Neytronlar ishtirokidagi yadro reaksiyalari
Yadroga kelib tushayotgan neytron energiyasiga bog’liq holda har xil turdagi yadro reaksiyalari sodir bo‘lishi mumkin. Neytronlami energiyasiga qarab turli guruhlarga ajratish mumkin. Bu guruhlar 2.1-jad- valda keltirilgan.
Bu reaksiyalar bilan tanishib o‘tamiz. Neytronlar ishtirokidagi reak- siyalar turlari neytronlar energiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Neytronlarning radiatsion qamrashi. Neytronlar ta’siri ostida yuz beradigan yadro reaksiyalari ichida eng ko‘p tarqalgani bu radiatsion qamrash reaksiyasi, ya’ni (n,y)
(t4,Z) +и-> (Л+ 1,Z) +/ (2.30)
Bu reaksiya natijasida ^-radioaktiv (A+J, Z) yadro hosil bo‘ladi va u quyidagi sxema bo‘yicha parchalanadi:
(A +1, Z) -> (A +1, Z 4-1) + e~ + v (2.31)
Yadro reaksiyalarida neytron yutilishi va undan keyin y-kvant chi- qishi bilan yuz bergani uchun bu reaksiyalar (n,y) ko‘rinishdagi radiatsion qamrash reaksiyasi deyiladi. Radiatsion qamrash reaksiyasi katta ehtimollik bilan energiyasi 0ch500 keVgacha bo'lgan sekin neytronlar ta’siri ostida yuz beradi. Shuning uchun ham ushbu reaksiya neytronlar- ni qayd qilish uchun keng qo‘llaniladi.
2.1-jadval.
Neytronlarni energiya bo ‘yicha guruhlash.
Radiatsion qamrash reaksiyasiga misol qilib, issiqlik neytronlaming indiy yadrosi tomonidan qamrab olishi jarayonini keltirish mumkin:
'"In + n In + y
(2.32)
Bu jarayon natijasida hosil bo‘lgan 49 In radioaktiv izotopning yarim parchalanish davri T)/2= 54 min va u quyidagi sxema bo‘yicha parchalanadi:
In-^Sn + e' +v
(2.33)
Protonlar hosil bo‘lishi bilan yuz beradigan reaksiyalar. Energiyasi T *0,5+10 MeV bo‘lgan neytronlar ishtirokida ko‘pincha (n,p) turdagi reaksiya yuz beradi:
(4Z) + n->(4Z-l) + p (2.34)
Odatda (n,p) turdagi reaksiya energiya yutilishi bilan yuz beradi, ya’ni Q<0, agar Q<0 bo‘lsa, u holda I Q I«1 MeV. Bunda reaksiya natijasida hosil bo'ladigan protonlar Kulon to‘sig‘ini yengib, yadrodan chiqib ketishi uchun neytronlar yetarlicha katta energiyaga ega bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |