Neytrinolar fizikasiga kirish


Download 1.43 Mb.
bet8/9
Sana08.06.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1464924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sharofat

II BOB YUZASIDAN XULOSA.
Neytrinoning aniqlanishi, uning xossalari o’rganilishi va uni neytrino fizikasining rivojlanishi fiziklar uchun juda yaxshi edi. Neytrinolarning xossalari qo’llanilib fizika rivojlantirildi.Uning xossalari murakkabligi uchun olimlar avval uni ko’proq o’rganishdi.Keyin esa uni amalda qo’llashdi.Masalan, astronomiya hozirda zamonaviy nomi astrofizikaning zamonaviy bilimlari neytrino astronomiyasiga borib taqaladi.Neytrinoli teleskop ham bor. Teleskop qurilma atrofida joylashgan moddaning neytrino bilan o’zaro ta’sirida hosil bo’luvchi myuonlarni tutadi. Uning yordamida o’ta yangi yulduzlarning neytron chaqnashlar; protonning yemirilishi va boshqa tadqiqotlar o’tkaziladi. Neytrino- yerga quyosh va yulduzlardan keluvchi va ular haqida qimmat ma’lumotlarni tashuvchi yagona nurlanish hisoblanadi.

XULOSA.
Neytrinolar fizikasi haqida ma’lumotlar to’plab, ularni tahlil qilib, o’rganishni boshlaganimda bu zarracha haqidagi gipoteza, fikrlar va bu zarrachaning amalda qidirilishi qiziq tuyuldi. Chunki bu zarracha olimlar uchun o’rganilishi qiyin bo’lgan zarrachalar hisobiga kiradi. Masalan, shuni aytishim kerakki, zarracha haqida aytilgan 1-fikrlardan deyarli 1 asr o’tib bu zarra qayerdan kelib chiiqan degan savolga javob bera olishdi. Bu zarrachaning o’rganilishiga to’sqinlik qiluvchi omil bu zarrachaning o’zi edi.Bu zarrachaning xossalari ko’p, elektromagnit ta’sirlada qatnashmaydi, tezligi yorug’lik tezligiga, massasi esa deyarli nolga yaqinligi uchun gravitatsion ta’sirlar orqali o’rganish o’rganish ham murakkablikka olib keladi.Bu zarra umuman kuchli ta’sirlarda qatnashmaydigan leptonlar turiga kirgani uchun bu ta’sirni gapirmasak ham bo’ladi.Bu leptonlar faqatgina kuchsiz ta’sirda qatnashadi.Mana shu tabiatning kuchsiz ta’siri degan tushunchasini ham fanga kiritilishida, uning o’rganilishida neytrinoning hissasi katta.Boshida tutqich bermas zarra olimlar tomonidan aniqlanib, o’rganilib, amalda tadbiq qilingandan keyingina bu zarra qanchalik muhim ekanligi fanga ma’lum bo’ldi.Masalan, yemirilishlarda energiya qayerga ketayotgani to’g’risidagi savolga neytrino javob berdi. Astronomiya, astrofizikaning rivojlanishiga, quyosh va boshqa osmon jismlari, yulduzlar haqida kelayotgan ma’lumotlarni aniqlashda va ular haqidagi ma’liumotlarni tashishda uning o’rni katta. Bu neytrino astronomiyasi rivojlanishi bilan osmon jismi ilmlari jadallik bilan rivojlanib bordi. Bu zarra kashf qilinishi bilan butun fizika uchun o’rinli bo’lgan energiyaning saqlanish qonuni to’laqonli bo’ldi.Tajriba vaqtida yo’qolayotgan ortiqcha energiyani qayerga ketganini bilmaganimizda bu saqlanish qonuni amalda ishlar ammo biz uni tushunmas edik.Ammo bu neytrino degan zarracha yo’qolayotgan ortiqcha energiyani u olib ketayotganligi ma’lum bo’lgandan keyin fizika uchun juda zaruz eng asosiy saqlanish qonunlaridan biri saqlanib qolindi.



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling