Niderlandiya qishloq
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
ilgor xorijiy qishloq xojaligi
Niderlandiya qishloq xo’jaligi www.arxiv.uz Qishloq xo’jaligi ko’p miqdorda tovar mahsulot ishlab chiqarib, mamlakat eksport qiymatining 1/4 qismiga teng. Qishloq xo’jaligida foydalanishga yaroqli yerlar (2,2 mln. ga)ning 60 % o’tloq, 35 % haydaladi, 3 % bog’, poliz va gulchilik xo’jaliklari. Niderlandlar — chetga eng ko’p sut mahsulotlari, tuxum, parranda go’shti, go’sht konservalari, cho’chqa go’shti chiqaruvchi mamlakatlardan. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari qiymatining 2/3 qismiga yaqinini chorvachilik va parrandachilik beradi. Bog’dorchilik, sabzavotchilik va gulchilik dehqonchilikdan olinadigan mahsulot qiymatining 60 % ni beradi. Niderlandlar — issiqxonalarda yetishtirilgan sabzavot, meva va uzumni eksport qilishda dunyoda 1-o’rinda. Niderlandlar ko’p miqdorda kartoshka eksport qiladi. Bundan tashqari, qand lavlagi, donli ekinlardan bug’doy, arpa, suli ekiladi. Yiliga 2 mlrd. donadan ko’proq lola piyozi yetishtiriladi. Baliq ovlanadi www.arxiv.uz . Niderlandiya bugungi kunda dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga amalga oshiradigan gullar eksporti bilan mashhur. Shularning ichida Golland lolasi alohida o‘ringa ega. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, aslida lolalar Niderlandiyaga 16 asrda Turkidagi Avstriyaning elchisi Oxir Gilen de Buzbek nomi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rish mumkin. U Konstantinopoldan Venaga bir necha lola piyozchasini olib keladi va ularni Ferdinand I saroyining bog‘iga ekishadi. Lolalar fransuz botanigi Sharl de Leklyuza kuzatuvida gullashadi. Tez orada maftunkor gullarning ta’rifi tez orada boshqa davlatlarga ham tarqalad i www.arxiv.uz Bugungi kunda lolalar asosan Niderlandiyaning shimoliy- sharqiy qismida o‘stiriladi. Dunyodagi eng katta gullar auksioni «FloraXolland» esa Amsterdamdan 30 daqiqa uzoqlikda joylashgan. Niderlandiyada lolalar mavsumi mart oyining oxiridan mayning boshlarigacha davom etadi. Birgina Kyokenxofda har yili mazkur gulning 7 mln. dona piyozboshchasi ekiladi. Loladan tashqari Niderlandiyada yetishtiriladigan nargis, liliya, giasint, gladioluslarning ham bozori chaqqon. Ular egallab turgan maydon 16,4 ming gektarga teng. Issiqxonalarda esa (5,2 ga.) xrizantema, atirgullar, freziya, chinnigullar yetishtiriladi. Gullarning eksporti mamlakatdagi 16 ta ulgurji gullar auksionlaridan sotiladi. Ayni paytda Niderlandiya gullarning dunyo bo‘ylab eksportidan 65%ni qamrab olgan. Bu o‘z navbatida mamlakat iqtisodiyotiga salmoqli ulush bo‘lib qo‘shilmoqda. www.arxiv.uz Kartoshka va qand lavlagi yetakchi Gollandiyaliklar bir sotixdan 700 kg.gacha kartoshkadan hosil yig‘ib olishadi. Buning sababi a’lo sifatli urug‘li kartoshkadir. Uni Niderlandiya dunyoning 70 ta mamlakatiga eksport qiladi. Urug‘ yetishtirish bo‘yicha 100 nafardan ziyod olimlar tadqiqot ishlarini olib borishadi. Iliq iqlim, hosildor tuproq, suvning serobligi va albatta daqiqasi belgilab beriladigan o‘g‘itlar kartoshkadan yuqori hosil olish uchun qulay zamin tayyorlaydi. Sabzavotni kasallikdan saqlash uchun uni asosan dengiz qirg‘og‘i bo‘yida yetishtirishadi. Doimiy ravishda dengizdan esadigan shamol va amalga oshiriladigan kompleks chora- tadbirlar fermerlar cho‘ntagini qappaytiradi. www.arxiv.uz Qand lavlagi yetishtirish kartoshkadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Bundan tashqari bu yerda yetishtiriladigan bryussel karami, bodring va pomidorlar, piyoz ham o‘z xaridoriga ega. Bo‘g‘doy, kanakunjut, raps va sikoriy ham yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Suli va mkakkajo‘xori asosan mollarga ozuqa sifatida ekiladi. Niderlandiyada fermerchilik asosini asosan oilaviy fermer xo‘jaliklari tashkil etilishini inobatga olsak, bugunga kelib ularning har biri kimyoviy o‘g‘itlarsiz mahsulot yetishtirishga harakat qilishmoqda. Zero, bozorda bunday mahsulotning narxi ancha yuqoridir. Har bir fermer xo‘jaligi avtomatlashtirilgan tizimga ega bo‘lib, kompyuterlashtirilgandir. Fermerlar seleksiya ishlariga asosiy e’tiborini qaratadilar. Mamlakatda ochilgan ko‘plab qishloq xo‘jalik maktablarida har bir bu sohaga qiziqqan odam zarur bilimlarga ega bo‘lishi mumkin. www.arxiv.uz Sabzavotlar Yevropa bozorlarida o‘z xaridoriga ega. Zero, so‘nggi yillarda fermerlar sabzavot zarakunandalariga qarshi tabiiy, biologik vositalar bilan kurashishmoqda. Shuningdek, bu yerda yetishtiriladigan olma, nok, olcha, olxo‘ri, malina, smorodina, issiqxonalarda esa shaftoli, uzumlarning sifati O‘rtaer dengizmi bo‘ylaridagi mamlakatlardan keltiradigan mevalarga ko‘ra ham arzon, ham sifatli, ham kimyoviy ishlovlardan xolidir. www.arxiv.uz Golland sigirlari 5 qit’ada mashhur Sigirlarning golland zoti kelib chiqishi jihatidan eng qadimgi va eng sersut bo‘lib, bugungi kunda ularni 5 ta qit’aning 33 ta mamlakatida ko‘paytirishadi. Niderlandiyada uning uchta zoti: golshtino-friz, qizil-qora va groningenlar eng ko‘p uchraydi. Sigirlarning tirik vazni odatda 550— 580 kg, maksimal 800 kg, buqalarniki maksimal — 1200 kg.gacha yetadi. Sigirlar 9000 kg.gacha sut berib, uning yog‘liligi 3,8-4,01%, oqsillar - 3,32-3,55% dir. Ushbu sigirlar tez yetilib, turli xil iqlimga osongina moslashadi. Shu bois so‘nggi yillarda O‘zbekiston fermerlari mazkur sigir zotini yurtimizga keltirib, sut va go‘sht ishlab chiqarish borasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. www.arxiv.uz Sutning aksariyat qismi qayta ishlanib, asosan quruq va quyultirilgan holatda sotuvga chiqariladi. Go‘sht yetishtirishda cho‘chqachilik (13,1 mln. bosh) va parrandachilik (106 mln. dona jo‘ja yetakchi o‘rinlarni egallab, qo‘ychilik (1,3 mln. bosh) ham so‘nggi yillarda tezlik bilan rivojlanmoqda. www.arxiv.uz Baliqchilik–qo‘shimcha daromad Baliqchilik nafaqat qirg‘oqbo‘yi hududlarda, balki mamlakat ichkarisida ham rivojlanib, ichki suv havzalarida baliqlarning 10 dan ortiq turi va molyuskalar yetishtiriladi. Shimoliy dengizda esa baliq kater va muzxonaga ega traulerdan iborat zamonaviy flot yordamida tutiladi. Bular kambala, treska, merlana, seld, krevetklar, skumbriya, xorsmakrellar bo‘lib, ularning ichida kambala alohida o‘rin tutadi. Mazkur baliqqa nisbatan talab kattaligi uni nafaqat dengizda tutishga, balki ichki havzalarda ham yetishtirshga undamoqda. Har yili Yevropa Qumitasi mutaxassis biologlarning baliq zahirasi xususidagi tavsiyalaridan kelib chiqqan holda Yevropa Ittifoqining har bir a’zosi uchun har yili baliq tutish kvotasi belgilaydi. Qoidani buzgan mamlakat javobgarlikka tortiladi. www.arxiv.uz Niderlandiya — yuqori darajada rivojlangan industrial agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 24,4 %, qishloq xo’jaligi ulushi 4,3 %. Niderlandlar muhim dengiz va quruqlikdagi transport yo’llari kesishgan yerda joylashgan. www.arxiv.uz Bugungi kunda Niderlandiya qishloq xo‘jaligi intensiv ravishda rivojlanmoqda va 2013 yilda qishloq xo‘jaligi sohasida yetishtirilgan mahsulotlar mamlakat iqtisodiyotiga 20 mlrd. yevro daromad keltirdi. Agrar eksport tizimida sabzavotlar, mevalar va gullar (15 mlrd. yevro), hamda chorva mahsulotlari (5 mlrd.evro) yetakchilik qilib kelmoqda. Qishloq xo‘jaligiga maqbul yerlar davlatning barcha hududidan 65 foizni tashkil etadi. Shundan 27 foizi haydaladigan, 32 foizi yaylovlar va 9 foizi o‘rmonlardir. Ammo yildan yilga yaylovlar soni qisqarib, birgina o‘tgan yillar maydonida aholi uchun yangi uylar qurishga yaylovlardan 8,2 foizi olingan. Yildan yilga hosildorlikni oshirish uchun fermerlar har bir qarich yerga eng zamonaviy texnologiyalardan foydalangan, ilmiy asoslangan holda ishlov beriladi. Masalan, har bir gektar yerga beriladigan tabiiy va mineral o‘g‘itlarning hajmi boshqa davlatlarga nisbatan ancha yuqori bo‘lib, Niderlandiya bu borada dunyoda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. www.arxiv.uz Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling