NIKE Bajardi: MKT(M)-80 guruh talabasi Sunatullayeva SH.X Tekshirdi:Mamatov B
Bajardi: MMT-90k-2 guruh talabasi Tirkashov J.
Qabul qildi: Mannapova Sh.
Nike, Inc. (talaffuzi: nayki) - sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Amerika xalqaro kompaniyasi. - Nike, Inc. (talaffuzi: nayki) - sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Amerika xalqaro kompaniyasi.
- Bosh ofisi:
- Beaverton shahri, Oregon shtatida joylashgan.
- Kompaniya: 1972-yil
- Oregon Universiteti qisqa masofaga chopish boʻyicha komanda tarkibiga kiruvchi talaba Phil Knight va uning murabbiyi Bill Bowerman tomonidan asos solingan.
- Kompaniya nomi:
- yunon xudosi Nika ismidan olingan.
- Direktorlar kengashi raisi :
- Phil Knight. Prezident – Mark Parker.
Ko`rsatkichlar: Faoliyat turi - Nike – dunyoda sport mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha eng yirik kompaniyalardan biri. Kompaniya mahsulotlari quyidagi savdo belgilar ostida ishlab chiqariladi: Nike, Air Jordan, Total 90, Nike Golf, Team Starter va boshqalar. Shuningdek Nike Bauer, Cole Haan, Converse va Hurley International brendlari ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni ham boshqaradi.
Tarixi - Fil Nayt Oregon universiteti (AQSH) jamoasida o‘rta masofalarga yugurish bilan shug‘ullanardi. U juda o‘rtamiyona sportchi bo‘lgan. Biroq mahalliy krossovkalar qay darajada yomonligini juda yaxshi bilgan. O‘sha paytlarda, 60-yillarda, Germaniyaning Adidas krossovkalari ko‘pchilik uchun juda qimmat buyum hisoblangan, chunki mahalliy poyabzallardan ancha qimmat turgan va sifati bo‘yicha ham ularni ortda qoldirgan. Nayt vaziyatni to‘g‘irlashga va sifati bo‘yicha Germaniyaning Adidas vaPuma mahsulotlaridan qolishmaydigan arzon amerika krossovkalarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Blue Ribbon Sports kompaniyasini tashkil etishga qaror qiladi.
G‘alaba ma’budasi - Brendning nomi g‘alaba ma’budasi Nika nomidan olingan.
- Nike kompaniyasining logotipi (inglizcha swoosh, «havoni zuvullab kesib o‘tayotgan tovush»ni bildiradi) Nika ma’budasining qanotini anglatadi. Logotip 1971-yilda Portlend universitetining dizayner talabasi Kerolin Devidson tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u buning uchun $35 gonorar ham olgan. Ushbu emblema jahon bo‘ylab yaxshi tanilganidan keyin 1983-yilda Nike direktorlar kengashining raisi Fil Nayt minnatdorchilik sifatida Devidsonga jimjimador harflar bilan yozilgan oltin uzuk va kompaniya aksiyalarini topshiradi.
- 1975-yil kunlarining birida ertalab Bill Bauerman o‘z oshxonasida rafiqasining vafli pishirish uchun mo‘ljallangan qolipini ko‘rib qoladi. Uning miyasiga «Krossovkalarning tagcharmini xuddi shunday taram-taram qilsa qanday bo‘larkan? Bu bir tomondan, itarilishni yaxshilaydi, boshqa tomondan esa, poyabzalning og‘irligini kamaytiradi» degan fikr keladi. Bauerman ishni keyinga qoldirmasdan «vaflili» tagcharmni sport shippaklariga o‘rnatadi va yengil atletikachilarga o‘z ixtirosini sinab ko‘rishni taklif qiladi. Natija kutilganidan ham a’lo bo‘lib chiqadi: 70-yillar oxiriga kelib AQSHdagi sport poyabzali bozorining 50 foizi Nike kompaniyasiga tegishli edi.
Nike Haqida Qiziqarli 8 Fakt - 1. Nike kompaniyasi sportchi Fil Nayt va uning murabbiyi Bill Bouerman hamkorligida 1964 yilda tashkil etilgan.
- 2. Yangi firma nomini o‘ylab topish uchun bir kecha berilgan Jeff Jonson tushiga Nika ma’budasi kiradi. Shunday qilib Nike nomi dunyoga kelgan.
- 3. Naytning firmaga kiritgan birinchi investitsiyasi 500 dollarni tashkil etadi. birinchi rasta esa Filning mashinasi bagaji bo‘lgan.
- 4. Kompaniya sloganini Naytning o‘zi tasodifan o‘ylab topadi. U telefon orqali bu boradagi fikrlarni eshitadi va yoqmaydi. Shunda go‘shakni qo‘yib, “Just do it!” deydi.
- 5. Bir kuni Fil Nayt buxgalterlik kursida Portlend universiteti talabasi Kerolayn Devidson bilan tanishib qoladi va undan oyoq kiyimining yonboshiga chizish mumkin bo‘lgan bir rasm chizishni iltimos qiladi. Qiz unga belgi shaklidagi kartinani taqdim etadi. Bu dizayn uchun esa unga $35 to’laydi.
- 6. Kompaniya bilan hamkorlik qilgan Maykl Jordan krossovkasi rangi qora-qizil edi va bu NBAda taqiqlangan ranglar qatoriga kiradi. Buning uchun unga ming dollar jarima soladi. Shunday qilib, Maykl Jordan Nike krossovkalarini kiyib maydonga tushishi uchun kompaniya doim 1000 dollar jarima qo’lab turgan.
- 7. Nike oyoq kiyimlar bozorining 38 foizini egallab, bu borada dunyodagi eng muvafaqiyatli kompaniya hisoblanadi.
- 8. Nike kompaniyasining dunyo bo’ylab 44 ming ishchisi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |