1.3-rasm Deytron uchun to‘g‘ri burchakli potensial o‘ra
.
(U0 - potensial chuqurligi, - bog‘lanish energiyasi, T - nuklonlar kinetik energiyasi, r0 - yadro kuchlar ta’sir radiusi, r - ta’sirlashuvchi nuklonlar markazlari orasidagi masofa.
-deytron bog‘lanish energiyasi. Agar deytronga bog‘lanish energiyasigateng energiya berilsa, potensial o‘radagi nuklon o‘radan chiqib keta oladi, ya’ni deytron parchalanadi.
Klassik tasavvurlarga ko‘ra, potensial o‘ra chuqurligi bog‘lanish energiyasiga teng bo‘lishi kerak edi. Lekin kvant zarralar uchun boshqachadir.
Koordinata va impuls noaniqligiga ko‘ra:
Agar nuklon potensial chuqur ichqarisida ekan, noaniqligi r0 dan katta bo‘la- olmaydi, ya’ni < r0. U holda
impulsning o'rtacha qiymati qiymatidan kichik bo‘la olmaydi, bu zarralar potensial o‘ra ichida tinch turmasdan hech bo‘lmaganda bo‘lgan kinetik energiya bilan harakatlanib turishlarini anglatadi, ya’ni
(1.5) ifodadan nuklonlar orasidagi masofa kamaysa kinetik energiya ortadi , yadro barqarorligini yo‘qotadi. Zarralarni potensial chuqurda bog‘ langan holda turish uchun bog‘lanish energiyasi katta bo‘lishi kerak. Shunday qilib,potensial chuqur energiyasi Uo, zarralar kinetik energiyalari — T va ularning bog‘lanish energiyalari — dan iborat.
Deytron Ebog, energiyasi U0 ga nisbatan kichik bo‘lgani uchun quyidagi ifodani yoza olamiz:
bu yerda m-keltirilgan massa, , bo‘lgani uchun M= /2п = m/2 bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |