MUNDARIJA.
Kirish………………………………………………………….2
I bob. NEYTRINOLAR FIZIKASIGA KIRISH
1.1. Neytrinolar fizikasining yuzaga kelishi………………....4
1.2. Neytrinolarning turlari………………………………....12
I bob yuzasidan xulosa…………………………………….......16
II bob. NEYTRINOLAR QO’LLANILISHI
2.1. Neytrinolar ta’sirlashishlari………………………….17
2.2. Neytrinolarni qayd qilish metodlari………………….25
II bob yuzasidan xulosa……………………………………..35
XULOSA……………………………………………………..36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………….37
ILOVA
KIRISH.
Olimlar uchun no’malum yangi zarra paydo bo’ldi. Bu yangi zarra ham yemirilishlarni o’rganayotganda ma’lum bo’lib qoldi va qandaydir no’malum zarra-cha borligini shunchaki olimlar taxmin qilishdi.Buni aniqlashga urinish-ganida esa,bu zarra olimlardan har safar qochayotganday edi. U olimlar uni tutish uchun qo’yayotgan turli tuzoqlardan bemalol, ya’ni muammosiz va talofatlarsiz o’tib ketar edi. Olimlar buni sababini tushunishmasdi. Qanday qilib unga qo’yilgan to’siqlardan sezilmasdan va eng asosiysi iz qoldirmasdan o’tmaqda deya olimlar ajablanishardi. Olimlar uni izlash uchun boshida o’tkazgan tajribalarda faqatgina energiyani o’g’irlab ketuvchi zarra sifatida namoyon bo’lardi xolos
Kurs ishining dolzarbligi.Yadro fizikasi tez rivojlanib borayotgan sohadir. Keyingi yillarda texnika taraqqiyoti ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, bu bilan barcha elementlar yadrolarining kvant xususiyatlarini aniqlash asosiy masala sifatida turibdi. Bu kurs ishining dolzarbligi ham ayni shundan iboratdir.
Hozirgi vaqtda yadro fizikasi fani oldida yadro kuchlar tabiatini, elementar zarralar xususiyatlarini hamda termoyadro reaksiyasini boshqarish va reaksiyalarni olib borishdagi aniqlik kabi eng muhim muammolar turibdi.
Kurs ishining maqsadi.Oliy ta’lim bakalavriat bosqichida fizika kursining “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi” ning neytrinolar fizikasi haqidagi tushunchalarni talabalar uchun sodda usulda tushuntirishning strukturasi va mazmunini takomillashtirilish, neytrinolarning xossalarini va harakatini o’rganishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |