemirilishdan keyin, Pauli “yemirilishda ortiqcha energiyani olib ketuvchi zarra”) va uni 1-marta amalda aniqlanganidan(1936 yilda Aleksandr Ilich Leipunskiy) keyinoq bu zarraga qiziqish juda ortdi.Neytrino fizikasi rivojlanishi avj olib bordi. Chunki bu zarracha elektr jihatdan neytral massasi deyarli 0 , tezligi yorug’lik tezligiga juda yaqin va uning xossalari juda boshqacha bo’lgani uchun bu zarra orqali juda ko’p muvaffaqiyatli ishlar amalga oshishiga olimlar ishonishdi va u olimlar ishonchini oqladi desak ham bo’ladi. Ushbu neytrinolarning kashf etilishi katta muvaffaqiyat bo'lib, u koinotni tengsiz tarzda o'rganish va kuzatish imkonini beradi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling